Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»
Download 162.01 Kb.
|
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsignasiya
Chegirma berish usulida haridor to’lov hujjatlari yozilgandan so’ng, shartnomada kelishilgan ma’lum davr ichida to’lovni amalga oshirsa to’lov yig’indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davrda to’lay olmasa, unda belgilangan muddatda to’lovni to’liq amalga oshiradi.
Mavsumiy kredit odatda o’yinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste’mol mollarini sotishda qo’llaniladi .Masalan ,o’yinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil o’tgach yanvar–fevral oyida to’laydi.Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular o’yinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan xolos bo’ladilar. Konsignasiya usulida tovarni sotib oluvchilar hech qanday majburiyatsiz sotib oladilar,ya’ni tovarlar sotilganidan keyin puli to’lanadi,agar u sotilmay qolsa egasiga qaytarib beriladi. Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi.Umuman jaxon amaliyotida ham tijorat kreditining ochiq schyot,konsignasiya ,chegirma berish usullari kengroq foydalaniladi. Tijorat kreditining salbiy tomoni bo’lib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga pul tushgunga qadar mablag’ga muxtoj bo’lishi, uni o’zi kreditga murojaat qilishga majbur bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan foydalanishi bank kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi. Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag’larini xo’jalik faoliyatidan tezroq bo’shashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Tijorat kreditidan farqli o’laroq Bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat ko’rsatadi, balki yanada kengroq muhitda faoliyat ko’rsatadi. Lizing— bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish. Lizing (ing.lease–foydalanish)—mashina, asbob-uskuna, transport vositalari,ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri.Lizingning,asosan,moliyaviy va oddiy turi bor.Moliyaviy Lizing—muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini toʻliq qoplashga yetarli toʻlovlardan iborat boʻlib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy Lizing ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. Lizing kompaniyasi asbob–uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati tugagandan soʻng asbob–uskunlarni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga oʻtadi) yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini choʻzish; moddiy boyliklarni Lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqa koʻzda tutilishi mumkin. Tomonlar Lizing shartnomasida koʻrsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yoʻq. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi. Lizing investitsiya jaryonini moliyaviy taʼminlashda istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi. Lizing korxonaga nisbatan kam mablagʻ bilan asosiy fondlarni yangilash,yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta–sekin toʻlash imkoniyatlarini yaratadi. Oʻzbekistonda birinchi Lizing kompaniyalari 1994–yildan boshlab tashkil etila boshladi. 2003–yilda 6 ta Lizing kompaniyasi ishladi. Oʻzbekiston Respublikasida Lizing munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasinng 1999 – yil 14 aprelda qabul qilingan "Lizing toʻgrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi.Lizing boʻyicha amaliy ishlarni olib boradigan "Oʻzbeklizing Interneyshnl" (1995 yil), "Oʻzqishloq xoʻjalik mashlizing" aksiyadorlik kompaniyalari respublikadagi yirik Lizing kompaniyalari hisoblanadi. Download 162.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling