Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Magnitomodulyatsion o‗zgartkichlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‗zgartkichning magnit kompensatsiyali strukturali sxemasi.
- Magnit kompensatsiyali o‗zgartkichning blok – prinsipial sxemasi.
- Selsinli masofaga uzatish tizimining prinsipial sxemasi
Magnitomodulyatsion o‗zgartkichlar (magnit kompensatsiyali uzatuvchi
o‗zgartkichlar) ning ishi magnit oqimlarini kompensatsiyalashga asoslangan. Magnitomodulyatsion o‗zgartkichlar birlachamchi asbob sezgir elementining chiziqli siljishini o‗zgarmas tokning unifikatsiyalangan chiqish signaliga o‗zgartirish uchun mo‗ljallangan. Bunday o‗zgartkichlarning ishlash prinsipi quyidagidan iborat: maxsus qurilma — indikatorda hosil qilinadigan boshqaruvchi magnit oqimi harakatdagi element o‗zgarmas magnitning (birlamchi o‗zgartkichning sezgir elementi bilan siljitiladigan) siljishida shu indikatorda teskari aloka toki yordamida hosil qilinadigan magnit maydoni bilan kompensatsiyalanadi. Bunda chiqish toki va qo‗zg‗aluvchan elementning siljishi va, demak, o‗lchanayotgan kattalik qiymati orasida ma‘lum munosabat o‗rnatiladi. O‗zgartkichning struktura sxemasi 2.5-rasmda keltirilgan. 58 2.5 – rasm. O‗zgartkichning magnit kompensatsiyali strukturali sxemasi. Birlamchi o‗zgartkichning qayishqoq sezgir elementi 1 o‗lchanayotgan kattalik O‗ ni o‗zgartkich 2 o‗zgarmas magnitining chiziqli siljishi X ga o‗zgartiradi. Magnitning siljishida boshqaruvchi magnit oqimi F m o‗zgaradi. U magnit oqimlari 3 ning indikatorida teskari aloqa magnit okimi F t.b. bilan tenglashadi. Indikator chiqishidan magnit oqimlari ayirmasi ∆F= F m - F t.b. ga mutanosib bo‗lgan kuchlanish U paydo bo‗ladi. U kuchaytirgich 4 yordamida chiqish toki signali 1 chiq ga o‗zgartiriladi. Chiqish toki I chiq masofadagi uzatish aloqasiga va bir vaqtda teskari aloqa qurilmasi 5 ga boradi, uning chiqish toki I t.b magnit oqimi F м ni kompensatsiya qiluvchi magnit okimi F tb hosil qiladi. Shunday qilib, o‗lchanayotgan kattalik Y ni orttirilganda magnit siljishi X ortadi, boshqarish magnit oqimi F m ortadi va, demak, F m ni kompensatsiya qiluvchi magnit oqimi F tb. ni paydo qilish uchun katta chikish toki I chiq va teskari aloqa toki I tb zarur bo‗ladi. Teskari aloqa qurilmasi 5 o‗zgartirishning zarur qonuni I chiq = f(y) ni topish imkonini beradi. Bu munosabat yo chiziqli, yoki kvadratik bo‗lishi mumkin. Magnit kompensatsiyali o‗zgartkichning prinsipial sxemasi 2.6-rasmda ko‗rsatilgan. 2.6 – rasm. Magnit kompensatsiyali o‗zgartkichning blok – prinsipial sxemasi. O‗zgartkichda o‗lchanayotgan parametr (masalan, bosim) sezgir element (masalan, bir o‗ramli naychasimon prujina 7) bilan o‗zgarmas magnit 6 siljishiga o‗zgartiriladi. U magnit okimi F m ko‗rinishida boshqarish ta‘sirini hosil qiladi. Bu 59 oqim chiqish signali teskari aloqa chulg‗amlari w t.b dan o‗zgarmas tok I chiq o‗tganda paydo bo‗ladigan teskari aloqa magnit oqimi F tb bilan kompensatsiyalanadi. F m oqimni o‗zgartirganda magnit modulyatsion o‗zgartkich 5 o‗zaklarining magnitlanganligi o‗zgaradi va uning w 6 o‗ramlarida nomuvofiqlik signali paydo bo‗ladi. Bu signal kuchaytirish qurilmasi 3 ning masofaga uzatish aloqasiga va bir vaqtda teskari aloqa o‗ramasiga uzatiladigan chikish signali I ni boshqaradi. O‗zgartkich chegarasini sozlash uchun qarshilik 4 o‗zgartiriladi, nolga sozlash uchun esa ferromagnit shunt 1 ni 2 vint yordamida ravon siljitiladi. Magnit kompensatsiyali o‗zgartkichlar qator afzalliklarga ega: bir necha ikkilamchi asboblarni bitta o‗zgartkichga ulash imkoniga, titrashga nisbatan yetarlicha yuqori turg‗unlikka va mustahkamlikka ega. Kamchiliklari — harorat tufayli xatoligi ancha yuqori va kuchaytirgichning elektron sxemasi elementlariga zararli ta‘sir etuvchi muhitlarda ishlay olmaydi, shuningdek, sezgir element va magnit oqimi indikatori va xatoliklarining birlamchi o‗zgartkich xatoligiga ta‘siri katta. Shu turdagi o‗zgartkichlar 1 va 1,5 sinfli bo‗ladi. Ikkilamchi asboblar sifatida 1 va 1,5 sinfli milliampermetr yoki ASK tizimdagi ko‗p shkalali, tor profilli asboblardan foydalaniladi. Yuqorida ta‘riflangan ko‗rsatishlarni masofaga uzatish tizimlari birlamchi o‗zgartkichlar hosil qilgan chiziqli yoki burchakli siljishlar uncha katta bo‗lmagan hollarda ishlatiladi. Lekin ba‘zi hollarda o‗zgartkich chiqish o‗qining bir necha o‗ramida birlamchi asbob o‗zgartkichi signalini yoki bir necha metrga cho‗zilgan siljishlarni masofaga uzatish kerak bo‗ladi. Masalan, sath o‗lchagichlarda ko‗rsatishlarni masofaga uzatishda shunday vazifa qo‗yiladi. Bunday masalani selsinli uzatish yo‗li bilan hal qilish mumkin. O‗zgaruvchan tokda ishlaydigan selsinli masofaga uzatish ham burchakli siljishlarni uzatishga mo‗ljallangan. Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar sifatida kontakt halqalarga ega bo‗lgan sinxronlanuvchi asinxron elektr dvigatellar yoki chulg‗amsiz rotorli kontaktsiz selsinlar ishlatiladi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar rotorlarining simmmetrik holati buzilganda ularning chulg‗amida qiymatlari turlicha bo‗lgan EYKlar induksiyalanadi, aloqa simi bo‗yicha muvozanatlovchi toklar o‗tadi va sinxronlash momenti vujudga keladi, natijada qabul qiluvchi selsin rotori buriladi. 2.7 – rasm. Selsinli masofaga uzatish tizimining prinsipial sxemasi: a – indikatorli rejim; b – transformatorli rejim. Selsinlarning bunday ulanishi (2.7-rasm, a) indikatorli rejim deyiladi. 60 Transformatorli rejimda (2.7-rasm, b) qabul qiluvchi selsinning rotori tormozlangan bo‗ladi va voltmetrning ko‗rsatishlari uzatuvchi selsin burilishiga mutanosib o‗zgaradi. Voltmetr qabul qiluvchi selsinning stator chulg‗amiga ulangan. Sanoat selsinlarning ta‘minlash kuchlanishining turli odatda, 50 dan 500 gs gacha chastotalariga mo‗ljallangan bir necha turlarini chiqarayapti. Kontaktli selsinlarning eng katta kamchiligi kontakt cho‗tkalaridagi xatoliklarga olib keluvchi va selsin ishining ishonchliligini kamaytiruvchi ishqalanishdan iborat. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling