Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti


Download 269,89 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi269,89 Kb.
#1547008
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Praktika Shoʻrtan Javohir


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
SANOAT TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
70710103-Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar) Magistratura ta’lim yo’nalishi

YuMBKT-512-21 guruh talabasi
Yuldoshov Javohir Abdujalil o‘g‘lining

ILMIY AMALIYOT
HISOBOTI

Boshlandi: 30.01.2023
Tugadi: 06.05.2023

Amaliyot o’tash joyi: Sho’rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi MChJ


Qarshi-2023
REJA:

KIRISH……………………………………………………………………………...
Asosiy qism: ………………………………………………………………………..

  1. Ishlab chiqarishning umumiy tavsifi. “Sho’rtanneftgaz” USHK korxonasi haqida ma’lumot………………………………………….………



  1. Sho’rtanneftgaz” USHK gaz konlari va korxonaning ish faoliyati….….



  1. Kondensatni barqarorlashtiruvchi qurilma…………………………...…...


Xulosa: Investitsion loyihalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar………………
Foydalanilgan adabiyotlar........................................................................................

KIRISH
Ushbu texnologik reglament, -yiliga 16·109 m3 hajmda tabiiy gazni qazib olishga mo’ljallangan «Sho’rtan-16» gazkondensatli konining to’rtta past haroratli separasiyalash (PHS) qurilmasi uchun ishlab chiqilgan. U texnologik jarayon operasiyalarini olib borish tartibi va rejimini belgilovchi asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi. Texnologik reglamentning barcha talablarini so’zsiz bajarish majburiy hisoblanadi va u chiqariladigan mahsulotlarning zaruriy sifatini, ishlab chiqarish jarayonlarini to’g’ri va tejamkor tarzda olib borilishini, uskunaning bus-butunligini hamda mehnat xavfsizligini ta'minlaydi.
Qurilmaga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar, texnologik rejimning mavjud ko’rsatkichlarini tasdiqlangan texnologik xaritalar va hisobga olish kitoblariga yozib boradi. Smena rahbarlari, operatorlar va ishlab chiqarishning boshqa xodimlari, texnologik reglament me'yorlariga qat'iy rioya qilgan holda, texnologik jarayonni olib borishi shart. Qurilma boshlig’i va uning o’rinbosari har kuni texnologik xaritalar va hisobga olish kitoblarini ko’zdan kechirishi, hamda o’tgan sutka davomida aniqlangan, reglament me'yorlaridan chetlashishlarni bartaraf qilish va keyingi navbatlarda ulardan ogoh bo’lish bo’yicha yozma ko’rsatmalar berishi shart.
PHS qurilmalari majmuasining bosh loyihachisi bo’lib, gazkonlari uskunalarini ishlab chiqish bo’yicha Butunittifoq ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik instituti “VNIPI gazdobcha” (Saratov.sh.) hisoblanadi. Kondagi qazib chiqarish ishlari loyihasi “SredazNIIgaz” tomonidan 1980-yilda bajarilgan.
PHS qurilmalarining apparatlari, bloklar holatida tayyorlangan. Blokli uskunani ishlab chiqishni neftkimyoapparaturalarning markaziy konstruktorlik byurosi (NMKB) bajargan. Qurilma uskunalari vodorod sulfidiga chidamli qilib tayyorlangan.
Ishga tushirish muddati:
PHSQ-I navbati - 1980 -yil IV chorak.
PHSQ- II navbati - 1982 -yil II chorak .
PHSQ- III navbati - 1985 -yil I chorak
PHSQ- IV navbati - 1986 -yil IV chorak.
Jarayonlarni nazorat qilish, avtomat tarzda tartiblashtirish va boshqarish, MDH va xorijiy mamlakatlarning moslamalar tayyorlovchi zavodlari tomonidan seriyali chiqariladigan, avtomatika moslamalari va vositalaridan foydalanilgan holda, markaziy kompleks boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha kompleks tadbirlar, texnik tashlamalarni yoqish va mash’alaga damlash, biologik hovuzlar-bug’lagichlarga tashlash sharti bilan sanoat va xo’jalik-maishiy chiqindilarni tozalovchi inshootlarini ko’zda tutadi.
PHS qurilmalarining gaz va gaz kondensatidan xalq xo’jaligida foydalanish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
- qozonxona yoqilg’isi sifatida;
- kommunal-maishiy ehtiyojlarda;
- texnologik ehtiyojlarda;
- suyuq uglevodorodlar olish uchun;
- avtomobil benzinlarining qimmatbaho komponentlarini, shuningdek dizel yoqilg’ilarini olish uchun.


Download 269,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling