Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Qatlamni ochishda atrof-muhit muhofazasi


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

3.3. Qatlamni ochishda atrof-muhit muhofazasi. 
Atrof-muhit (atmosfera, tuproq, artezian va shifobaxsh suv manbalari) 
quduqqa otilish favvora hosil bo‘lishi yoki quvur orti bo‘shlig‘idan flyuidlarni oqib 
chiqishi, bu qatlam flyuidlari tarkibida oltingugurt, uglevodorodlar, natriy tuzlari
kalsiy, magniy va boshqa elementlar shuningdek yuvuvchi suyuqliklarni tashlab 
yuborilishi natijasida ifloslanish ro`y beradi. 
Atrof-muhitni ifloslanishini bartaraf etishga qaratilgan asosiy tashkiliy 
ishlardan biri, quduqdan 100-200 metr shamol yo‘nalishi bo‘ylab ish boshlashdan 
avval, quduqdan chiqishi kutiladigan qatlam suyuqligi uchun katta xovuz tayerlanadi. 
Hovuzga quduqni o‘zlashtirish, sinash, tekshirish va boshqariladigan favvora 
jarayonida chiqqan qatlam suyuqligi tushishi rejalashtiriladi. 
Ayrim hollarda, agar boshqarib bo‘lmaydigan favvora (ya’ni favvoraga qarshi 
uskunalar mavjud bo‘lmasa, uskuna ishlamasa yoki ishdan chiqqanida) hosil bo‘lsa 
tezda yer yuzasi bo‘ylab ariq (kanal) qazib quduqdan oqib chiqadigan suyuqlikni 
qabul qilish va quduq yuzasidan bir necha yuz metr uzoqlikda yig‘ish tavsiya etiladi. 
Boshqa bir foydali tashqiliy ishlardan biri anomal qatlam bosimi yuqori 
bo‘lgan mahsuldor gorizontni (favvora hosil qilgan qatlam) qoplamasi yuqorisida 


27 
quvur orti qismida pakerovka qilishdir. Agar pakerovka qilish imkoniyati bo‘lmasa, 
quvur orti bo‘shlig‘iga sement eritmasi haydalib ichki ortiqcha bosim sement 
qotgunga qadar ushlab turiladi. 
Yuvuvchi suyuqlikka aralashib chiqadigan gaz (fakel) da yondiriladi yoki 
utilizatsiya qilinib sanoat gaz yig‘ish tarmog‘iga yuboriladi. 
Agar qatlam suvida oltingugurt mavjud bo‘lsa, bunday qatlam izolyasiya 
qilinishi va oltingugurt qushilgan suyuqlik neytralizatsiya qilinishi kerak. 
Oltingugurt suv bilan granulyarli qatlamni kolmatatsiya qilish uchun samarali 
stabilizatorlar (masalan, KMS-600, karbofen, kraxmal) 5-10% li suvda eruvchan mis, 
temir, magniy, nikel yoki qurg‘oshin tuzlari suv va zaruriyat tug‘ilsa og‘irlashtiruvchi 
va gil kukunlari bilan vanna qilish taklif qilinadi. 
Yuvuvchi suyuqlikdagi oltingugurtni neytrallashtirish uchun mis yoki temir 
ko‘porasi suvli eritmasi qo‘shiladi. Yo‘ldosh yoki tabiiy gazga oltingugurt aralashib 
kelgan vaqtda bu gazlar fakel orqali yoqib yuborilsa, u holda yongan oltingugurt – 
oltingugurt gaziga aylanadi va kuchli zaharlovchi gaz paydo bo‘ladi. SHuning uchun 
yokib yuborish tarmog‘iga yuborishdan oldin oltingugurt neytralizatsiya qilinadi va 
fakelga jo‘natiladi. 
Neytralizatsiya qilishni usullaridan biri quyidagicha amalga oshiriladi otqinga 
qarshi uskunaning chiqish liniyasiga yoki favvora armaturasini chiqish liniyasida 
suvga eruvchi ikki gidrooksidli metallar qushib yuboriladi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling