73
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Ikkilamchi asboblar haqida tushuncha bering?
2. Qayd qiluvchi va raqamli ko‗rsatuvchi ikkilamchi asboblar
farqini tushuntirib
bering
3. DISK – 250 ikkilamchi asbobning ishlash prinsipini tushuntiring?
4. RP 160 turidagi qayd qiluvchi ikkilamchi asbobning ishlash prinsipini
tushuntiring?
ADABIYOTLAR:
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni
nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b.
2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent,
2012.
3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.:
Академия, 2007
MAVZU: O‗LCHASH VOSITALARINI TANLASH
REJA:
1. O‗lchash vositalariga bo‗lgan talablar
2. O‗lchash vositalarini tanlash bosqichlari
3. O‗lchash vositalarini tanlash.
Tayanch iboralar: o‗lchash,
nazorat qilish, o‗lchash vositasi, o‗lchash
shartlari, o‗lchash obyekti, bevosita o‗lchash, bilvosita o‗lchash, ikkilamchi asbob,
unifikatsiyalangan signal, xatolik chegarasi
6.1. O‗lchash vositalariga bo‗lgan talablar
Har bir ayrim holda texnologik parametrlarni ulchash qayd qilish va nazorat
qilish vositalarini joriy qilish masalalarini hal qilishda o‗lchash vositalarini (O‗V)
tanlashni asoslashga to‗g‗ri keladi.
O‗lchash vositalarini tanlash O‗V ga aniq talablar qo‗yishdan va O‗Vning bu
talablarga javob beruvchi turlarini tanlashdan, o‗lchash algoritmini ishlab chiqishdan
(yoki aniqlan-tirishdan) iborat. O‗Vni tanlash va tanlovni asoslash ularning
umumlashgan metrologik tavsiflarini O‗V ni o‗lchashda
hamma ishtirok
etuvchilarning ta‘sirini, qo‗shimcha qurilmalarni, moddalar va materiallarning,
o‗lchash usullarining xususiyatlarini va uning natijalariga
ishlov berishni hisobga
olishni hamda aniqlashni talab qiladi.
O‗Vga bo‗lgan talablar texnologik, konstruktiv, metrologik, iqtisodiy, ekologik
va ijtimoiy xarakterga ega bo‗lib, unga: yo‗l qo‗yiladigan xatoliklar chegarasi;
o‗lchash sharoitlari (o‗lchash obyekti va atrof muhitning O‗V ma‘lumotlari bo‗yicha
o‗lchanmaydigan, ammo o‗lchash natijasiga ta‘sir etuvchi parametrlar); O‗Vning tez
ta‘sir ko‗rsatishi; o‗lchash axborotining turi (mahalliy ko‗rsatishlar, masofadan turib
kursatishlar, avtomatik qayd qilish,
integrallash, signalizatsiya va hokazo);
74
mikroprotsessor va EHM asosida avtomatik boshqarish tizimlarida axborotdan
foydalanish zarurati va imkoniyatlari; O‗V ni o‗rnatish
xonalariga va sharoitlariga
talablar; foydalanish qiymati va iqtisodiy samaradorlik; O‗V va qurilmalarni montaj
qiluvchi hamda texnik xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarga talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: