Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


-ma’ruza. Quduqlarni himoya quvurlari bilan mustahkamlash


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

4-ma’ruza. Quduqlarni himoya quvurlari bilan mustahkamlash 
Ma’ruza rejasi: 
4.1. Himoya tizmalarini ishlash sharoiti. 
4.2. Himoya tizmasini hisoblash. 
4.3. Quduqqa himoya tizmasini tushirish.
 
Tayanch so‘zlar: 
Himoya tizmalari, gidrodinamik bosim, tp’xtatish xalqasi, Burg‘ilash 
jarayonida ishlash sharoiti, radial bosim,
kaverno va profilegramm ma’lumotlari. 
 
4.1. Himoya tizmalarini ishlash sharoiti. 
Quvurlarni ishlash sharoiti-quduqni vazifasiga, uni eksplutatsiya qilish 
davriga va (tizmalarni) quvurlarni turiga bog‘liq.
Quduqqa quvurlarni tushurish jarayonida ishlash sharoiti. Himoya tizmasini 
quduqqa tushirish jarayonida o‘zini og‘irligi natijasida cho‘zilish kuchi; siquvchi 
Arximed kuchi (suyuqlikni siquvchi kuchi); tizma ichidagi suyuqlikni og‘irligi 
hisobiga cho‘zilish; quduq devori bilan quvur devori orasidagi ishqalanish kuchlari; 
tizmani inersiyasidan hosil bo’luvchi o‘q yo‘nalishli kuchlari quduqdan chiqadigan 
yoki haydalayotgan burg‘ilash eritmasi ta’siri natijasida hosil bo‘luvchi o‘q 
yo‘nalishli gidrodinamik kuch; quvurni ichki va tashqi yuzasiga ta’sir qiluvchi radial 
statik hamda gidrodinamik bosim; quduqdagi zenit yoki azimut burchagi 
o‘zgaradigan joylarda eguvchi moment. 
Gidrodinamik bosimni o‘q yo‘nalish kuchi quvur orti muhitida yuvish 
natijasida doimo siquvchi bo‘ladi. Ishqalanish va inersiya kuchlarini harakteri har xil 
bo‘lishi mumkin. Masalan: rotordan tizmani ko‘tarish momentida yoki tizmani 
quduqda yurgizish (rasxajivanie) davrida quvurni ishqalanish va inersiya kuchlari 
hisoblansa, tizmani ostga tomon harakatlanitirib tushurish – siquvchidir. Kuzatishlar 
shuni ko‘rsatadiki vertikal quduqqa quvurlarni qayta yurgizmasdan tushurish 
jarayonida odatda o‘q yunalishli kuchlar yig‘indisi o‘z og‘irligidan yuqori (oshmaydi) 
bo‘lmaydi. Qiya quduqlarda esa quvurlarni og‘irligi suyuqlik ichidagi og‘irligidan 


30 
ham kichik. Agar, ayrim hollarda tizmani qayta yurgizilsa yoki bir necha metr 
yuqoriga ko‘tarilsa, o‘q yo‘nalishli kuchlar yig‘indisi o‘z og‘irligidan yuqori bo‘lishi 
mumkin. 
Quduq qancha kichik bo‘lsa qiya uchastka qancha uzun bo‘lsa, shu 
uchastkada o‘tkazuvchanlik qancha katta bo‘lsa, quduq devori bilan quvur devori 
oralig‘idagi oraliq qancha kichik bo‘lsa o‘q yo

nalishli kuchlarni yig‘indisi uz 
og‘irligidan yuqori bo‘ladi. 
Sementlash jarayonida ishlash sharoiti. Himoya tizmasini harakatlantirib
sementlash davrida, quvurni tushirishda ta’sir etuvchi kuchlar ta’sir etib, bu kuchlarni 
ayrim kattaliklari o‘zgaradi. Odatda quvurlar harakatlanishi davrida tezlanish, 
tushirishga nisbatan kichik bo‘ladi. 
Lekin gidrodinamik bosimlar natijasida o‘q yo‘nalishli kuchlar sezilarli 
darajada o‘sishi mumkin; zichligi burg‘ilash eritmasiga nisbatan bo‘lgan sement 
eritmasi tizmada harakatlanishi davrida og‘irlik kuchi yuqori bo‘ladi; tizma orti 
muhitidagi tamponaj eritmasi siqib ko‘tarish kuchi yuqori bo‘ladi; radial bosimlar 
yuqori bo‘ladi. 
To‘xtash halkasiga (stop kolsa) bosuvchi tiqin joylashish momentida 
gidravlik zarba hosil bo‘ladi. Masalan, himoya tizmalarini harakatlantirmasdan 
sementlash jarayonida qator quduqlarda o‘q yo‘nalishli yuqori kesimlarda 15-25% 
ga. Sement eritmasini haydash boshlanishi vaqtiga nisbatan oshgan. 
Sementlash jarayoni tugagandan keyin sementlash davrida ta’sir etgan 
inersion kuchlar va gidrodinamik bosim kuchlari ta’siri to‘xtaydi. Sement eritmasida 
g‘ovaklik bosimni tezda kamayishi natijasida Arximed kuchi va tashqi radial kuchlar 
kamayadi. 
Quduq tubida harorat qancha yuqori bo‘lsa, quduqni yuvish va sementlash 
jarayonida quduqni ostki uchastkasi (oralig‘i) da harorat kamayadi. Yuqorida esa 
harorat oshadi. Sement eritmasini qotishi natijasida tizmaning yuqori kesimida o‘q 
yo‘nalishli kuchlar, tizmaning og‘irligiga yaqinlashadi, ayrim hollarda hatto 
tizmaning og‘irligidan ham oshib ketadi. Shu davrda himoya tizmalarini ishdan 
chiqishi kuzatiladi. 


31 
Burg‘ilash jarayonida ishlash sharoiti. Halka oralig‘ida sement tashqi hosil 
bo‘lganidan keyin, himoya quvuri belgilangan kuch bilan (tortib) ko‘tarib quriladi va 
oldingi himoya quvuri bilan biriktiriladi. 
Quduqdagi har qanday bosim yoki haroratni o‘zgarishi himoya tizmasini 
deformatsiyalanishiga olib keladi. Agar deformatsiya bo‘lishi sodir bo‘lmasa,
burg‘ilash davrida haroratni va bosimni o‘zgarishi tufayli qator kuchlar ta’sir etadi; 
burg‘ilash davrida tizmani o‘z og‘irlik kuchi; bog‘lash (obyazna) jarayonida 
(chuzilish) tortish kuchi; harorat va bosimni o‘zgarishi jarayonida radial va o‘q 
yo‘nalishli kuchlar; quduqni qiya oraliqlarida yoki qiya quduqlarda egilish kuchlari; 
Davriy ravishda, masalan tushirib ko‘tarish operatsiyasi vaqtida tizmasiga dinamik 
kuchlar ta’sir qiladi. Burg‘ilashda himoya tizmasini ichki qismida burg‘ini burg‘ilash 
qulflari va boshqa predmetlarni ishqalanishi tushirib-ko‘tarish operatsiyasi burg‘ilash 
tizmasini aylanish vaqtida emirilishi ro‘y beradi. Bu ekspluatatsion himoya quvurda 
kuzatilmaydi. 
Quduqni o‘zlashtirish va ishlatish jarayonida ishlash sharoiti. Quduqni 
o‘zlashtirish va ishlatish jarayonida ekspluatatsion tizmaga ham, oraliq tizmasi 
burg‘ilash jarayonida ta’sir etgan kuchlar majmuasi ta’sir etadi. Ammo ta’sir etuvchi 
kuchlar miqdori sezilarli darajada o‘zgaradi. Shunday qilib quduqni o‘zlashtirish, 
ya’ni qatlamdan oqimni olishda bosim kamayadi. (tizma ichida); ko‘pincha buning 
uchun eritma tizma ichidagi suyuqlik engilroq eritmaga almashtiriladi. Quduqni 
ekspluatatsiya qilish davrida ekspluatatsion tizma ichida suyuqlik bo‘ladi va uni 
zichligi o‘zlashtirish boshlanishi vaqtidagi nisbatan kichik bo‘ladi. 
Himoya tizmasi ichidagi harorat o‘zgaradi. Quduqni debiti, geostatik harorat 
qancha yuqori bo‘lsa, ekspluatatsion quduqni harorati shuncha yuqori bo‘ladi. 
Haydovchi quduqlarda haroratni o‘zgarish harakteri quduqqa haydaladigan 
suyuqlikni haroratiga bog‘liq; tizmani harorati o‘sishi ham ( issiq suyuqlikni haydash 
jarayonida) kamayishi mumkin (sovuq suyuqlikni haydash jarayonida). Haydovchi 
va favvora quduqlarida (obvyazka) biriktirish oldidan eksplutatsion tizmani yuqori 
uchastkalarida ichki bosim yuqori bo‘ladi. (Ko‘pincha gazli qatlamlarda). 


32 
Quduqni eksplutatsiya qilish davrida tizmalarni ichki va tashqi yuzasi 
korroziyaga 
(emirilish) uchrashi mumkin. Himoya tizmaning ichki yuzasi 
quduqlarning yer osti va kapital ta’mirlash jarayonida emirilish ro`y beradi. 
Himoya quvurlarining mustahkamligi quduqlarni eksplutatsiya qilish davrida 
tabiiy metalni charchashi tufayli ham ro`y beradi. Himoya tizmasi bo‘ylab turli 
kuchlarni tarqalishi bir xil emas. Ostki qismda uncha katta bo‘lmagan uchastkada 
odatda o‘q yo‘nalishli og‘irlik hisobiga siqilish mavjud. Bu siqilish boshmoqda eng 
yuqori ko‘rsatkichga ega. Demak, boshmoqda siqilish maksimumga ega bo‘lsa, 
quduq yuzasida nolga teng. Yuqori qismda har doim cho

zilish kuchi yuqori 
ko‘rsatkichga ega bo‘lib, quduq tubi tomon cho

zilish kuchi kamayib boradi. 
Quduqni boshmog‘ida chuzilish kuchi nolga teng.
Radial bosim boshqacha tarqalgan. Ayrim davrda tizma ichidagi bosim tashqi 
bosimdan kichik (masalan, teskari klapanli tizmani to‘ldirmasdan tushirish 
jarayonida; burg‘ilash jarayonida sathni kamayib ketishi oqibatida; quduqni 
o‘zgartirish davrida va chuqurlik nasoslari ishlatilganda) bo‘lganida, chuqurlik 
oshgan sayin ortiqcha tashqi bosim oshadi. Sementlash, favvorali eksplutatsiyada va 
boshqa holatlarda tizma ichida ortiqcha bosim mavjud bo‘lib, bu bosim chuqurlik 
oshishi bilan kamayadi. Agarda tizma og‘ir eritma bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, chuqurlik 
oshishi natijasida ichki ortiqcha bosim oshadi. 
Himoya quvurni ostki uchastkasida qachonki, tashqi ortiqcha bosim maksimal 
bo‘lganda, himoya tizmasining ezilish qarshiligiga chidamliligini hisoblaydi. 
Yuqorigi uchastka esa birinchi navbatda eng katta ichki ortiqcha bosim va eng ko‘p 
o‘q yo‘nalishli kuchlar yig‘indisi ta’sir etgandan mustahkamlikni bilgan holda uzilish 
qarshiligini hisoblash zarur. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling