Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»


Kreditni iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishdagi ro’li


Download 162.01 Kb.
bet18/20
Sana21.04.2023
Hajmi162.01 Kb.
#1375238
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar

3.Kreditni iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishdagi ro’li
Bank–moliya sohasining barqaror rivojlanishi va unda olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalariga bag’ishlangan konferentsiya ishining boshlannishini kredit sohasida yangi islohotlarni boshlanishiga olib keladi.
Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib,sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.
Mamlakatimizda bank–moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga,shuningdek tijorat banklarining iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e’tibor berilmoqda, chunki mamlakatimizning moliyaviy–iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan bank–moliya tizimining samarali faoliyatiga bog’liqdir.
O’zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga,balki banklar faoliyatida muhim va sifat o’zgarishlarga erishish,iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi.
Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi,shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi,shuningdek,qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Bunda,ayniqsa,banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Agar raqamlarga murojat qilsak,Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2016–yilning I-yarim yilligidagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi.Unda ma'lum qilinishicha, hisobot davrida Markaziy bankning pul–kredit siyosati 2016–yilga mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishiga qaratildi.
Jumladan,o'tgan vaqt davomida bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish,uning likvidligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish borasida kompleks chora–tadbirlar amalga oshirildi.Natijada aksariyat yo'nalishlar bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga erishildi.Xususan, tijorat banklarining umumiy kapitali o'tgan yilning 1–iyul holatiga nisbatan 23,3foiz oshib,2016–yil 1–iyul holatiga ko'ra, 8,6 trln.so'mni tashkil etdi. Hisobot davrida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi belgilangan xalqaro me'yorlardan 3 barobarga ko'p bo'ldi.Bank aktivlari o'tgan yilning 25,1 foiz o'sib,bugungi kunda 73,4 trln.so'mga yetdi.
Yarim yillik ko'rsatkichlar shuningdek, moliya muassasalarining kreditlari mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda katalizator vazifasini bajarayotganligini isbotlamoqda.Masalan hisobot davrida iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi o'tgan yilning 1 iyul holatiga nisbatan 26,2 foiz ko'paygan va 2016-yilning 1-iyul holatiga ko'ra, 48 trln.so'mdan oshgan.
Investitsiya maqsadlariga ajratilgan investitsion kreditlari hajmi esa 5,8trln.so'mni tashkil qildi va bu ko'rsatkich 2015-yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobar ko'p bo'ldi.Bundan tashqari,o'tgan olti oy davomida xususiy sektorga ajratilgan kreditlarda ham o'sish dinamikasi kuzatildi. Xususan,tadbirkorlikka 8,3 trln.so'm miqdorida kreditlar yo'naltirildi.Bu 2015–yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko'p degani.
Tijorat banklarining resurs bazasini ko'paytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan izchil choralar banklarning jami depozitlari miqdori yildan yilga oshib borishiga sharoit yaratmoqda.Xususan,ushbu ko'rsatkich 2015-yilning shu davriga nisbatan 27,7 foiz o'sib,hozirgi kunda 40,1trln. so'mni tashkil etmoqda.Hisobot yilida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlarining ulushi 87 foizga yetib,bu ko'rsatkich ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobardan ziyodga oshganligini ko'rish mumkin.
Shuni takidlash joizki, respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini oshirish ko’pgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo’yicha asosan banklarning likvidlik ko’rsatkichini saqlab turishga emas,balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga,iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi.
Banklarning kapital yetarliligi darajasiga kelsak,bu ko’rsatkich ham bir necha yildirki, 24,3 foizni tashkil etib, umum qabul qilingan xalqaro standart (8 foiz) dan uch barobar ziyoddir. Bank tizimi likvidliligi esa 65 foizdan ziyodga etdi («yuqori» indikator bahosi–30 foiz). Bank tizimining «xavfsizlik yostig’i(zaxirasi)» oxirgi 4 yilda qariyb 3 barobarga o’sdi va 2 mlrd AQSH dollaridan ortiqni, shuningdek, aktivlar miqdori ularning jami majburiyatlaridan 1,6 barobardan ziyodroqni tashkil etmoqda.Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan omonat turlari 250 dan oshdi.Tijorat banklaridagi jami depozitlar hajmi oxirgi 6–yilda–6,7 barobarga oshdi va 2014–yil 1–yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan 30,2 foizga oshib, ularning hajmi 26-trln.so’mga yetdi.
Depozitlar bilan bir qatorda,banklar qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan bo’sh pul mablag’larini faol jalb qilmoqda.2016–yilning 1–yanvar holatiga banklarning muomaladagi uzoq muddatli obligatsiyalari miqdori 330 mlrd.so’mni, depozit va jamg’arma sertifikatlari 592 mlrd.so’mni tashkil etmoqda.
O’z navbatida tijorat banklarining kapitallashuv darajasining yuqoriligi va ular resurs bazasining kengayishi iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab–quvvatlash imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Xususan, o’tgan 2013–yilda banklarning jami aktivlari miqdori 30 foizga oshgan bo’lsa, so’ngi 6 yilda esa 4,7 barobarga ko’paydi.Bu davrda iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmining yillik o’sish sur’ati o’rtacha 30 foizni,iqtisodiyotning alohida yo’nalishlari va sohalarida esa undan ham ko’proqni tashkil qilgan.Jumladan,investitsion kreditlarning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 36 foizni,kichik biznes hamda tadbirkorlik sohasiga ajratilgan kreditlarning o’sish sur’ati–46 foizni,shu jumladan, mikrokreditlarning o’sish sur’ati–57 foizni tashkil etdi.
Ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda real sektorni kreditlashda pasayish tendentsiyasi davom etayotgan bir payitda, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlar xajmi yildan–yilga oshib bormoqda.O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi keyingi 10 yil mobaynida pasayish bilan birga o‘sdi ham.Masalan,2009 yili stavka yillik 14% darajasida belgilangan edi va 2017 yilning o‘rtalarigacha bosqichma–bosqich 9% gacha pasaydi.Keyin vaziyat tubdan o‘zgardi. Milliy boshqaruvchi “ haqiqiy ” inflyatsiya prognozlarini yoritdi va stavkani 14% gacha oshirish haqida qaror qildi.Bu daraja 2018 yilning sentyabriga qadar saqlandi,keyin uni 16 % gacha oshirdilar.Yanvar oyida stavkani 16 % darajasida saqlash to‘g‘risida qaror qilindi.
Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini navbatdagi ko‘rib chiqish aprel oyi oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Bularning barchasi O‘zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonining kuchayishi davom etayotganidan dalolat beradi.

3.1-Rasm. O‘zR MBning 2009−2019 yillardagi qayta moliyalashtirish stavkasi

Narxlar oshishi va inflyatsiya jarayonining kuchayishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatayotgani va qayta moliyalashtirishning 16% darajasida saqlanishi nimadan darak berishi haqida Leverage kompaniyasi biznes–tahlilchisi Magamed Javarov yozadi.


Bu o‘rinda oxirgi uch yilda kreditlash hajmining uch baravardan ortiq o‘ta hayratomuz keskin oshgani taqdim etiladi.Buning o‘rtacha foiz stavkalari 2015 yildagi 9,2% dan 2018 yilda 21,8% gacha oshganini qayd etish kerak, negaki qayta moliyalashtirish stavkasi,mos ravishda kreditlar bo‘yicha stavkalar oshishi ortidan biznesning kreditga ehtiyoji kamayishi ham yuz berishi lozim edi.
Markaziy bankning inflyatsiya siyosatida kredit chuqurligini kuchaytirish nomaqbul hisoblanadi.Kredit hajmining o‘sishi pul massasini oshiradi,bu esa inflyatsiya jarayoni kuchayishiga oshib keladi:yuqorida yozilganidek,biznes kreditni ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga kiritadi,tannarx oshadi , uning ortidan esa yakuniy ulgurji va chakana narxlar ham.

3.2-Rasm.Iqtisodiyotning kredit chuqurligi, 2009−2018 yillar
O‘zbekistonda 7–11 yillik davr oxirlab qoldi .Zero,narxlar indeksining nisbatan barqaror darajasi 2006–2008 yillarda kuzatilgan.
2006–2008 yillarda valyuta qora bozorida birmuncha zaif faollik paydo bo‘lgani yashirin tahdidlar eshigidagi birinchi qo‘ng‘iroq bo‘ldi.2003 yilga kelib valyuta savdosiga qarshi kurash olib borishga muvaffaq bo‘linganini,biroq erishilgan natija atigi uch yil—2006 yilgacha bardosh berganini eslatib o‘tamiz.Shu bilan birga yashirin sektorning jiddiy ta’siri 2011–2016 yillarda kuzatilgani,o‘shanda dollar kursi 1800–1900 so‘mdan 8800−8900 so‘mgacha (tahminan oktyabr–noyabr oylarida ) oshganini qayd etish lozim.
Ayni 2011−2016 yillarda,inflyatsiya bo‘yicha ijobiy statistika yoritilganiga qaramay, tovar va xizmatlarning narxlari vaqti-vaqti bilan oshishi kuzatildi.Rasmiy valyuta bozoridagi bevosita cheklovlar muhim import hajmi narxlari o‘sishini to‘xtatish imkonini berdi.



3.3-Rasm.Kredit bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari, 2009−2018 yillar
Eslatma:Tegishli davr oxiriga kredit bo‘yicha foiz stavkalari.

So’nggi yillarda yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda aholi faravonligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash, xususan,qishloq aholi punktlari qiyofasini tubdan o’zgartirish,namunaviy loyihalar asosida yangi uy–joylar qurish,qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni ro’yobga chiqarishda tijorat banklarining faol ishtiroki ta’minlanmoqda.


Xususan,oxirgi 5 yil davomida respublikamizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy–joy massivlari barpo etildi,umumiy maydoni 4 million 500 ming kvadrat metr bo’lgan 33 ming 500 dan ziyod yakka tartibdagi uy–joy foydalanishga topshirildi.
2011-yil natijalariga ko’ra, « Mudis »,« Fitch Reytings » va «Standart end Purs» kabi xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan ijobiy reytingiga, O’zbekiston tijorat banklarining 13 tasi ega bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib respublikada faoliyat ko’rsatayotgan barcha tijorat banklari ijobiy bahoga sazovor bo’lishdi.Bank tizimini isloh qilish va liberallashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlarning yana bir misolini Jahon banki va Xalqaro moliya koorporatsiyasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish talablari bo’yicha «Biznesni olib borish–2014» yillik ma’ruzasidagi natijasiga ko’ra O’zbekistonning kredit ajratish bo’yicha reytingidagi o’rni 24 pog’onaga ko’tarilga edi.
Hozirgi davrda izchillik bilan amalga oshirilayotgan choralar jahon moliyaviy inqirozi davrida ham mamlakatimiz bank–moliya tizimini yanada barqaror bo’lishiga,banklarning investitsion faoliyatini kuchaytirishga va shuning hisobidan izchil iqtisodiy o’sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va faravonligini yanada oshirishga mustahkam zamin yaratadi.
Mamlakatimizning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishdagi yutuqlar O’zbekiston tanlagan rivojlanish modeli to’g’riligini,respublika iqtisodiyoti barqarorligi va uning bank–moliya tizimi ishonchliligini yana bir bor tasdiqladi.
Yuqorida qayd etilganlarning barchasini hisobga olgan holda MB va hukumat tanlashi kerak:nisbatan yuqori bo‘lmagan iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish,mehnat haqini rag‘batlantirish va boshqa choralar hisobiga o‘z reputatsiyasini saqlash,bunda yashirin inflyatsiya omillariga kam ta’sirlanish,yoki aholi va biznes oldida o‘z obro‘sini qurbon qilgan holda inflyatsiyani tenglashtirish qurollaridan oqilona foydalanish siyosatiga o‘tish.
Inflyatsion targeting— pul-kredit siyosatining qisqa muddatli quroli bo‘lib,undan uzoq vaqt davomida narh-navo o‘sishining aniq omillari bilan bir qatorda foydalanish mutlaqo befoyda.
YaIMning barqaror va ancha yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga ishlab chiqarishning asosiy omillaridan— mehnatning foydali ish koefitsentini oshirish orqali erishish zarur.

Download 162.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling