Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Kuch kompensatsiyali o‗zgartkichlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuch kompensatsiyali elektr analog o‗zgartkichi
Kuch kompensatsiyali o‗zgartkichlar birlamchi asbob sezgir elementining
kuchini 0—5 yoki 0—20 mA li o‗zgarmas tokning bir xillashtirilgan signaliga o‗zgartirishga mo‗ljallangan. Elektr-kuch o‗zgartkichlarning ishlashi kuchni kompensatsiyalash prinsipiga asoslangan: sezgir element tomonidan o‗lchanayotgan kattalik ta‘sirida hosil qilingan kuch shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi tomondan ta‘sir etadigan kuch bilan muvozanatlashadi. O‗lchash tizimi analog shoxobchasining elektr o‗zgartkichlarida elektr-kuch o‗zgartkichlarning ikki turidan foydalaniladi: kuch va chiqish signali orasida to‗g‗ri mutanosiblik (chiziqli) munosabatni ta‘minlaydigan chiziqli o‗zgartkichlar va chikish sngnali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildizga mutanosib bo‗lgan kvadratik o‗zgartkichlar. Kvadratik uzgartkichlardan difmanometrlarda — sarf o‗lchagichlarda foydalaniladi. Ular chiqish signalini o‗lchanayotgan suyuqlik va gaz sarfiga to‗g‗ri mutanosib o‗zgaradigan o‗zgarmas tok ko‗rinishida olishni ta‘minlaydi. O‗zgartkichlar alohida blok ko‗rinishida yasaladigan UP-20 turli kuchaytirgich bilan komplektlanadi (jamlanadi). Chiziqli va kvadratik o‗zgartkichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan farq qiladi. 53 2.1 – rasm. Kuch kompensatsiyali elektr analog o‗zgartkichi Kuch kompensatsiyali elektr analog o‗zgartkichning prinsipipial sxemasi 2.1- rasmda ko‗rsatilgan. O‗lchanayotgan parametr o‗lchash bloki 1 ning sezgir elementiga (masalan, manometr membranasiga) ta‘sir ko‗rsatadi va G‗ mutanosib kuchga aylanadi, bu signal richag 2 ga uzatiladi. Richagning surgich 3, oraliq richag 4 va lentali tortqi 5 orqali burilishi kompensatsion richag 6 ga uzatiladi. Kompensatsion richagda differensial-transformatorli indikatorning o‗zagi 7 va magnitoelektr kuch mexanizmining g‗altagi 8 o‗rnatilgan. Yarmo 9 ikkilamchi chulg‗amlarining bir- biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo‗lgan zanjirdagi muvozanat o‗rtacha holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali o‗zgaruvchan tok signali paydo bo‗ladi. Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga keladi. Kuchaygan va to‗g‗rilangan signal masofaga uzatish aloqasiga va shu bilan birga, aloqa bilan ketma-ket bog‗langan muvozanat indikatorining g‗altagi 8 ga (teskari bog‗lanish) keladi. G‗altak 8 dagi tok hosil qilgan magnit maydon bilan doimiy magnit 11 o‗rtasidan o‗zaro ta‘sir natijasida richag 6 da kuch paydo bo‗ladi, bu kych o‗lchanayotgan kirish (masalan, bosim o‗zgarishi natijasida) kuchini muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 orqali sozlanadi. Asbobni o‗zgartkichning berilgan o‗lchash chegarasiga sozlash uchun surgich 3 va lentali tortqi 5 ni siljitiladi. Kuch kompensatsiyasi prinsipi shu sxemaga nisbatan quyidagidan iborat: muvozanat paytida sezgir element hosil qilgan kuch G‗ unga teskari aloqa tomonidan ta‘sir etadigan kuch Fm ga teng. Chiziqli o‗zgartkichda doimiy magnit 11 bilan g‗altakdan o‗tayotgan tok hosil qiladigan magnit maydoni orasidagi o‗zaro ta‘sir shu tokka mutanosib bo‗lgan, richag tizimi orqali kirish kuchini muvozanatlashtiradigan kuch hosil qiladi, ya‘ni, F M =K*I chiq , (2.1) bunda, F M — teskari aloqa tomonidan ta‘sir etadigan kuch; K—o‗zgarmas koeffitsiyent; I chiq — chiqish toki. Kvadratik o‗zgartkichda teskari aloqa kuch F M bilan chiqish signali I chiq orasidagi o‗zaro ta‘sirlashuv magnitoelektr mexanizm o‗rniga elektromagnit kuch mexanizmini qo‗llash yordamida ta‘minlanadi. Bu holda teskari aloqa kuchi bilan chiqish signali orasidagi munosabat quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi: F м =К*I 2 chiq . (2.2) 54 UP-20 turidagi yarim o‗tkazgichli kuchaytirgich nomuvofiqlashtirish indikatori signalini o‗zgarmas elektr toki signaliga o‗zgartiradi. Signalni masofaga uzatish 10 km ga yetishi mumkin. O‗zgartkichga ulanadigan ikkilamchi asboblarni ikki guruhga bo‗lish mumkin: o‗zgarmas tokning unifikatsiyalangan signalidan ishlaydigan (milliampermetrlar) va o‗zgarmas kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar (voltmetrlar, potensiometrlar, markaziy nazorat va boshqarishning elektr mashinalari). Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling