Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
Birikuvchanlik – tog‘ jinsi alohida bo‘lakchalarining bir-birlari bilan ilashishi
b¢lib, ularning b¢linishga qarshiligi bilan tavsiflanadi. Ko‘mir va rudalarning massivdan ajratib olingandagi xususiyatlariga esa - bo‘lakdorlik, maydalanish, ko‘pchish va jipslashish kabi xossalari kiradi. Kon massivi va kon jinslarining yuqorida keltirilgan xossalari, birinchi navbatda, kon ishlari texnoligiyasi variantlarini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. 45 Tog‘ jinslarining turg‘unligi - kon qazish ishlari natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarda kon massivini buzilmasdan o‘z muvozanatini saqlab turish xususiyati. Ruda va ko‘mirning turg‘unlik xususiyati kon qazish ishlari texnologiyasi va qazish bo‘shlig‘ini saqlab turishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Foydali qazilma konlarini (ruda konlarini) yer osti usulida qazib olishda kon jinslari massivi turg‘unlik bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi 1. O‘ta noturg‘un massiv –qazish bo‘shlig‘ini mustahkamlamasdan qazish ishlarini olib borish imkonini bermaydi. 2. Noturg‘un massiv – lahim yon tomonlarini kichik miqdorda (4-10м 2 ) mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish imkonini beradi, biroq kon shiftini mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish ishlariga imkon bermaydi . 3. Kam turg‘un massiv – lahim yon tomonini mustahkamlamay, shiftini 10- 30m 2 gacha ochilganda shiftni buzilishga olib keladi 4. O‘rtacha turg‘un massiv –lahim shift jinslari 150m 2 gacha ochilganda uncha uzoq bo’lmagan vaqtda mustahkamlamasdan kon ishlari olib borishga imkon beradi. 5. Turg‘un massiv – qazish bo’shlig‘ida lahim yon tomonlari va shifti 300- 500м 2 ochilganda mustahkamlamasdan kon ishlari olib borishga imkon beradi 6. O’ta turg‘un massiv – 800-1000 м 2 va undan katta massiv maydonlarini qazish ishlari natijasida ochilganda uzoq vaqt davomida buzilmasdan turishini ta’minlaydigan massiv . Ko‘mir konlarini yer osti usulida qazib olishda kon massivlarining tasnifi quyidagicha . a) Turg‘un bo’lmagan massiv – bo‘shliqni mustahkamlanmasa, shift va lahim yonlaridagi jinslar ochilgan ondayoq buzilib ketadi . 46 b) Kam turg‘un bo‘lgan massiv – qazish bo‘shlig‘i 1 m masofada ochilganda shift jinslari 2-3 soat davomida buzilmasdan turishi mumkin . v) O‘rtacha turg‘un massiv – qazish bo‘shlig‘i 2 metrgacha ochilganda shift jinslari 1 sutka davomida buzilmasdan turadi . g) Turg‘un massiv – qazish bo‘shlig‘i 5-6 metr kenglikda ochilganda uzoq vaqt buzilmasdan turadi. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling