Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4-§. Tog‘ jinslari plastik va realogik xususiyatlari. Tog‘ jinslari mustahkamlik va akustik xususiyatlari
Nazorat savollari
1. Birikuvchanlik deb nimaga aytiladi? 2. Tog‘ jinslarining taranglik xususiyatlarini ayting? 3. Siqiluvchanlik deb nimaga aytiladi? 4. Tog‘ jinsining g‘ovakligi deb nimaga aytiladi? 5. Tog‘ jinslarining turg‘unligi deb nimaga aytiladi? 50 2.4-§. Tog‘ jinslari plastik va realogik xususiyatlari. Tog‘ jinslari mustahkamlik va akustik xususiyatlari Kon jinslari mustahkamlik nazariyasi. “Jins mustahkamligi” atamasi bo‘yicha, bunda buzilmagan holda turlicha tezligi va xarakterli tashqi kuchlarga qarshilik qila olish qobiliyati tushiniladi. Jinsning ichki bog‘lamlari buzilsa bu jins o‘z mustahkamligini yo‘qotadi va parchalanish vujudga keladi. Kon jinsini kuchlanishda keskin parchalanishgacha kelgan holati jins mustahkamligi chegarasi deyiladi. Tashqi kuchlar yo‘nalishi va deformatsiyalanish xarakteriga qarab jinsning mustahkamlik chegarasini bir-, ikki-, uch- o‘qli (har tomonlama) siqish, cho‘zish, har xil burchaklar tomon siljishi, egish va boshqalar bo‘yicha ajratiladi. Jinsning mustahkamlilik chegarasi kattaligini buzish kuchini o‘rganilayotgan namunaning ko‘ndalang kesimi yuzasiga nisbatida olinadi. Mustahkamlik chegarasi kuchlanishi o‘lchami N/m2 yoki SI sistemasida Pa, sistemadan tashqarida – kg/sm 2 birligini оlаdi. Tog‘ jinslarining bir o‘qli siqish, cho‘zish, siljish, ezishga qarshiligi mexanik tavsifi bo‘lib, sodda kuchlanganligi holatidagi mustahkamligini ko‘rsatadi. 16-rasm. Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari Kon-texnologik yoki muhandislik qurilmalarida jinslar yo o‘sha muhitda yoki o‘rganilayotgan muhitning asosi bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi holda ham tog‘ jinslaridagi kuchlanganlik holati yyetarlicha murakkab bo‘lib, mustaqilligi va deformatsiyalanish xarakterida ko‘rinadi. Kuchlanganlik holatining murakkabligi 51 massiv tubida yotgan har bir jins elementiga vertikal kuchlanish σ1 (jins qalinligi, qurilma og‘irligi) va tashqi kuchlar σ 2 vа σ 3 tа’siridа dеfоrmаtsiyalаngаn gоrizоntаl tashkil etuvchilar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bundan ma’lumki ko‘rilayotgan element hajmi teng (har uch o‘q orqali kuchlanishlar teng) yoki teng bo‘lmagan kuchlanish holatida bo‘ladi. Teng hajmli kuchlanish holati jins massivi tubida vujudga kelsa, teng bo‘lmagani esa alohida kesib olingan qismlarida uchraydi. Tabiatda kon jinslari murakkab kuchlangan holatda bo‘lib, unda kon jinsining mustahkamlik va deformatsiyalik xususiyatlarini o‘sha sharoitda o‘rganish lozim bo‘ladi. Bunday sinovlar qoyatosh va yarim qoyatosh jinslarni murakkab hajmli kuchlanish holatida ko‘p uchraydi. Kon jinslari xususiyatlarining turliligi bilan ajralib turadi, mexanik ta’sirga turlicha yondoshadilar va shuning uchun hozirgacha kon jinslarining universal mustahkamlik nazariyasi ishlab chiqilmagan. Kon jinslarini mustahkamligini asoslab baholash, murakkab kuchlanishlik holatdagi sharoitlarda o‘zini tutishini oldindan baholash va buzilishlar sababchisini aniqlash uchun turlicha mustahkamlik nazariyalaridan foydalaniladi. XV asrda materiallarni mustahkamlik xususiyatini o‘rganishni Leonardo da Vinchi boshlagan va XVI asrda Galiley davom ettirgan. Ular birinchi klassik mustahkamlik nazariyasini tuzishgan – eng katta kuchlanishlar nazariyasi, bunga ko‘ra materialni cho‘zish yoki siqishda buzilish holati eng katta mo‘tadil kuchlanish σmax ma’lum bir σ0 qiymatga yyetganda hosil bo‘ladi σ 0 ≤ σ mах Keyingi tajribalar shuni ko‘rsatadiki eng katta kuchlanishlar nazariyasi to‘liq emasdi. Jins ma’lum bir oshgan qiymatda kuchlanib siqishda buzilishi mumkin. Bu nazariya ko‘pgina hollarda materialning mustahkamligini qo‘pol baholab beradi. XIX asr o‘rtalarida eng katta deformiatsiyalanish nazariyasi keltirib chiqarilgan. Bu nazariyaga ko‘ra materialning buzilish holati qachonki eng katta nisbiy deformatsiya ε mах оddiy siqilishdаgi mа’lum bir qiymаt ε 0 gе tеng bo’lgаndа vujudgа kеlаdi. ε 0 ≤ ε mах 52 ε 0 qiymаti tаjribаdа аniqlаnаdi. Ikkinchi mustаhkаmlik nаzаriyasi birinchi nаzаriyani kеngаytirib bеrаdi. U ХIХ аsr vа ХIХ аsrning birinchi chоrаgidа muхаndislik ishlаridа kеng qo‘llanilgan. Hozirgi kunda aniqlanishi bo‘yicha eng katta deformatsiya hamma kuchlanganlik holatidagi jins mustahkamligini aniqlashdagi yagona omil emasdir. U urinma va boshqa kuchlanishlarni buzilish jarayonida muhimligini hisobga olmaydi. Uchinchi mustahkamlik nazariyasi - eng katta urinma kuchlanishlar XVII asrda Kulon taraqqiy ettirgan bo‘lsa, XIX asrda olimlar uni mukammallashtirgan. Siqilish va cho‘zilishdagi buzilish holatlari eng katta urinma kuchlanish ma’lum bir qiymatga, ya’ni urinma kuchlanish va qo‘zg‘alish orqali buzilish yetganda τ 0 ≤ τ mах ga teng bo‘ladi. Tajriba tadqiqotlariga ko‘ra turli xildagi jinslar buzilishni aniqlashda uchinchi klassik mustahkamlik nazariyasi keng qo‘llaniladi. Qattiq jins asosiy xususiyatlari hamma qattiq jinslar kabi uning shaklining tarangligi ya’ni undagi molekulyar kuchlarning ilashishi va zarralar aro ishqalanishlar mavjudligi bilan aniqlanadi. Jinsning ishqalanishiga qarshiligi, ya’ni urinma kuchlanish ma’lum bir bosim diapazonida chiziqli bog‘liqlik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, 1773 y. Kulon orqali aniqlangan τ chеgаrа = σ mo’t tgφ + S bundа τ chеgаrа - kuchlаnish kuchining chеgаrаsi, kg/sm 2 ; σ mo‘t – sirpаnchiq yuzаdаgi, qo‘zg‘alishdagi mo‘tadil kuchlanish, kg/sm 2 ; tgφ – ichki ishqаlаnish kоeffitsiеnti; φ – ichki ishqаlаnish burchаgi, grаd; S – ilаshish kuchi, kg/sm 2 . Bu tenglikni quyidagicha tushunish mumkin: agar chap tomon o‘ng tomondan kam bo‘lsa jins buzilmaydi. Tenglamaning fizik mohiyati shundaki, jins namunasiga bir o‘qli siqish kuchi R ta’sir etgan bo‘lsa, namuna uning ba’zi qiymatida mm΄ yuzasi bo‘yicha qo‘zg‘atuvchi τ tа’siridа buzilib, gоrizоntgа nisbаtаn Ө burchаk оstidа bo‘ladi. Urinmа kuchlаnishgа ilаshish kuchi S vа mo’tаdil σ mo‘t gа tеng, ichki ishqаlаnish kоeffitsiеnti tgφ gа ko‘paytirilgan silliq yuzаsi mm΄ dаgi ishqаlаnish 53 kuchi qаrshi tа’sir qilаdi; φ burchаk, mo‘tadil kuchlanish σ mo’t vа σ yig‘indisining o‘zaro natijasi bo‘lib, ichki ishqalanish burchagi deb ataladi. Urinma kuchlanish miqdori mm maydoni quyidagi holda Ө = 2 90 bo‘lganda oshganini ko‘ramiz. Ichki ishqalanish – qattiq jins ichki qismidagi turlicha jarayonlar, ya’ni deformatsiyalanishda mexanik energiya tarqalib issiqlik energiyasiga aylanishiga olib kelishidir. Qattiq jinslarda ichki ishqalanish natijasida erkin tarang to‘lqinlar so‘nadi. Bundan kelib chiqqan holda ichki ishqalanish - bir jismning alohida bo‘lgan qismlarini nisbiy qo‘zg‘alishda vujudga keladigan kuchdir. Ichki ishqalanish koeffitsiyenti tgφ – ishqalanish kuchining xuddi o‘sha jism ichidagi o‘zaro tutashib turadigan yuzalarning mo‘tadil bosim kattaligiga nisbatidir, φ – ichki ishqаlаnish burchаgi φ = аrstg Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling