Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Yuvuvchi suyuqlikni tarkibini va xossasini tanlash


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

 
3.2. Yuvuvchi suyuqlikni tarkibini va xossasini tanlash. 
Burg‘ilash jarayonida mahsuldor qatlamni ochish uchun eng yaxshi yuvuvchi 
suyuqliklar bo‘lib, gazsimon agentlar va asosida neft’ bo‘lgan suvsiz eritmalar, 
shuningdek mineral suv fazali emulsion eritmalar hisoblanadi. Mahsuldor qatlamni 
ochish uchun tanlanadigan yuvuvchi suyuqliklar quyidagi talablarga javob bera olishi 
shart: 
1) yuvuvchi suyuqlikni filtrati-gilli zarrachalarni tuyinishi (bukishiga) ga yo‘l 
quymasligi, jinsi gidrofilligi oshmasligi va qatlam g‘ovaklaridagi fizik bog‘langan 
suv miqdori oshmasligi. 
2) filtratni tarkibi shunday bo‘lsinki, uni qatlamga kirishi natijasida fizik yoki 
kimeviy ta’sirlar oqibatida erimaydigan chukindi hosil bo‘lmasligi. 
3) yuvuvchi suyuqlikni qattiq fazasining granulometrik tarkibi, mahsuldor 
qatlamni g‘ovaklik strukturasiga mos kelishi kerak; qattiq fazalar qatlamga chuqur 
kirib ketmasligi uchun burg‘ilash eritmasini tashqil etuvchi zarrachalarning diametri

d
2
> ---- dn (3.1)

umumiy qattiq fazaning hajmidan 5% kichik bo‘lsin. 
4) filtrat chegarasidagi yuza tortishish kuchi – uglevodorod mavjud 
qatlamlarda minimal bo‘lsin. 


26 
5) zaboy sharoitida suv bera oluvchanlik, harorat, bosim minimal bo‘lishi, 
zichlik va reologik xossa shunday bo‘lsinki, mahsuldor qatlamni burg‘ilash 
jarayonida defferensial bosim qatlamda nolga yaqin bo‘lsin. 
6) mineralizatsiya darajasi va filtratni tuz tarkibi qatlam bosimga yaqin 
bo‘lishi lozim, osmotik bosim minimal bo‘lishi kerak. 
Bu sharoitlar nuqtai nazaridan kelib chiqib, mahsuldor qatlamlarni ochish 
uchun suv beraoluvchanligi kam bo‘lgan, ishqorsiz mineralli yuvuvchi suyuqliklar, 
chuchuk suvli yoki ishqorli (USHR bilan ishlov berilgan) eritmalarga nisbatan yaxshi 
natijalar beradi. 
Qidiruv quduqlari ish olib borayotgan har bir maydonni birinchi quduqlarini 
mahsuldor qatlamidan namuna olib, laboratoriya tekshirishlarni amalga oshirgandan 
keyin burg‘ilash eritmasini aniq tanlash imkoniyati tug‘iladi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling