65
konsentrik o‗rnatilgan silfonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan silfonlarning
harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi pele va ikkilamchi
asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog‗langan. Silfon yuritmasiga P
1
va P
2
bosimlardan o‗zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta‘sir qiladi.
To‗siqning siljishi birlamchi asbob sezgir
elementining holatiga yoki
tekshirilayotgan parametr qiymatiga bog‗liq. To‗siq soploni berkitganda silfonga
ta‘sir qiladigan Р
1
bosim ko‗payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo
9 teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni berkitadi; P
2
bosim oshadi va soplo 11 batamom
berkilganda, P
2
bosim o‗zining maksimal qiymatiga erishadi. To‗siq soplodan
chetlashganida
teskari hodisa yuz beradi, ya‘ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11
teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi,
shuning
uchun P
2
bosim pasayadi va u soplo 11 ning to‗liq ochilishida nolga tenglashadi.
Havo bosimining va o‗lchanayotgan parametrning o‗zgarishi quyidagicha
bo‗ladi. P
2
bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to‗siqni soplo 3 dan
chetga suradi hamda soploning batamom berkilishiga yo‗l qo‗ymaydi. Pnevmatik
tizimlardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o‗lchagichlar
ishlatilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: