Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Jinslarning mustahkamligi – massivga ta’sir qiluvchi har qanday turdagi 
buzuvchi kuchlarga nisbatan kon jinslarining kompleks qarshiligi ko‘rsatgichidir. 
Masalan, burg‘ilash, portlatish va kon bosimi ta’sirida buzilishga ko‘rsatadigan 
qarshiliklari. 
Mineral deb tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha elementlarning 
ma’lum fizik-ximik sharoitda hosil bo‘lgan birikmasiga aytiladi. 
Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar o‘ziga xos fizik-ximiyaviy 
xusuyeiyatga egadir. Tabiatda ma’lum bo‘lgan minerallar (3000 dan ortiq) 
ko‘pchiligi qattiq, ozgina qismi suyuq va gaz holda ham uchraydi. 
Shu minerallardan 100 tachasi tog‘ jinsini tashkil qiluvchi minerallar 
hisoblanib, ularning 60 tasi eng ko‘p tarqalgan. 
Tog‘-jinsini tashkil qiluvchi minerallar fizik xususiyatlari va ximiyaviy tarkibi 
bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Minerallarni tashqi tuzilishi—morfologiyasi 
ularning qanday moddalardan tuzilganligiga va u moddalarning molekula, atom va 
ionli ichki qurilishiga bog‘liqdir. Shularga qarab minerallar har xil geometrik 
shakllarda kristallanadi. Tabiatda ma’lum bo‘lgan minerallarni kristallanish xossalari 
bilan geologiya fanining kristallografiya sohasi shug‘ullanadi. Minerallarning 
kristallik xossasi ularni boshqa amorf (kristallanmaydigan) moddalardan ajratishda 
asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. Minerallarning ko‘pchiligi (qattiqlari) kristallangan 
holatda uchraydi. Juda oz qismi amorf holatda uchraydi. Masalan, krisgallangan 
minerallarga kub shaklda kristallanuvchi osh tuzi, flyuorit, olmos, magnetit va 


32 
boshqalar; amorf shakldagi minerallarga: fosforig, kaolinig va boshqalar misol bo‘la 
oladi. 
Kristallarning o‘ziga xos shaklida uning chegaralovchi yon qirralari, uchlari 
bo‘ladi. Shu belgilari bilan ham ularning biri ikkinchisidan farq qiladi. Bundan 
tashqari kristallarning biridan ikkinchisini ajratish uchun ularda tekislik (R), markaz 
(S) va yoqlari (L harfi bilan) ajratilgan. Kristallarda tekislik, markaz va o‘q 
simmetriya elementlari deb aytiladi. Simmetriya elementlari minerallar kristalida 
cheklangan bo‘ladi. Shular yordamida biri ikkinchisidan farq qiladi. Shu xususiyatiga 
qarab minerallar kristalida 32 xil simmetriya elementi bor. Bu 32 xil simmetriya 
elementini 7 sistemaga yoki singoniyaga biriktirilgan: 1. Triklin. 2. Monoklin. 3. 
Rombik. 4. Trigonal. 5. Tetragonal. 6. Geksagonal. 7. Kub. 
Minеrallarning eng muhim fizik 
M i n е r a l l a r n i n g f i z i k x o s s a s i .
xususiyaglariga quyidagilar kiradi: 
— minerallar rangi nihoyatda xilma-xil (yashil, sariq, qizil, qora, 
1 . R a n g i
pushti, tiniq va hokazo) bo‘ladi. Minerallar rangi goho ikki rang birikmasidan hosil 
bo‘ladi. Bunday minerallar och sariq, qoramtir, yashil, och yashil, to‘q qizil va h. k. 
deb ataladi. 
— minerallar kristalining plastinkachasidan nurni o‘tishiga 
2 . S h a f f o f
qarab tiniq, yarim tiniq, xira va tiniqmas xillarga bo‘linadi. Masalan, tog‘ xrustali, 
gips, osh tuzi, flyuorit— tiniq minerallarga; opal, kalsedon — yarim tiniq, dala shpati 
— xira; pirit, magnitit —tiniqmas mineral xiliga kiradi. (13-rasm) 
—minerallar yuzasiga tushgan nurni aks etishidan hosil 
3 . Y a l t i r o q l i k
bo‘ladi. Minerallarda shishasimon, metallsimon, sadapsimon va bo‘zsimon 
yaltiroqlik ko‘proq tarqalgan. 
(spaynosti). Mineral kristallarining yoni va qirralari 
4 . Q o v u s h o q l i g i
kuch bilan ta’sir etganda ajraladigan yuzasi uning qovushoqligi (spaynosti) deyiladi. 
Qovushoqlik minerallar kristalida bir necha xil: o‘ta mukammal, mukammal, 
nomukammal va o‘ta nomukammal bo‘ladi. Agar kristall ajralgan vaqtda silliq yuza 


33 
hosil qilsa o‘ta mukammal, agar noto‘g‘ri ajralsa g‘adir-budur yuza hosil qilsa 
nomukammal qovushoqlik deyiladi. 
13-rasm. Tog‘ xrustali. va gips 
— mineral kristallari sindirilganda ham har xil yuzalar hosil 
5 . S i n i s h
bo‘ladi. Bu yuzalar mineral kristalining qovushoqligi yo‘q xillarida hosil bo‘ladi. 
Sinish noto‘g‘ri, g‘adir-budur, chig‘anoqsimon, tolasimon va hokazo turlarda ro‘y 
beradi. 
Minerallar fizik xususiyatlarini aniqlashda ularni eng 
6 . Q a t t i q l i k .
muhim fizik belgilaridan biri qattiqligidir. Minerallarning qattiqligini aniqlash uchun 
10 mineral tanlab olingan bo‘lib, ularning eng yumshog‘i 1 deb, eng qattig‘i 10 deb 
olingan. Qattiqlik shkalasiga quyidagi minerallar kiradi (shkalani F. Moss tuzgan). 1. 
Talk —Mg
3
(OH
2
)

(Si
4

O
10
); 2. Gips — CaSO
4

2H
2
O; 3. Kalsit — SaSO
3
; 4. Flyuorit 
— SaF
2
; 5. Apatit — Sa
5
(F,Sl)•(RO
4
)
3
; 6. Ortoklaz (dala shpati) — KAl (Si
3
O
8
); 7. 
Kvars — SiO
2
, 8. Tonaz - Al
2
(F,OH)
2
(SiO
4
); 9. Korund — Al
2
O
3
; 10. Olmos — S. 
Minerallarning qattiqligini aniqlash uchun qattiqligi ma’lum bo‘lgan mineralni 
o‘tkir uchi bilan qattiqligi noma’lum bo‘lgan mineral yuzasiga chizib aniqlanadi. 
Agar shunday qilinganda qattiqligi ma’lum mineral noma’lum mineral yuzasini 
chizsa, chizilgan mineral undan 1 nomer kam qattiqlikka ega bo‘ladi. Masalan, kalsit 
(CaSO
3
) ni o‘tkir uchi bilan gips (CaSO
4
-2H
2
O) ni yuziga chizilsa, unda iz qoladi, 
dеmak, gipsning qattiqligi 2 ga tеng bo‘ladi. 
Minerallar solishtirma og‘irligini oddiy 
7 . S o l i s h t i r m a o g ‘ i r l i k .
dala sharoitida aniqlash qiyin, lekin ayrim minerallar uchun bu muhim belgi bo‘lib 


34 
hisoblanadi. Masalan: kalsitning solishtirma og‘irligi 2,7 bo‘lsa, baritniki 4,5, 
galinitniki esa (oltingugurtli qo‘rg‘oshin) 7,1 ga teng va h. k. Biroq ko‘pchilik tog‘ 
jinsini tashkil qiluvchi minerallarning solishtirma og‘irligi 2,5—3,5 gacha bo‘ladi. 
Solishtirma og‘irlik deb 1 sm
3
hajmdagi jismning og‘irligiga aytiladi. 
Minerallarning magnitlik xossasi ham muhim ahamiyatga egadir, masalan, 
magnetit minerali tashqi ko‘rinishi gematitga o‘xshasa-da, lekin kuchli magnitlik 
xossasiga ega. 
Tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi 
M i n е r a l l a r k l a s s i f i k a t s i y a s i .
hamma minerallar ximiyaviy xossasiga ko‘ra klassifikatsiya qilingan. Minerallar 
tarkibini tashkil qiluvchi elementlarning qurilishini (kristallanishini) rentgen nurlari 
yordamida aniqlash ham mumkin. Minerallar klassifikatsiyasi ko‘proq elementlarni 
birikish, reaksiyaga kirish va kristallanish xossalariga asoslangandir. Quyida 
minerallarning ximiyaviy klassifikatsiyasi qisqacha (eng muhimlari) berilgan: 
1. Sof elеmеntlar sinfiBir elеmеntdan tashkil topgan minеrallar kiradi. Oltin 
— Au, Platina — Pt, Olmos — S, Grafit — S, Oltingugurt — S. 
2. Sulfidlar sinfi. Elеmеntlarning oltingugurt bilan birikmasi sulfidlar dеb 
aytiladi. Sulfidlar sinfi barcha minеrallarning 10% ni, ya’ni 300 dan ortiqrog‘ini 
tashkil etadi. Bulardan eng muhimlari: galenit — PbS
2
, pirit — FeS
2
, sfalеrit — ZnS
2

kinovar (simob) HgS
2

3. Oksidlar va gidroksidlar sinfi. Bu elementlarning kislorod bilan 
birikmasidan iborat bo‘lib, yer po‘stidan muhim o‘rin egallagan. Masalan, faqat bir 
kvars (SiO
2
) minеrali yer po‘stini 12% ini tashkil etadi. Bu sinfga quyidagi minеrallar 
kiradi: kvars — SiO
2
; opal — SiO
2

H
2
O; korund — Al
2
O
3
; boksit — Al
2
O
3

2N
2
O; 
gеmatit — Fе
2
O; magnеtit — FеO


2
O
3
; limonit — 2Fе
2
O
3

pN
2
O; pirolyuzit — 
MnO
2
va boshqalar. 
4. Galogеn birikmalar. Bu sinfga mansub minеral galogеnid kislotalarning 
tuzlaridir: galit —NaCl, silvinit — KSl, flyuorit — SaF
2
va boshqalar. 
Bunga karbonatlar, 
K i s l o r o d l i
k i s l o t a l a r n i n g
t u z l a r i .
sulfatlar, fosfat kislota tuzlari kiradi. Shu gruppaga silikatlarni ham kiritsa bo‘ladi. 


35 
Karbonatlar gruppasiga kiruvchi minerallar yer po‘stining eng ustki qismida 
ko‘p tarqalgan: kalsit — CaSO
3
; dolomit — CaMg(CO
3
)
2
; sidеrit — FеSO
3
va h. k. 
kiradi. 
Sulfatlar gruppasi minеrallari: angidrid—CaSO
4
, barit — BaSO
4
, gips — 
CaSO
4

2H
2
O, mirabilit — Na
2
SO
4

10H
2
O dan iboratdir. 
Fosfatlar gruppasi minеrallari fosfor kislotasining (N
3
RO
4
) minеral tuzlaridir: 
apatit — 3Ca
3
(P
3
O
8
), (F,Cl)
2)
fosforit — — Sa
5
(FеCl)(RO
4
)
3
va boshqalar. 
Silikatlar sinfi minerallari kremniyli va alyuminiy - kremniyli kislotalarning 
tuzlari bo‘lib, tekshirishlar natijasida bu sinfni kenja gruppalarga bo‘lingan: 
orolsimon, zanjirsimon, lentasimon, varaqsimon va to‘qimasimon silikatlardir. 
Bulardan eng muhimlari: olivin, avgit, rogovaya obmanka, muskovit, biotit, talk, 
kaolinit, serpentin, xlorit, glaukonit, plagioklazlar, ortoklaz, mikroklin, leysit, nefelin 
va boshqalar tog‘ jinslarini tarkibini tashkil qiladi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling