Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

 
20.2 Triggerlar va ularning turlari 
Ko‗pgina raqamli qurilmalar ma‘lumotni saqlash va qayta ishlashda bir-birini 
o‗rnini bosadi yoki to‗ldiradi. Arifmetik va mantiqiy qurilmalarda ma‘lumot 
saqlashda ko‗proq triggerlardan foydalaniladi.
Trigger – elementar xotira yacheykasi va boshqarish sxemasidan tashkil 
topgan, elementar xotira yacheykasining kirish qismiga bevosita ta‘sir qiluvchi 
ma‘lumotni signallar kombinasiyasiga o‗zgartiruvchi ikkita barqaror holatli chiqishga 
ega qurilmadir.
Triggerlar impuls shakllantiruvchilarida, yakka signal generatorlarida, chastota 
bo‗luvchilarini qurishda, hisoblagichlarda (schetchik), registrlarda, to‗plovchi 
summatorlarda, boshqarish qurilmalarida keng qo‗llaniladi.
20.1-rasmda triggerning umumiy sxemasi ko‗rsatilgan. x
1
…x
n
– ma‘lumotlar 
kiritilishi, s
1
…s
m
– sinxronizasiya kirishi yoki taktli kirish, v
1
…v
k
boshqaruvchi 
kirish, S
y
, R
y
–o‗rnatilgan kirish, S
*
R
*
- elementar xotira yacheykasining ma‘lumot 
kirishi, 
Q
Q,
-chiqishlar.


128 
 
20.1-rasm. Triggerning umumiy sxemasi 
 
 
Kommutasion kirishlar dasturlanadigan universal triggerlarda tashqi birikishlar 
uchun qo‗llaniladi. 1-rasmda ko‗rsatilgan ba‘zi bir kiruvchi signallar triggerlarning 
real sxealarida mavjud bo‗lmasligi mumkin, oddiy triggerlarda esa boshqarish 
sxemalari ham bo‗lmasligi mumkin. 
Triggerlarning vazifaviy belgilanishi va texnik hujjjatlarda tasvirlanishi 
qoidaga ko‗ra GOST 2.743.82 ga ko‗ra aniqlanadi.
M‘lumotli kirishlar uchun quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: S (Set-
moslama) - trigger bo‗linuvchi moslamasini «1» holati uchun kirish (
0
,
1

 Q
Q
), R 
(Reset –tashlab yuborish, bekor qilish) trigger bo‗linuvchi moslamasini «0» holati 
uchun kirish (
1
,
0

 Q
Q
), T (Toogle-relaksator)- trigger hisobli kirishi, J (Jerk – 
tasodifiy ulanish) 
Triggerlar klassifikasiyasi ularning turli xil aniqlashtiruvchi belgilari bo‗yicha 
amalga oshirilishi mumkin.
Mantiqiy aloqalarni tashkil etish usuli bo‗yicha bo‗linuvchi moslama holati 
«0» yoki «1» (RS - triggerlar), hisoblovchi kirishli (T - triggerlar), universal 
bo‗linuvchi moslamaning holati «0» va «1» (JK - trigger), ma‘lumotni bitta kirishda 
qabul qiluvchi (D- trigger), universal moslamali bitta kirishli (DV -trigger), 
kombinasiyalashgan (masalan, RST-, JKRS-, DRS- triggerlar va h.k.), murakkab 
mantiqiy kirishli. 
Triggerlar yana quyidagi turlarga bo‗linadi: 
Ma‘lumotni yozib olish usuli bo‗yicha: sinxronlanmaydigan (asinxron, 
taktlanmaydigan), sinxronlanadigan (sinxron, taktlanadigan), 
Sinxronlash usuli bo‗yicha: statik boshqariladigan xotirali, dinamik 
boshqariladigan xotirali, 
Ma‘lumotli kirishlar soniga ko‗ra bir kirishli, ikki kirishli va ko‗p kirishli, 
Taktli kirishlar soniga ko‗ra: bir taktli, ikki taktli, ko‗p taktli, 
Chiqish signali ko‗rinishiga ko‗ra: statik va dinamik (statik triggerlarda chiqish 
signal barqaro holatlarda vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmaydi), 
Ma‘lumotni eslab qolish usuli bo‗yicha: xotirani mantiqiy va dinamik tashkil 
etuvchilari, 


129 
Ma‘lumotni saqlash usuliga ko‗ra: ma‘lumotni aktiv saqlovchi, passsiv 
saqlovchilarga bo‗linadi.
Triggerlar strukturani tashkil etilishiga ko‗ra to‗g‗ri va dual, o‗zgarmas 
strukturali va dasturlanuvchi triggerlarga ajratiladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling