Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


I BO‘LIM. TOG‘ JINSLARI FIZIKASINING ASOSIY ATAMA VA


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

I BO‘LIM. TOG‘ JINSLARI FIZIKASINING ASOSIY ATAMA VA 
TARKIBI 
1.1-§. Mineral va tog‘ jinslarining tuzilishi hamda tarkibi. 
Mineral – tabiiy jins bo‘lib, kimyoviy tuzilishi va fizik xossalari taxminan bir 
xil bo‘lib, yer po‘stlog‘idagi fiziko – ximiyaviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. 
Yer po‘stlog‘ida keng tarqalgan minerallar: dala shpatlari – 60%, amfibol va 
piroksenlar – 17%, kvars – 12% va slyudalar – 3.8%ni tashkil qiladi.(1-rasm.) 
1-rasm. Yer po‘stlog‘ida keng tarqalgan minerallar 
Minerallar kristallari fazoviy panjara tashkil qiladi va ularning turlari 7 
turda bo‘lib, kristall o‘qlari a, b va с va ular orasidagi burchaklar 



va 

bog‘liq bo‘ladi. Turlari quyidagi shaklllarda bo‘ladi (2-rasm) 
1. Triklin. 
2. Monoklin. 
3. Rombik. 
4. Tetrogonal. 
5. Trigonal. 
6. Geksogonal. 
7. Kub. 


14 
2-rasm. Minerallar kristallarining turli fazoviy panjaralari sxemasi: 
a – triklin: b – monoklin; v – rombik; g – tetragonal; d – trigonal, 
 e – geksagonal; j – kubik. 
Minerallarning fizik xossalari uning ximiyaviy tarkibi va fazoviy panjaradagi 
zarrachalar orasidagi tortishish kuchlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Bir yoki bir necha minerallardan tarkib topgan mustaqil jinslar agregati tog‘ 
jinslari deyiladi. 
Tog‘ jinslarining xususiyatlari ularning mineral – tarkibi va makrotuzilishiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Alohida zarralarning bog‘lanishiga qarab quyidagi tog‘ jinslariga bo‘linadi: 
1. Yumshoq (alohida zarrali) jinslar – minerallarning mexanik aralashmalari 
(qum graviy, galegnik). 


15 
2. Bog‘langan (gillik) jinslar – zarrachalarning suvlik – kolland bog‘liqligi (gillar, 
suglinkalar, lyos, boksitlar va boshqalar). 
3. Qattiq (yarimqoyatosh va qoyatosh) jisnlar – minerallar zarralari orasida 
elastik bog‘liqlikka ega bo‘lgan mustahkam jinslar (qumtoshlar, granitlar, 
diabazlar, geynslar, va boshqalar). 
Tog‘ jinslari kelib chiqishiga qarab uch guruhga bo‘linadi: magmatik
cho‘kindi va metamorfik jinslar. 
Kon qazish ishlarida barcha tog‘ jinslari ishtirok etadi. Bularga tub jinslar (o‘z 
o‘rnida joylashgan), qoplama jinslar, nanoslar, maydalangan, qayta yotqizilgan yoki 
ko‘chirib o‘tkazilgan jinslar. Qazish zaboylarida tog‘ jinslarining tabiiy holatdagi 
xususiyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Boshqa ishlarda (yuklash, tashish, 
maydalash) tog‘ jinslarining maydalangan holatlari o‘rganiladi. 
Shuning uchun tog‘ jinslarini o‘rganishda quyidagi tushushchalar kiritilgan: 
tog‘ jinsi massivi, maydalangan tog‘ jinslari (tog‘ jinslari massasi) va tog‘ jinslarining 
alohida bo‘laklari (tog‘ jinsi namunasi). 
Tog‘ jinslari massivi (massiv) – ma’lum bir geologo – struktura shartida hosil 
bo‘lgan tog‘ jinslarining geologik majmuasi. Tabiiy sharoitda massivdagi tog‘ jinsi 
massivdagi tog‘ jinsi deyiladi. 
1-rasm. Tog‘ jinslari massivi 
Maydalangan tog‘ jinslari – tabiiy yoki sun’iy maydalangan tog‘ jinslari 
majmuasi bo‘lib, qazishga tayyorlashda ushbu holga keltiriladi yoki tabiiy holatda 
uchraydi. 


16 
2-rasm. Maydalangan tog‘ jinslari 
Qattiq jinslarning alohida bo‘laklari yoki maydalangan jinslarning kamroq 
miqdori namuna deyiladi. 
Foydali qazilmalarni qazib olishda alohida minerallar yoki tog‘ jinslari 
yoppasiga massivdan ajratib olinadi. Shuning uchun tog‘ jinslari fizikasi minerallar 
va barcha tog‘ jinslarining fizik xususiyatlarini o‘rganadi. 
Tog‘ jinslari murakkab agregat bo‘lib, ko‘p fazalidir (suv, neft, gaz va 
boshqalar). Shuning uchun tog‘ jinsi fizikasi qattiq jinslar fizikasi fanidan farq qiladi. 
Bizga ma’lumki yerning litosfera qobig’i har xil tog‘ jinslaridan iborat. Tog‘ 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling