Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»


Bu muammo o’z yechimini kredit orqali topadi


Download 162.01 Kb.
bet3/20
Sana21.04.2023
Hajmi162.01 Kb.
#1375238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar

Bu muammo o’z yechimini kredit orqali topadi.

Ma’lumki,jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi.Ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi.

Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash,korxonaning asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to’xtab kolishiga yo’l qo’ymaslik,korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to’lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi.

Kredit-bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni pulga muhtoj bo’lib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga,foiz to’lovlar bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

Kredit - Lotincha “Creditum” – Qarz,“Credo” – ishonaman,maqullayman.

-Pul mablag’lari,tovar va xizmatlar kelishilgan ustama (Foiz) to’lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatlarga qarzga berish.Qarzga mablag’ beruvchi tomon kreditor (Davlat,Bank,Korxona,Xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa editor (Qarzdor) deyiladi.

Kredit qadimdan ma’lum bo’lib,u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib,u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog’liq.Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi,u tovar sotilsa tushadi,tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi,sifati pasayishi mumkin.).Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan.Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog’liq.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.

Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib,uning asosiy funksiyasi bo’lib pul egalari va unga vaqtincha muhtoj bo’lganlar o’rtasidagi vositachilikdir.Hozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo’lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar–banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.


Download 162.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling