Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Burg‘ilash jarayonida neft, gaz, suv paydo bo‘lishini oldini olish uchun,  quduqdagi bosim Ps


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

 Burg‘ilash jarayonida neft, gaz, suv paydo bo‘lishini oldini olish uchun, 
quduqdagi bosim Ps ni qatlam flyuidlari bosimidan bir oz kattaroq holda saqlab 
turiladi. Qatlamni burg‘ilash jarayonida, ko‘p hollarda unga bosim o‘zgarishi

P=Ps-Ppl ta’sir etadi. Shu bosim o‘zgarishi ta’sirida o‘tkazuvchan qatlamga 
burg‘ilash eritmasi tarkibidagi qattiq fazalar, ayrim hollarda esa to‘liq burg‘ilash 
eritmasi kirishi mumkin. Qatlamga burg‘ilash eritmasining kirish radiusi bir necha 
metrgacha borishi mumkin (suv bera oluvchanligi minimal burg‘ilash eritmalari 
uchun ham), bunday burg‘ilash eritmalarini qo‘llash qatlamni ifloslantiradi. 
Burg‘ilash eritmasining qatlamga kirish chuqurligi va tabiati, fizik-kimyoviy ta’siri 
harakteri katta ahamiyat kasb etadi. 
Qatlamga kirgan filtrat tuproqli qatlamlarning bukishiga (kollektordagi), 
g‘ovak oraliqlarni gidrofillashga olib keladi va natijada bu oraliqda o‘tkazuvchanlik 
pasayib ketadi va quduqning mahsuldorligi past bo‘ladi. 
Qatlamni tozalash va sinab ko‘rish natijasida ham oldingi haqiqiy 
o‘tkazuvchanlikni qayta tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun qatlamni ochishda 
yuqoridagi holatlarni oldini olish uchun talabga javob beradigan burg‘ilash 
eritmalarini tanlash kerak. 


25 
Quduqni mahsuldorligini tushib ketishini oldini olish choralari quyidagicha 
(qatlamni ochish davrida):- qatlamdagi bosim o‘zgarishini quduqdagi bosim va 
qatlam bosimini tenglashtirish Ps = Ppl yoki quduq tubidagi bosim Ps = Pz qatlam 
bosimidan ham pastrok holda ushlab turiladi (mahsuldor qatlamga burg‘ilash eritmasi 
va uning tarkibidagi gaz, suyuqlik va qattiq fazani kirishini oldini olish uchun). 
• 
talabga javob beradigan burg‘ilash eritmasini tanlash;
• 
burg‘ilash eritmasi tarkibidagi qattiq fazachalarning kattaligini 
mahsuldor qatlamdagi g‘ovak kanallarni kattaligini xisobga olgan holda tanlash. 
• 
mahsuldor qatlamda burg‘ilash eritmasining ishlash vaqtini kamaytirish. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling