Kimyoviy texnologiya ta’lim yo’nalishi bakalavr 4-kurs talabalariga laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun tarqatma materiallar
4. Laboratoriya ishi: Eritmalarni issiqlik sig'imini aniqlash
Nazariy ma’lumotlar
Jismning issiqlik sig’imi deb, uning haroratini 10 gradusga oshirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdoriga aytiladi.
Moddaga nisbatan olingan issiqlik sig’imi solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi. Solishtirma issiqlik sig’imi quyidagilarga bo’linadi:
massaviy solishtirma issiqlik sig’imi, s kj/(m.k) – ya‘ni bu 1 kg jismni 10 gradus qizitish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdori;
Hajmiy solishtirma issiqlik sig’imi, С1, kj/m3 k – ya‘ni bu 1m3 jismni 10 gradusga qizitish uchun sarf bo’lgan issiqlik miqdori;
Molyar solishtirma issiqlik sig’imi, μс kj/mol K – ya‘ni bu 1 – mol jismni 10 gradusga qizitish uchun sarf bo’lgan issiqlik miqdori.
Ular orasida quyidagicha bog’liqlik bor:
bunda ρn – gazning normal sharoitdagi zichligi.
Gazlarning issiqlik sig’imi.
Gazning o’rtacha issiqlik sig’imi quyidagiga teng:
Jismning T temperaturadagi haqiqiy issiqlik sig’imi:
Sistemadagi jarayon o’zgarmas hajmda borganda issiqlik sig’imi izoxoroviy deyiladi va Сv bilan belgilanadi, o’zgarmas bosim ostida borganda esa izoboraviy deyiladi va Cp bilan belgilanadi.
Cp va Cv lar orasidagi bog’liqlik Mayer formulasi orqali ifodalanishi mumkin:
yoki
Shuningdek k – a diabit ko’rsatgich.
HAVONING IZOBARIK ISSIQLIK SIG'IMINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Havoning izobarik issiqlik sig'imini aniqlash bo’yicha talabalar malakasini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |