Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Qatlamlarni birlamchi ochishda mehnat muhofazasi


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

 
3.4. Qatlamlarni birlamchi ochishda mehnat muhofazasi. 
Qatlam suyuqliklari tarkibida (uglevodorod gazlari, oltingugurt va boshqalar) 
yuvuvchi suyuqliklar tarkibidagi ayrim ximreagentlar (masalan KSSB, xrompik okzil 
va boshqalar) yoki quduq tubi zonasidagi mahsuldor qatlamni o‘tkazuvchanligini 
oshirish uchun (tuzli kislota) ishlatiladigan reagentlar, odam terisiga tekkanda, nafas 
olish organlariga, kuzga (bug‘ish) kuchli ta’sir etadi. 
Baxtsiz xodisalarni oldini olish uchun quduq atrofida gaz darajasini aniqlash 
va nazorat qilish, atmosferada hosil bulayotgan zaharli gaz miqdori (belgilangan) 
ruxsat etilgan miqdordan yuqori bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak. Burg‘ilash 


28 
maydonchasida medikamentlar bilan ta’minlangan aptechka bo‘lishi va bu dorilardan 
barcha ishchilar foydalana bilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. 
Agar ruxsat etilgan miqdordan gaz miqdori oshishi kutilsa, barcha ishchilar 
protivagaz bilan ta’minlanishi, zarur. 
Quduqni birlamchi ochish davrida qator uskunalar yuqori bosim ostida 
bo‘ladi. Shuning uchun ham brigada ishchilari bu uskunalar bilan ishlashni ham 
nazariy, ham amaliy o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart. Masalan, vertlyug boshchasini 
(agar yuqoridagi uskuna bo‘lmasa yuqori bosimli (ekran) zulfinli boshqarish quvuri) 
burg‘ilash safidan echib olish uchun avval ortiqcha bosim chiqarib atmosfera 
bosimiga tenglashtiriladi; namuna olgichdan (probootbornik) namunani olish uchun, 
maxsus moslama yordamida olinadi, chunki namuna olgichdan yuqori bosim saqlanib 
qolgan bo‘ladi. 
 
Nazorat savollari: 
1. Qanday holatlarda atrof muhitni ifloslanishi ro‘y beradi? 
2. Quduq atrofida qazilgan xovuz qanday vazifani bajaradi? 


29 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling