Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

r
l
, bundа, S – ilаshish 
kuchi (iоnlаr tоrtishuvi); ℓ - zаrrа kаttаligi, Kulоn; r – eng yaqin mаnfiy vа musbаt 
zаrrаlаr оrаsidаgi mаsоfа. Tаbiiy mustаhkаmlik – bu tаbiiy shаrоitlаrdаgi kоn 
jinsining mustаhkаmligi. 
Nazariy buzilish – bu kristall panjaradagi zarralar va molekulalar o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikning buzilishi. Buzilish uchun moddaning kristall panjarasining 
tuzilishi va atomlararo bog‘liqlikka ko‘ra kuchlar zarur bo‘ladi. amaliyotda kon 


58 
jinslarining olingan mustahkamlik qiymati nazariydan yuz marta ba’zida esa ming 
marotaba kichik bo‘ladi: mis uchun 1500 marta, alyuminiy esa 500 (Panin, 1967). 
Tabiiy qattiq jism va kon jinslari doimo turlicha nuqsonlari g‘ovaklari, 
yoriqsimon va boshqa kamchiligi bo‘lgan strukturaga ega bo‘lib, u bir xil bo‘lmagan 
fizik va ximik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Muhitning bir xilda emasligi amaliy va 
klassik nazariyalarni bir-biriga to‘g‘ri kelmasligini ko‘rsatadi. Ko‘pgina kon 
jinslarida zarralar o‘rtasidagi ilashish mustahkamligi zarralar mustahkamligidan past 
bo‘lib, buzilganda yorilish chizig‘i kristallar o‘rtasidan o‘tadi. Kon jinslarida 
nuqsonlar nuqtali, chiziqli, yuzaki, zarralar chegarasi, g‘ovakli bo‘ladi. 
Nuqtali nuqson deb, takrorlanuvchi kichik o‘lchamdagi (kristall panjaradagi 
bo‘shliqlar) ya’ni atom, molekula, ionlari bo‘lmagan tugunlar bunda panjara 
tugunidan zaryadning ketishi natijasida yoki kristall panjaraga boshqa jinsli atomlar 
kirishi (aralashma) oqibatida hosil bo‘lishiga aytiladi. Har bir bo‘shliqni paydo 
bo‘lishi bilan kristall panjarada tartibsizlik hosil bo‘ladi va tenglik buziladi. 
Chiziqli nuqsonlar – makroskopik o‘lchamda bo‘lib, dislokatsiya deb ataladi. 
Bu kristallni boshqa bir qismigi nisbatan qo‘zg‘alishidir. Kristall panjaradagi
tugunlar uzilishi chiziqli bo‘ladi. murakkab dislokatsiyada esa yassi qo‘zg‘alish 
kuzatiladi. 
Yuzaki nuqsonlar – turlicha kristallarning yuzaki tutashishlarida hosil 
bo‘luvchi nomukammallikdir. Disloksiya zichligi (soni) kristallarda yuqori bo‘lib, 1 
sm
2
gа 10
2
dаn 10
22
gаchаni tаshkil qilаdi. Dislоkаtsiya zichligining оshishi minеrаlni 
susаytirаdi vа ulаrdа plаstik dеfоrmаtsiyani kеltirаdi.
Mustahkamlikni mikronuqsonlik nazariyasi ham bo‘lib, kon jinsining birxil 
tuzilishida emasligini hisobga oladi. Hamma nuqsonlar kristall panjara buzilgan 
joylarini tashkil etib, tashqi kuchlar ta’sirida yengil harakat qiladi. A.Griffitsning 
mustahkamlikni mikronuqsonli nazariyasi bo‘yicha bo‘shoq materiallar buzilishi 
mikroskopik nuqsonlar bo‘yicha cho‘ziluvchan kuchlanish molekulyar bog‘lamlar 
mustahkamligiga yetgandagina vujudga keladi. Chegaraviy cho‘ziluvchan kuchlanish 
σcho‘zil nuqson konturidagi struktur bog‘lamlarning ba’zi mustahkamlik chegarasi 
bilan aniqlanadi. Griffits nazariyasi bo‘shoq jism va kon jinslari ko‘pgina 


59 
xususiyatlarini yaxshi tushuntiradi, asosan cho‘zishdagi sust mustahkamlik va 
siqishdagi yuqori mustahkamlikdir. Siquvchi yuk ta’sirida yoriqlar jisplashadi va 
ularning yuzasida ishqalanish kuchi paydo bo‘lib, natijada
σ
siq
> σ
cho‘zil
bo’lаdi. σ
siq
: σ
cho‘zil
gа nisbаti qоyatоsh vа yarim qоyatоsh jinslаr uchun 
8 dаn 17 gаchа bo‘ladi.
A.A.Griffits tahmini bo‘yicha, kuchlanishning maksimal konsentratsiyasi 
nuqtalari mikronuqson oxirlariga yaqin bo‘lsa, cho‘zuvchi yuklar ta’sirida uning 
cho‘zilishi o‘zining yuzsida hosil bo‘ladi va boshlang‘ich mikronuqson yo‘nalishida 
yoriq hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Bunday holda maksimal kuchlanishlar nuqtasi 
mikronuqsonning eng o‘tkir joyida bo‘ladi va ulardagi struktur bog‘liqlar yorilishi 
uning uzayishiga olib keladi, bunda kuchlanish konsentratsiyasi oshadi, ya’ni yoriq 
oshib borishi to‘htamaydi va buzilish hosil bo‘ladi. 
Siqiluvchan kuchlanishlar maydonidagi nuqsonlar oshishida eng mavhum 
nuqtalarida struktur bog‘lamlar buzilishi vujudga keladi va nuqson ta’sirida yuk 
yo‘nalishida bo‘ylama yoriq oshib borishi paydo bo‘lib, u yoriq bir o‘qli siqish 
maydonida bo‘ladi va yuklangan maydon bo‘ylab boradi. Uning o‘sishi birinchi 
bosqichda sekinlik bilan o‘tkirlikdagi eng kam kuchlangan bog‘liqliklar yoriqlari 
tufayli boshlanadi va shuning uchun keyinchalik uning tezligi oshadi. Yoriqlarning 
kritik tezlikka ko‘tarilishi har xil maydonlarda bir vaqtning o‘zida bo‘lmaydi va 
buning natijasida umumiy ko‘lam sinadi va so‘ngra alohida maydonchalar 
boshqalaridan o‘zib sustlashgan kuchlanishli maydonga o‘tib to‘htaydi. Yoriqlar bir 
xilda kattalashmaydi, har bir ko‘lamda kuchlanish to‘lqinini chaqiradi va atrofdagi 
maydondagi kuchlanish holatini o‘zgartirib yoriqlar yo‘nalishini ham o‘zgartiradi. 
Uning yuzalarida uzun bo‘ylama chiziqlar paydo bo‘ladi. 
Roberts, Uells va Benyavskiy ma’lumotlari bo‘yicha (kon jinslarining 
mustahkamligi va deformatsiyalanishi 1979), yoriqlarning yorilish tezligining 
maksimal o‘sishi 38 % ga (ko‘ndalang to‘lqin tarqalish tezligidan) teng. 
Uch o‘qli siqish (har tomonlama) maydonidagi nuqsonning o‘sishi o‘sib 
borayotgan yoriqlar oxiridagi cho‘zish kuchlarini yo‘qolishiga olib keladi. Bunday 
holda makroskopik yoriq bir qancha o‘sib borgan mikronuqsonlarning qo‘shilishi 


60 
natijasida shakllanadi va mayda pog‘ona yuzali qo‘zg‘alish ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib A.A.Griffits bo‘yicha cho‘zilish kuchlanishi buzilishga olib keladi va 
siqilishda muhitdagi buzilish birinchi zarur bo‘lgan (tarang bo‘lmagan) deformatsiya 
paydo bo‘lganida vujudga keladi.
Ko‘rilgan buzilish mexanizmi – mo‘rt zarralar bo‘linishi bilan bog‘liqdir. 
Kristall panjaradagi zarralar plastik buzilishda biri ikkinchisiga sirg‘aladi, shuning 
uchun deformatsiyalangan jinsning buzilishigacha o‘tishi ko‘p ham tashqi kuchlar 
talab qilmaydi. Tabiiy jinslar buzilishi jarayonida buzilishni mo‘rt va plastik tashkil 
qiluvchilar qatnashadilar. Oxirgi vaqtda qattiq jinsni kinetik buzilish nazariyasi (S.N. 
Jurkov) ishlab chiqilmoqda, (Rjevskiy, Novik, 1978) unda mustahkamlikka 
haroratning ta’siri va yuk ta’sir etish vaqtini hisobga olinadi (“Reologik xususiyatlar” 
bobi). 
Tog‘ jinslarining mustahkamlik chegarasi sodda kuchlanganlik holatida ham 
kengdiapazonda o‘lchanadi, chunki ular ko‘pgina omillarga tayanadi. 
Shuning uchun kuchlanishni aniq bilish qiyin va murakkab bo‘lib, undan ham 
qiyini kon jinslarini ikki va uch qo‘li kuchlanish holatidagi mustahkamlik chegarasini 
aniqlashdir. 
Foydali qazilmalarni konlardan qazib olishda kon jinsi murakkab kuchlangan 
holatda bo‘ladi, qazilma devorlarida - ikki o‘qli (yuqoridan va yon devorlaridan) 
massivda esa uch o‘qlidir. 
Tadqiqotlar ko‘rsatmasi bo‘yicha ikki o‘qli kuchlangan holatdagi kon 
jinslarining mustahkamlik chegarasi bir o‘qliga nisbatan ikki barobar yuqori bo‘lib, 
har tomonlama siqishda yanada ortadi, shu bilan birga jins plastikligi ham ortadi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling