Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


 MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

18.2 MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR 
Agar rostlash obektida yukning o‗zgarishi tez va keskin, shuningdek, kechikish 
katta bo‗lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta‘minlay olmaydi, 
ya‘ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo‗ladi. Rostlash jarayonini 
parametrning o‗zgarish tezligiga bog‗liq bo‗lgan qo‗shimcha kirish signali vositasida 
yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bo‗lgan obektlarda texnologik jarayonlarni 
rostlash uchun PD-rostlagichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Agar differensial qism rostlovchi ta‘sirning boshqa qismlariga qo‗shilsa to‗g‗ri, 
ayrilgan holda esa teskari bo‗ladi.
18.2-rasm. PF 2.1 To‗g‗ri avvaldan ta‘sir rostlagichi. 
PF2.1 to‗g‗ri avvaldan ta‘sir rostlagichi rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan 
parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta‘sir kiritish uchun mo‗ljallangan (18.2 
rasm). Siqilgan hajmdagi havoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) 


121 
taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi va inersion bo‗g‗in orqali 
o‗sha elementning V kamerasiga berilayotgan ta‘minlovchi havo bosimi bilan 
muvozanatlashadi. Chiqish kamerasi A kuzatuvchi tizim sxemasi asosida ulangan. 
Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yoki nolga yaqin bo‗lsa, taqqoslash 
elementi IV ning chiqishiga kirish signali R bilan kuzatiladi. Agar bosim o‗zgara 
boshlasa, masalan, o‗zgarmas tezlikda ortsa, u holda V kameraning oldida drossel-
qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yig‗indisi B va A 
kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo‗ladi. Natijada taqqoslash 
elementi IV dagi soplo berqilib, A kamerada bosim keskin oshadi. Chiqishda 
kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo‗ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda 
bosimning o‗zgarish tezligi va avvaldan ta‘sir drosselining qanchalik ochiqligiga 
bog‗liq. Taqqoslash elementi IV dan chiqqan signal element V va quvvat 
kuchaytirgichi VI dan tashkil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U 
taqqoslash elementi kuchaytirgichining xatosini yo‗kotishga xizmat qiladi. O‗chirish 
relesi I avvaldan ta‘sir drosselini berkitishga mo‗ljallangan. Buyruq bosim R
k
=0 
bo‗lganda soplo yopiq bo‗lib B kameraga havo avvaldan ta‘sir drosseli orqali o‗tadi. 
Rostlagichni o‗chirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi R berilib, bunda, 
soplo ochiladi va kirish signali (R
kir
) bevosita B kameraga keladi. Bu holda 
taqqoslash elementi IV ga keluvchi uchala signal o‗zaro teng, chiqishdagi bosim esa 
kirishdagiga teng bo‗ladi. Avvaldan ta‘sirni 0,05...10 minutgacha oraliqda sozlash 
mumkin. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling