Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1 Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkichlar
- Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkichlar
- Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkich sxemasi
NAZORAT SAVOLLARI: 1. Kuch kompensatsiyali elektr o‗zgartkichning ishlash pritsipini tushuntiring? 2. Siljish kompensyatsiyali o‗zgartkichlarning ishlash pritsipini tushuntiring? 3. Differensial-transformatorli o‗zgartkichning sxemasini chizib, ishlash prinsipini tushuntiring? 4. Ferrodinamik o‗zgartkichning ishlash pritsipini tushuntiring? 5. Magnitomodulyatsion o‗zgartkichlarning ishlash pritsipini tushuntiring? 6. Chastotali o‗zgartkichlarning ishlash pritsipini tushuntiring ADABIYOTLAR: 1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012. 3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: Академия, 2007 63 MAVZU: PNEVMATIK O‗ZGARTKICHLAR REJA: 1. Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkichlar 2. Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkich Tayanch iboralar: pnevmatik signal, pnevmatik o‗zgartkichlar, Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkichlar, pnevmatik kuch kompensatsiyasi, Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkich, sezgir element, ikkilamchi asbob. 3.1 Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkichlar O‗lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish signaliga o‗zgartirish va ko‗rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‗llaniladigan pnevmatik o‗zgartkichlar ichida kuch kompensatsiyali va siljish kompensatsiyali o‗zgartkichlar yong‗in va portlash xavfi bor korxonalarda keng ishlatiladi. Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkichlar o‗lchash blokidan sezgir elementining kuchini 20—100 kPa (0,2—1 kgk/sm 2 ) qiymatda bir xillashtirilgan pnevmatik chiqish signalni o‗zgartirish uchun mo‗ljallangan. Pnevmatik kuch o‗zgartkichlarining ishlash prinsipi pnevmatik kuch kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan. Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o‗zgartkichning prinsipial sxemasi 3.1-rasmda ko‗rsatilgan. O‗lchanayotgan parametr o‗lchash blokining sezgir elementiga ta‘sir ko‗rsatadi va F mutanosib kuchga aylanadi. F kuch ta‘sir qilayotgan richag 1 orqali to‗siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo va to‗siq orasidagi tirqishning o‗zgarishi natijasida o‗zgarmas kesimli drossel 7 orqali keladigan havo bosimi o‗zgaradi. Shu bilan birga, kuchaytirish pnevmorelesining a kamerasidagi bosim ta‘sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi natijasida kirish 10 va chiqish 11 soqqali klapanlarning holati o‗zgaradi. 3.1 – rasm. Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‗zgartkich sxemasi 64 Natijada b va v kameralarda bosim o‗zgaradi. To‗siq 2 silfon 4 ta‘sirida soploga nisbatan shunday holatni egallaydiki, silfondagi kuch o‗lchash blokining F kuchiga tenglashib, b va v kameralardagi bosim shunga qarab o‗zgaradi. O‗zgartkich berilgan o‗lchash chegarasiga silfonni richag 5 bo‗ylab siljitish orqali sozlanadi. O‗zgartkichning chiqish signali 20 kPa (0,2 kGk/sm 2 )-boshlang‗ich bosim nol korrektorning prujinasi 6 yordamida o‗rnatiladi. O‗zgartkich chang, nam va yog‗dan tozalangan havo bilan ta‘minlanadi. Havoning nominal bosimi 140±14 kPa. Chiqish signalini 300 metr masofaga uzatish mumkin. O‗zgartkichning aniqlik sinfi 1,0. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling