Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Siljish kompensyatsiyali o‗zgartkichlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial - transformatorli o‗zgartgich
2.2 Siljish kompensyatsiyali o‗zgartkichlar Siljishni kompensatsiyalash sxemasi bo‗yicha quriladigan elektr analog o‗zgartkichlaridan noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga o‗zgartirish va ko‗rsatishlarni masofaga uzatish uchun differensial-transformatorli, ferrodinamik, magnitomodulyatsion va selsinli o‗zgartkichlar tarqalgan. Differensial-transformatorli o‗zgartkichlardagi birlamchi asbob o‗zagining siljishi ikkilamchi asbob o‗zagining siljishi bilan muvozanatlashadi. Differensial - transformatorli o‗zgartkichlar sarf, bosim, sath va boshqa parametrlarni o‗lchashda ishlatiladi, bunda bu parametrlarning qiymati birlamchi asbob g‗altagi o‗zagining siljishiga o‗zgartiriladi. 2.2 – rasm. Differensial - transformatorli o‗zgartgich Differensial- transformatorli asbob sxemasi (2.2-rasm) ikkita bir xil g‗altakdan iborat. Ulardan biri birlamchi asbob 1, ikkinchisi esa ikkilamchi asbob 2 ga joylashtirilgan. G‗altaklarni birlamchi chulg‗amlari ketma-ket ulanib, elektron kuchaytirich kuch transformatorining chulg‗amidagi o‗zgaruvchan tok kuchlanishidan ta‘minlanadi. Ikkilamchi chulg‗amlar bir - biriga yo‗nalgan holda ulanib, chiqishlari elektron kuchaytirgichga qaratilgan. G‗altaklar ichida temir o‗zaklari o‗rtacha holatda bo‗lsa, g‗altakdagi е 1 va е 2 EYK lar teng bo‗ladi, ya‘ni ∆Е 1 = е 1 — е 2 = 0 va ∆Е 2 = е 3 — е 4 = 0, demak, ∆Е = ∆Е 1 —∆Е 2 kuchaytirgich kirishidagi farq ham nolga teng bo‗ladi. O‗zaklar holati o‗zgarganda g‗altaklarda kattaligi va fazasi birlamchi asbob g‗altagidagi o‗zak siljishining kuchlanishiga bog‗liq bo‗lgan nobalans kuchlanish vujudga keladi. Nobalans kuchlanish elektron kuchaytirgich orqali reversiv dvigatelni 55 boshqarish uchun kerak bo‗lgan qiymatgacha kuchayadi. Reversiv dvigatel profillangan disk yordamida ikkilamchi asbob g‗altagi o‗zagini, birlamchi asbob g‗altagi o‗zagi bilan muvofiqlashtirilgan holatga siljitadi, natijada ikkala g‗altakdagi EYK lar tenglashadi, binobarin, muvozanat holati tiklanadi. Ikkilamchi chulg‗amlarning EYK yana nolga teng bo‗ladi va reversiv dvigatel to‗xtaydi. Reversiv dvigatel ikkilamchi asbobning strelkasi va perosi bilan bog‗langan. Birlamchi asbobning o‗zagi 5 mm ga siljiganda induksiyalangan EYK ning bog‗lanishi chiziqli bo‗lib qoladi. Differensial-transformatorli tizimlarning ikkilamchi asboblari potensiometrlar asosida qurilgan. O‗lchash tizimida teleuzatishning differensial-transformatorli tizimi uchun ikkilamchi asboblarga KSD va KSU kiradi. Asboblarning quyidagi turlari chiqariladi: juda kichik o‗lchamli ko‗rsatuvchi KPD1; VMD va o‗ziyozar KSD1, kichik o‗lchamli ko‗rsatuvchi silindrli siferblati aylanadigan KVD1 va o‗ziyozar KSD2, aylanasimon diagrammali KSD3. Hamma asboblarning aniqlik sinfi 1. Ikkilamchi asboblar yo qo‗shimcha chiqish o‗zgartkichlari yoki boshqariluvchi qurilma bilan ta‘minlanishi mumkin. Sarf o‗lchagich asboblarda, ko‗pincha, ichiga o‗rnatilgan integrallovchi qurilmalardan foydalaniladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling