Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkich


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

 
3.2 Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkich 
Siljish kompensatsiyali o‗zgartkichlar o‗lchash bloki sezgir elementining 
siljishini 20—100 kPa qiymatda pnevmatik chiqish signaliga o‗zgartirish uchun 
mo‗ljallangan. 
3.2-rasmda siljish kompensatsiyali sxema bo‗yicha ishlaydigan pnevmatik 
o‗zgartkichning prinsipial sxemasi ko‗rsatilgan. Ta‘minlovchi havo bosimi hamda 
o‗zgartkich chiqishidagi havo bosimi М
1
va М
2
manometrlar orqali nazorat qilinadi. 
3.2 – rasm. Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkich sxemasi.
Birlamchi rele tarkibiga o‗zgarmas kesimli drossel 7, soplo 3 va o‗lchash bloki 
1 ning sezgir elementi bilan bog‗langan to‗siq 2 kiradi. Kuchaytirgich ikkita ketma-
ket ulangan drossel va silfon turidagi yuritmadan iborat. Drossel tizimi soplo 9 va 11 
larni o‗z ichiga oladi. Birinchi soplodan P
0
bosimli siqilgan havo kuchaytirgichga 
keladi, ikkinchi soplo orqali esa havo kuchaytirgichdan atmosferaga chiqadi. 
Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon klapan mavjud. Uning holatiga ikkala 
drossel havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, drossel qarshiliklari ham 
bog‗liq. Kuchaytirgich yuritmasi kamera 5 ichiga joylashgan, bir-biriga nisbatan 


65 
konsentrik o‗rnatilgan silfonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan silfonlarning 
harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi pele va ikkilamchi 
asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog‗langan. Silfon yuritmasiga P
1
va P
2
bosimlardan o‗zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta‘sir qiladi. 
To‗siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki 
tekshirilayotgan parametr qiymatiga bog‗liq. To‗siq soploni berkitganda silfonga 
ta‘sir qiladigan Р
1
bosim ko‗payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 
9 teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni berkitadi; P
2
bosim oshadi va soplo 11 batamom 
berkilganda, P
2
bosim o‗zining maksimal qiymatiga erishadi. To‗siq soplodan 
chetlashganida teskari hodisa yuz beradi, ya‘ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11 
teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi, shuning 
uchun P
2
bosim pasayadi va u soplo 11 ning to‗liq ochilishida nolga tenglashadi. 
Havo bosimining va o‗lchanayotgan parametrning o‗zgarishi quyidagicha 
bo‗ladi. P
2
bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to‗siqni soplo 3 dan 
chetga suradi hamda soploning batamom berkilishiga yo‗l qo‗ymaydi. Pnevmatik 
tizimlardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o‗lchagichlar ishlatilishi 
mumkin. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling