Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Kоn jinslаrining mustаhkаmlik хususiyatlаrigа tа’sir qiluvchi оmillаr


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Kоn jinslаrining mustаhkаmlik хususiyatlаrigа tа’sir qiluvchi оmillаr.
Kon jinslari mustahkamligi bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, kon jinslarining 
strukturaviy mohiyati va nomukammal tuzilishiga bog‘liqdir. Petrografik tarkibining 
bir jinsliemasligi, jinsda yotuvchi mineral kattaligi va shakli, mineral donachalar 
semonlashgan qandaydir modda bilan bog‘langan yoki kavsharlangan, jins kristall 
yoki amorf minerallardan shakllangan, tektonik yoki ekspluatatsiya natijasida kelib 
chiqqan ko‘rinar va ko‘rinmas yoriqlar g‘ovaksimonlik va uning shakllari, namligi, 


61 
nurash darajasi va boshqalar. Jins mustahkamligi yana tjriba o‘tkazish texnikasiga 
ham bog‘liqdir: namuna shakli va o‘lchami; uning yuzasini qayta ishlash tozaligi, 
o‘lchamlarning o‘zaro mutanosibligi; yuk qo‘yilish tezligi; namuna yon devorlarining 
bosuvchi press plitalari bilan tutashgandagi ishqalanishi; namunaga yukni uzatish 
usuli va ekssentrisitet; chegaraviy shartlarni kuchlangan holati va boshqalar. 
Yer yuzasiga chiqib qolgan kon jinslari yoki qazib olish orqali ochilayotgan 
chuqurliklar, ochiq kon ishlarida kamdan-kam boshlang‘ich holati va tabiiy fizik 
xossalarini yo‘qotadi. Bu yuzaki joyda yangi harorat ta’sirida namlik va fizik-
kimyoviy sharoitlarda ular turlicha o‘zgarishlariga – nurash (qancha u ko‘p bo‘lsa, 
shuncha buzilish darajasi yuqori bo‘ladi) ga uchraydi. Nurash ta’sirida: 1) tashqi 
ko‘rinish, rangdorligi, rangi, rang ketish, dog‘lar, tuz oqmalari va boshqalar; 2) fizik 
holati, chunki ichki kristall minerallar yoki zarralar o‘rtasidagi strukturali bog‘lam 
sustlashadi yoki yo‘q bo‘lib ketadi; 3) mineral va kimyoviy tarkibi; 4) xususiyatlar – 
nomdorlik, suv o‘tkazuvchanlik, suvlilik, zichligi, g‘ovaksimonligi, qattiqligi, 
bardoshliligi, mustahkamligi, ko‘tarish qobiliyatlari; 5) deformatsiyalanish, turli 
joydagilarning bir xilda emasligi. 
Jins moddiy tarkibi mineral tarkib bilan aniqlanadi, turli aralashmalar tarkibi va 
semonlashuv moddasi – bularga uning mustahkamligi, zichligi, deformatsiyalanishi, 
bardoshliligi va qattiqligi kiradi. Jins tashkil qiluvchi minerallardan kvarts eng yuqori 
mustahkamlikka egadir. Uning mustahkamlik chegarasi 5000 kg/sm
2
ni tаshkil etаdi, 
dаlа shpаti, pirоksеn, shоh аldаmchisi, оlivin vа bоshqа tеmir-mаgnеziаl minеrаllаr 
2000-5000 g/sm
2
ni, σ
siqil
kаltsit – 200 kg/sm
2
аtrоfidа bo‘ladi. Shuning uchun 
kvаrtsli jinslаr yuqоri mustаhkаmlikkа egаdir. Аgаr kоn jinsi tаrkibigа 
mustаhkаmligi sust minеrаllаr (slyudа, kаltsit) kirsа, undа uning mustаhkаmlik 
chеgаrаsi sustlаshаdi. Ko‘mir mustahkamligi uning metamorfizm darajasiga ko‘ra 10 
(kоkоs)dаn 350 kg/sm
2
(antratsit) gacha o‘zgaradi. Mustahkamlik kon jinsining 
struktura va teksturasiga ko‘ra ancha sezilarli darajada o‘zgaradi. Porfirli struktura 
mustahkamlikni oshiradi, lekin qo‘shimchalar kam bo‘lsa, asosiy modda mayda 
kristalli va yassi, shishasimon moddalar uni susaytiradi. 


62 
Zarralar o‘lchami kattalashgan sari boshqa sharoitlarda uning mustahkamligi 
susayadi, chunki ilashish kuchi zarra va sement tutashish yuzasining o‘rtacha 
kattaligiga tengdir. Akademik P.A. Rebinder nazariyasiga binaon (Rjevskiy, Novik, 
1978) qattiq jins tashkil qiluvchi zarralar qancha mayda bo‘lsa, mikroyoriqlar va 
boshqa buzilishlar kam bo‘lib qattiq jins buzilish ehtimoli shuncha kamdir. Buzuvchi 
kuchlanish σ
buzuvchi
vа zаrrа o‘lchami o‘rtasidagi eng yaqin bog‘liqlik aniqlandi: 
σ
buzuvchi 
= σ
siqil.о
+ Kd


bundа σ
siqil.о
– konstanta bo‘lib, jins mustаhkаmligi d = ∞ bo‘lgandagi minimal 
chegarasi shartli qabul qilingan; K – empirik kоeffitsiеnt; d - zаrrаning o’rtаchа 
diаmеtri, mkm; δ - hаr bir jins uchun аniqlаngаn ko‘rsatgich, o‘rtacha hisobda 0,5 gа 
tеng. Bu formulaga ko‘ra zarralar o‘lchamining eng ahamiyatligi 100 mk dir. 
Mustahkamlik chegarasi kon jinsining zichlik xususiyatlariga ham bog‘liqdir. 
Hajmiy og‘irligi arzimas oshsa ham ularning mustahkamlik xususiyatlarini oshiradi. 
Sho‘rob ko‘mir konidagi aniq materialni ishlash natijasida jins hajmiy og‘irligiga 
ko‘ra bir o‘qli siqishdagi mustahkamlik chegarasini o‘zgarish grafigini olindi. Hajmiy 
og‘irligi 2 – 2,2 g/sm
3
dan boshlanib, mustahkamlik keskin oshib boradi xuddi 
shunday ko‘rsatkichlar Sharg‘un ko‘mir konidan ham olindi. 
σ
siqilgаn
= 171,4 γ – 121, kg/sm
2

Ilashish kuchi ham hajmiy og‘irlikka bog‘liqdir. Qalmaqir va Oltintopgan 
jinslari uchun (hajmiy og‘irligi 2 g/sm
3
dаn оshаdi) olingan bog‘liqliklar 
S = 92 γ
2
-27 γ – 244 kg/sm

Tajriba ko‘rsatkichlaridan karbonatlar g‘ovakligi 20-305gacha mustahkamlik 
chegarasi siqishda quyidagi g‘ovaksimonlikning kvadratik bo‘g‘lanishini ko‘rsatadi 
1) σ
siqilgаn
= 2770 (1-3,4ρ)
2

2) σ
siqilgаn
= 2770 (1-ρ
6
1
). 
Qo‘rg‘oshin konidagi rudali kon jinslari uchun quyidagi bog‘liqliklar. 
σ
siqilgаn
= 1115-29ρ , 
σ
siqilgаn
= 1145 - 123 ρ + 5,3 ρ
2
, kg/sm
2



63 
Mustahkamlikka ta’sir qilish darajasi bo‘yicha g‘ovaksimonlikdan so‘ng jins 
qatlamliligi turadi. Qatlam ko‘ndalang σ
cho‘zilgan 

tortishi bo‘yicha jins sust qatlam 
bo‘ylab buziladi. qatlam bo‘ylab cho‘zilishda σ
cho‘zilgan
// mustahkam qatlamlar 
yukning bir qismini o‘ziga oladi va jins umumiy qarshiligini oshiradi. Bundan kelib 
chiqib cho‘zilgandagi anizotropiya koeffitsiyenti: 
K
аn

1
//




Qatlamlikka ko‘ndalang siqishda mustahkamlik chegarasi bo‘ylamaga nisbatan 
ko‘pdir. Siqilish kuchlari qatlamga perpendikulyar yo‘naltirilgan bo‘lsa, yupqa 
qatlamlar boshqa qattiq qatlamlar orasida parchalanishdan saqlanadi va umuman 
namuna mustahkalik chegarasi yupqa qatlamlardan yuqoridir. Namunani qatlam 
bo‘ylab siqishda jins mustahkamligi asosan jins parchalanishi yuzaga keladigan 
yupqa qatlamlar mustahkamligiga nisbatan ko‘riladi. Shuning uchun anizatropiya 
koeffitsiyenti 
K
аn

1
//




σ
cho‘zilgan
// σ
cho‘zilgan 

dаn 50-70 % gа fаrqlаnаdi. 
Ko‘pgina jinslar anizatrop xususiyatlari bo‘yicha ikki yo‘nalishda 
xarakterlanadi, ammo teksturasi murakkab jinslar ham bo‘lib, anizatrop yo‘nalishlar 
uchtadan oshishi mumkin. 
Bunday jinslar anizatropiyasi geometrik murakkab ko‘rinishdagi shaklda 
ko‘rsatiladi. 
Jins anizatropiyasi kam o‘rganilgan bo‘lib, lekin bir qator masalalarni 
yechishda muhim ahamiyatga egadir. Tajriba uchun jins namunalarini tanlashda 
uning tomonlar bo‘yicha tabiiy yotishini yuzaki qatlamlanish, qavatliklar yo‘l-
yo‘lliklar va boshqalar nisbiyligini tahminiy faraz qilib olish kerak. Keltirilganlarga 
anizotropiya asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha oldindan ko‘z bilan kuzatib va jinsni 
petrografik tahlil qilib, kon jinsi xususiyatlarini o‘zgaruvchi yo‘li tanlanib va shunga 
mos ravishda tajriba uchun namunalarni tahmin qilinadi. Anizotrop jinslarni 


64 
aniqlashda ularning kerak bo‘ladigan namunalari soni anizotropiya asosiy 
yo‘nalishlari soniga proporsional ravishda ko‘paytirish kerak. Va mos holda 
namunalar tajriba uchun mo‘ljallanadi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling