Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Torli chastota o‗zgartkichi.
- Magnit maydonida tor tebranishining elektr
2.3 Chastotali o‗zgartkichlar Chastotali o‗zgartkichlar texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimlarida keng qo‗llaniladi. O‗lchash axborotini bir xillashtirilgan chastotali signal bilan uzatish tizimi birlamchi o‗lchash o‗zgartkichlari asosida amalga oshirilib, bunda birlamchi o‗lchash o‗zgartkichlari o‗lchanayotgan texnologik parametrni bir xillashtirilgan chastotaviy signalga o‗zgartiradi. O‗zgartirish parametr → kuch → chastota sxemasi buyicha yuz beradi. Kuch chastotali o‗zgartkichlarning ishlash prinsipi mexanik kuchlanishni torli elementning ko‗ndalang tebranishlar chastotasiga o‗zgartirishga asoslangan. O‗lchanayotgan fizik kattaliklar o‗lchash asbobining sezgir elementiga ta‘sir qilib, fizik kattaliklarga mutanosib bo‗lgan F kuchga aylanadi (2.8-rasmda torli chastota o‗zgartkichning prinsipial sxemasi ko‗rsatilgan). 2.8 – rasm. Torli chastota o‗zgartkichi. Bu kuch elastik sterjen (richag) 1 va u bilan bog‗langan torli element 3 tomonidan qabul qilinadi. O‗lchanayotgan fizik kattalik F kuch o‗zgarishi bilan elastik sterjen va o‗zgarmas magnit qutblari 4 orasida joylashgan torli elementda kichik (mikronlarda o‗lchanadigan) deformatsiya hosil qiladi, natijada torning ko‗ndalang tebranishlar chastotasi o‗zgaradi. Kuch-chastota o‗zgartkichi rezistorlar R 1 , R 2 , R 3 va R t qarshilikli tor 3 yordamida tashkil etilgan ko‗prikli sxemani ifodalovchi torli generator asosida amalga oshiriladi. 61 Ko‗prikning o‗lchash diagonali 5 elektron kuchaytirgichning kirishiga ulangan, uning chiqishi esa ko‗prik manbai diagonaliga ulangan. Tor doimiy 4 magnitning qutblari orasiga joylashgan. Torning pastki uchi qo‗zg‗almas asocga bikr mahkamlangan, yuqori uchi esa — xarakatlanuvchi richag 1 ga mahkamlangan. Tordan o‗zgaruvchan tok o‗tganda tor tebrana boshlaydi va unda shakliga ko‗ra sinusoydaga yaqin bo‗lgan EYK induksiyalanadi. Torda kechadigan fizik jarayonlarga muvofiq uning magnit maydonidagi tebranishlarida tebranish konturi ko‗rinishiga ega bo‗lgan elektr sxema 8.10-rasmda berilgan. 2.9 – rasm. Magnit maydonida tor tebranishining elektr Tebranish konturining parametrlari tor parametrlari bilan quyidagi munosabatlar orqali bog‗langan: v l В R l B C F S l B L 4 ; 2 ; 2 2 2 2 3 3 (2.5) bu yerda, L — ekvivalent induktivlik; B — doimiy magnit oralig‗idagi (tirqishidagi) induksiya; l — torning uzunligi; S — torning ko‗ndalang kesimi yuzi; F — kuchlanish; S — ekvivalent sig‗im; ρ — tor materialning zichligi; v — havoga ishqalanish koeffitsiyenti; R — tebranayotgan torning dinamik qarshiligi. Ekvivalent sxemasidagi r qarshilik tor harakatsiz bo‗lganda uning aktiv qarshiligini ifodalaydi. Tor tebranayotganda sof aktiv qarshiliklarni o‗z ichiga olgan ko‗prik sxemasi chastota bog‗liqli elementlari bo‗lgan ko‗prikka aylanadi. Ma‘lumki, o‗z- o‗zini uyg‗otuvchi generatorning chastotasi tebranish konturiniig f 0 xususiy chastotasi bilan aniqlanadi, u esa konturning L induktivligi va S sig‗imi bilan quyidagi ko‗rinishda bog‗langan: f 0 = 1/(2π LC ). Qarab chiqilayotgan generator uchun xususiy tebranishlar chastotasi f 0 ushbu ) /( 5 . 0 2 0 S l F f (2.6) ifoda bilan aniqlanadi. (2.6) tenglamadan generatorning xususiy tebranish chastotasi torning xususiy tebranishlar chastotasi orqali aniqlanishi va taranglanish kuchiga bog‗liq bo‗lishi kelib chiqadi. Qarab chiqilgan generator 10 2 — 10 4 Gs chastotalar diapazonida 62 ishlaydi. Tordan o‗tadigan tok 100 mkA dan oshmaydi. Tor, odatda, diametri 0,05 mm va uzunligi 20—50 mm atrofida bo‗lgan volfram simdan tayyorlanadi. O‗lchanayotgan parametrning chastotaviy signalga o‗zgarishi quyidagicha amalga oshiriladi. O‗lchash blokining sezgir elementi o‗lchanadigan parametrni richag 1 va u bilan birga tor 3 qabul qiladigan mutanosib F kuchlanishga o‗zgartiradi. Tor tarangligining o‗zgarishi generatorning xususiy tebranishlar chastotasining o‗zgarishiga olib keladi, bu esa uning chiqish signalida o‗zgaruvchan tok chastotasi ko‗rinishida aks etadi. O‗zgartkichni berilgan o‗lchashlar chegarasiga moslash richag 1 ning epyura 6 nuqtasini surish bilan amalga oshiriladi. Chiqish signalining boshlang‗ich qiymatini nol signal korrektori 2 o‗rnatadi. (2.6) tenglamadan ko‗rinishicha, o‗zgartkichning statik tavsifi chiziqli emas. Statik tavsifni chiziqlilashtirish maqsadida o‗zgartkichning ba‘zi turlarida kvadraturalar qo‗llaniladi. Chiziqli statik tavsifli birlamchi o‗lchov o‗zgartkichlarining chiqish signalini quyidagi tenglama bo‗yicha hisoblab topish mumkin: f N N N N f f min max min 1 0 , (2.7) bu yerda, f 1 — boshlang‗ich chastota; N – o‗lchanayotgan parametr qiymati; N max , N min — o‗lchashlar oralig‗ining (diapazonining) moc ravishda yuqori va quyi qiymatlari; ∆f — chastotaning o‗zgarish oralig‗i. Chastotali signallari bir xillashtirilgan birlamchi o‗lchash o‗zgartkichlaridan keladigan o‗lchov axborotlarini qabul kiluvchilari (priyomniklari) raqamli mashinalar, boshqaruvchi va hisoblash mashinalari bo‗lishi mumkin. Chastotali signali birlashtirilgan birlamchi o‗lchash o‗zgartkichlarining aniqlik sinfi 0,5 va 1,0. Axborotni uzatish uzoqligi 10 km. gacha. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling