Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


o‗zgartkichning prinsipial sxemasi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

o‗zgartkichning prinsipial sxemasi
4.2 – rasm. Pnevmo – elektrik o‗zgartkichning 
prinsipial 
Elektr kirish signali (I = 0—5mA) elektromagnit 5 ning g‗altaklari 6 ga 
beriladi. Bunda magnit o‗tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit 
oqimi paydo bo‗ladi. Yakordagi kuch tok miqdoriga to‗g‗ri mutanosib. Shu kuch 
ta‘sirida richag 2 ning siljishi soplo 1 aloqasida bosim o‗zgarishiga olib keladi. Bu 


67 
bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‗ylab 
o‗zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga beriladi. Chiqish bosimi ta‘sirida 
silfonda paydo bo‗ladigan kuch yakorda kirish signalidan hosil bo‗lgan kuch bilan 
kuch richagi orqali muvozanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0. 
4.2. Pnevmo-elektr o‗zgartkichlar 
Pnevmo-elektr o‗zgartkich 20—100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik 
signalni 0—5 mA o‗zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‗zgartirish 
uchun mo‗ljallangan. 
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-elektr o‗zgartkichlar ham 
to‗g‗ri ta‘sir etuvchi o‗zgartkich, ham qo‗shimcha energiya manbaidan 
foydalanadigan kompensatsion turdagi o‗zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin. 
To‗g‗ri ta‘sirli pnevmo-elektr o‗zgartkich (4.2-rasm) pnevmatik kirish signalini 
qabul qiluvchi o‗lchash bloki 1 dan va differensial-transformatorda uzatuvchi 
o‗zgartkichdan tashkil topgan. Bosim ta‘sirida silfon 2 ning qo‗zg‗aluvchan tubi va u 
bilan bog‗langan, birlamchi 3 va ikkilamchi 5 chulg‗amga ega bo‗lgan o‗zak 4 
siljiydi. Aks ta‘sir etuvchi kuch prujina 6 yordamida yaratiladi. O‗zakning maksimal 
siljishi tufayli paydo bo‗ladigan asosiy xatolik ± 1 % dan oshmaydi. 
Kompensatsion pnevmo-elektr o‗zgartkichlarda kuchlarni kompensatsiyalash 
prinsipidan foydalaniladi. To‗g‗ri ta‘sirli o‗zgartkichlar kompensatsion turdagi 
o‗zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo kompensatsion turdagi 
o‗zgartkichlar to‗g‗ri ta‘sirli o‗zgartkichlarga nisbatan qimmat turadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling