Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

metomorfizm, dinamo metomorfizm va regional metomorfizm. 
Kontakt metomorfizm
bu magmaning Yer qa’riga singishi bilan bog‘liq bo‘lib, 
magma kesib o‘tgan joyda, cho‘kindi jinslarning yuqori temperatura, bosim, har xil 
gazlar va suv bug‘lari ta’sirida o‘zgarib yangi bir jinslarni hosil qilishidir. Masalan: 
ohaktoshning marmarga, gil tuproqning slanesga, kvarsli qo‘mning kvarsitga 
aylanishi.
Dinamo metomorfizm 
Yer qa’ridagi tektonik harakatlar natijasida ro‘y 
beradi, ya’ni: bu harakatlar natijasida katta bosim sodir bo‘lib, hosil qilingan bosim 
ta’sirida tog‘ jinslari buklanadiburmalanadi va darz ketadi.
Dinamo metomorfizmida jinslar qayta kristallanmaydi va kimyoviy reaksiyaga 
kirishmaydi. Milonit, brekchiyasimon kataklazit deb ataluvchi jinslar hosil bo‘ladi. 
Regional metomorfizmi
katta–katta maydonlarda ro‘y beradi va xilma–xil tog‘ 
jinslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda hamma metomorfizm omillari, ya’ni yuqori 
temperatura, bosim, hamda gazsimon va suyuq moddalar ishtirok etadi. Uning 
natijasida tog‘ jinslarining tarkibi va tuzilishi o‘zgarib boshqa jinslarni hosil qiladi. 
Masalan, granit–gneyga aylanadi.
Metomorfizm jarayoniga uchragan jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi, 
strukturasi butunlay o‘zgarib to‘la kristallangan jinslarga aylanadi. Mineral tarkibiga 
kirgan jinslarga o‘xshab, kristalli strukturaga, xilma–xil teksturali (slanessimon yo‘l–
yo‘l, tolali, yaxlit–massiv) bo‘ladi. Metomorfik jinslarning asosiy turlarini gneyeslar, 
slaneslar, kvarsitlar va marmar toshlar tashkil etadi. Ular nurashga chidamli bo‘lib, 
mustahkam jinslar hisoblanib, asosan tog‘ va tog‘ oldi xududlarini ishg‘ol etadi. 
Tog‘ jinslarining yoshi va geologik jadval.
Yer po‘stining rivojlanish tarixini o‘rganish, bu tog‘ jinslarining geologik 
yoshini aniqlashdan boshlanadi. Shuning uchun tog‘ jinslarining yoshini aniqlash 
ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Tog‘ jinslarining yoshini aniqlash


27 
ularning xossasi va xususiyatlarini to‘g‘ri baholashda juda ham muhim omillardan 
biri bo‘lib hisoblanadi. 
Tog‘ jinslarining yoshi ikki xilda aniqlanadi, ya’ni: absolyut va nisbiy yosh. 
Absolyut yosh tog‘ jinslarining paydo bo‘lish vaqtini ko‘rsatib, uning ma’lum 
geologik davrda paydo bo‘lganidan hozirgacha bo‘lgan davrni ko‘rsatib, million va 
ming yillar bilan o‘lchanadi. Shuningdek, absolyut yosh tog‘ jinslari tarkibidagi 
radioktiv elementlarining yemirilishi uchun ketgan vaqtni hisoblash yo‘li bilan 
aniqlanadi. 
Tog‘ jinslarining yoshi yer qatlamlarining qaysi biri oldin yoki keyin paydo 
bo‘lganini qiyosiy taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling