Birinchi vazifasi– Joriy etish–Pulga tenglashtirilgan to’lov vositalarini bo’lgan veksel , chek , sertifikat kabilar iqtisodiy sohada jalb qilib , ularning xo’jalik faoliyatida real harakatini yo’lga qo’yadi. Ikkinchi vazifasi – Turli xo’jalik sub’yektlari va aholi qo’lidagi bo’sh pullarni kapitalga aylantiradi , ya’ni pulning o’z kuchi asosida ko’payishiga ,pulga – pul qo’shilishiga xizmat qiladi. Uchinchi vazifasi – Kreditlash orqali pul mablag’lari xo’jalik sub’yektlari va xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish omillarning samara beruvchi sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi. To’rtinchi vazifai – Taqsimlash – Ssuda fondi takrorishlab chiqarish jarayonodagi pul mablag’larigab o’lgan ehtiyojlarni hisobga olib , kredit vositasida taqsimlanadi va shu orqali ishlab chiqarishning uzluksizligi ta’minlanadi. Beshinchi vazifasi – Muomala xarajatlarini tejash – Naqd pullar o’rniga kredit pullarni qo’llash orqali muomala xarajatlarini tejaladi. Oltinchi vazifasi – Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish–Bu vazifa qarz berish va qarzni undirish hamda takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash orqali bajaradi. Yettinchi vazifasi – Nazorat qilish – Bu vazifani kredit muassasalari berilgan puldan maqsadli foydalanishini muntazam nazorat qilib borish orqali bajariladi. Sakkizinchi vazifasi – Iqtisodiyotni tartibga solish -Bu vazifani bajarishda foiz stavkalarini tabaqalashtirish,davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Iqtisodchi olimlardan A.Qodiro’v va M.Pessel kredit iqtisodiy kategoriya bo’lib,unda ishlab chiqarish munosabatlari o’z aksini topadi va davlat, xo’jalik tashkilotlari,korxonalar va muassasalar bir–biriga kreditni ma’lum vaqtga,uni qaytarib berish va to’lash sharti bilan beradilar deb ta’kidlaydi. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda kreditning ba’zi muhim tomonlari aniqlanadi: Binchidan: Uning ijtimoiy mahsulot yaratish,milliy daromad va pul resurslarini qayta taqsimlashga bog’liqligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |