Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
- 3. Analogli, raqamli topshirish va taqqoslash qurilmalari. Tayanch iboralar
NAZORAT SAVOLLARI 1. Mutanosib-integral (izodrom) rostlagich qanday rostlagich? 2. Mutanosib–differensial rostlagich qanday rostlagich? 3. Bu ikki rostlagichning farqini tushuntiring? 4. Mutanosib-integral rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring? 5. Mutanosib–differensial rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring? ADABIYOTLAR: 1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012. 3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: Академия, 2007. 4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. 122 MAVZU: AVTOMATIKANING TOPSHIRISH VA TAQQOSLASH ELEMENTLARI. REJA: 1. Umumiy tushunchalar. 2. Elektrik, elektromexanik, gidravlik va pnevmatik topshirish va taqqoslash qurilmalari. 3. Analogli, raqamli topshirish va taqqoslash qurilmalari. Tayanch iboralar: topshirish qurilmasi, taqqoslash qurilmasi, dasturlovchi sistema, stabillashtiruvchi sistema, analogli signal, raqamli signal, rele, perfolenta, analogli topshirish vositasi, analogli taqqoslash vositasi, raqamli topshirish vositasi, raqamli taqqoslash vositasi. 19.1. Umumiy tushunchalar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun avtomatik boshqarish sistemalaridan nazorat qilinayotgan parametrlarni bir xil ushlab turish, (stabillashtiruvchi sistema) yoki avvaldan berilgan topshiriq bo‗yicha parametrlarni o‗zgartirish (dasturlovchi sistemalar), yoki kirishda avvaldan ma‘lum bo‗lmagan o‗zgaruvchiga bog‗liq xolda parametrlarni boshqarish (izdan boruvchi sistema) talab qilinadi. Ko‗rsatib o‗tilgan sistemalarda boshqaruvchi buyruqlarni ishlab chiqish uchun topshirish va taqqoslash qurilmalaridan foydalaniladi. Avtomatik sistemalarda topshirish qurilmalarni vazifasi boshqariluvchi miqdorni berilgan qiymatini yoki uni talab qilingan o‗zgarish qonunini o‗rganishdir. Avtomatik sistemalarning taqqoslash qurilmalari boshqariluvchi miqdorlarni xaqiqiy qiymatlarini berilgan qiymati bilan taqqoslaydi va ularda farq bo‗lgan xol larda xosil bo‗lgan farqni bartaraf qilish maqsadida boshqarish sistemasiga birlamchi signal beradi. Taqqoslash sistemalari sifatida ko‗prik sxemalardan nul-indikatorlardan, difmanometrlardan va sh.o‗.lardan foydalaniladi. Topshirish va taqqoslash qurilmalari datchik signali va topshirish boshqarish signalini fizik tabiatiga bogliq xolda elektrik, elektromexanik, gidravlik va pnevmatiklarga bo‗linadi. Ishlab chiqarilayotgan signallarning ko‗rinishi bo‗yicha topshiriq qurilmalari analogli (uzluksiz va diskret) va raqamlilarga bo‗linadi. Topshiriq qurilmalari rostlagichlar bilan konstruktiv birlashtirilgan bo‗ladi, topshiriq pereklyuchateli esa rostlagichni yuza paneliga yoki masofadan boshqarish shitiga chiqarib qo‗yiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling