Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Teleo‗lchagichlar tizimi haqida tushuncha


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

 
4.3. Teleo‗lchagichlar tizimi haqida tushuncha 
O‗lchashlarni uzoq masofalarga uzatishda aloqa liniyalari parametrlarining 
o‗zgarishi uzatish aniqligiga ta‘sir qilishi mumkin bo‗lganda teleo‗lchagichlar 
tizimlari ishlatiladi. Bu tizimlarda o‗lchash natijalari aloqa liniyasiga uzatishda avval 
kodlanadi va qabul qilish punktida deshifrovka qilinadi. Ma‘lumotlarni uzatish uchun 
son-impulsli, vaqt-impulsli va chastotali tizimlar qo‗llaniladi. 
Son-impulsli tizimning ishlash prinsipi o‗lchanayotgan kattalikning har bir 
qiymatiga aloqa liniyasi bo‗ylab yuboriladigan tok impulslarning muayyan soni 
to‗g‗ri kelishiga asoslangan. Kodlashni, masalan, o‗lchash tizimi bilan bog‗liq 
bo‗lgan valikning har bir aylanishida bir impulsni qabul qilish bilan amalga oshirish 
mumkin. 
Vaqt-impulsli tizimning uzatish qurilmasi o‗lchangan katalikni o‗zgaruvchan 
davomlilikda impulslarga o‗zgartiradi. Bunday modulyatsiya kenglikli modulyatsiya 
deyiladi. Agar tizim o‗lchangan kattalikni imuls yo‗li davrining muayyan, ya‘ni 
o‗lchangan qiymatiga mutanosib qismini ajratuvchi 0 va hisoblovchi ikki impulslar 
yordamida uzatsa, bunday,modulyatsiya fazoviy modulyatsiya deyiladi. O‗lchangan 
kattalikni kodlash uchun yuguruvchi, signalni deshifrovka qilish uchun esa 
detektorlovchi qurilmalar ishlatiladi. 
Chastotali tizimlar ikki turda bo‗ladi: 
1. Chastota-impuls modulyatsiyasi tizimining signallari o‗lchangan kattalikka 
mutanosib bo‗lgan chastota bilan aylanuvchi o‗lchash tizimi valiklaridan olinishi 


68 
mumkin.Signallarni detektorlar yoki jamg‗aruvchi kondensator yordamida qabul 
qilish mumkin. 
2. Chastotali modulyatsiya o‗zgaruvchan tok bilan amalga oshiriladi, uzatuvchi 
qurilma o‗zgaruvchan sig‗imli yoki induktivli sinusoidal tebranishlar generatoridan 
iborat. O‗lchangan kattalikning o‗zgarishi o‗lchash tizimi orqali bajariladi. O‗zatilgan 
signal kuchaytirish kaskadi orqali detektorlovchi qurilmaga keladi, bu qurilma esa 
signal chastotasiga mutanosib bo‗lgan tok yoki kuchlanishni o‗lchashga imkon 
beradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling