Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ta nordon jinslar
- O‘ta asosli jinslar
jinslari deb yer po‘stida sodir bo‘ladigan geologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan
bir necha minerallar birikmasidan iborat bo‘lgan tabiiy birikmalarga aytiladi. Minerallar kimyoviy tarkibi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi, A.G. Betektin bo‘yicha: 1. O‘zidan paydo bo‘luvchi (оltin Аu, kumush Аg, оltingugurt S, surmа Sb, оlmоs S, plаtinа Rt, mis Su vа bоshqаlаr); 2. Sulfidlаr (оltingugurt S, хаlkоzin Su 2 S, sfаlеrit ZnS, kinоvаr Ng S, gаlеnit RbS, pirit Fе S 2 vа bоshqаlаr); 3. Оksidlаr (kislоrоd О, kuprid Su 2 О, kоrund Аl 2 О 3 , gеmаtit Fе 2 О 3 , kvаrts SiО 2 , rutil TiО 2 vа bоshqаlаr); 4. Silikаtlаr (оlivin (Mg Fе) 2 · [SiО 4 ], tаlk Mg 3 (ОN) 2 Si 4 О 10 ) kаоlinit Аl 4 (ОN) 8 [Si 4 О 10 ], оrtоklаz K [Аl Si О 8 ]; 5. Kislоrоdli kislоtа tuzlаri – fоsfаtlаr (аpаtit Sа 5 (RО 4 ) 3 (F,ОN,Sl), kаrbоnаtlаr (kаltsit SаSо 3 , sidеrit FеО 3 ), vоlfrаmiylаr (shееlit – SаWО 4 , flyuоrit SаF 2 ), sulfаtlаr (аngidrit Sа SО 4 ); 17 6. Gаlоid birikmаlаr (gips Sа SО 4 · 2N 2 О, хlоritlаr gаlit NаSl, silvin KSl, kаrnаlit K Sl Mg Sl 2 ·6N 2 О). Tog‘ jinslari bitta mineraldan tarkib topgan bo‘lsa monomineralli (gips, dolomit), agarda bir nechta mineraldan tarkib topgan bo‘lsa unga polimineralli (granit–kvars, dala shpati, slyuda minerallaridan tashkil topgan) tog‘ jinslari deb ataladi. Tog‘ jinslari birlamchi va ikkilamchi minerallardan tashkil topishi mumkin. Маgma–silikat tarkibli olovli massa bo‘lib, Yerning chuqur qobiqlarida paydo bo‘ladi, katta bosimli va temperaturali, gazsimon moddalarga to‘yingan “xamirsimon” moddadir. 3-rasm. Magma Yer po‘stining yoriq va darzlar orqali magma yuqorida joylashgan qatlam orasiga kirib qotishi yoki yer yuzasiga otilib chiqishi mumkin. Magma Yer yuzasiga otilib chiqmasa, u asta–sekin sovib yerning chuqur qismlarida qotadi. Bunday magma mahsulotlari intruziv jinslar deb ataladi. Magma yer yuzasiga otilib chiqib qotganda iffuziv jinslari hosil bo‘ladi. Magmatik jinslarning tarkibini asosan SiO 2 tashkil etgani uchun, uning miqdoriga asoslanib, magmatik jinslar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1).O‘ta nordon jinslar: SiO 2 uning miqdori 75% ko‘p (pegmatit); 2).Nordon jinslar: SiO 2 uning miqdori 75–45% (granit, granodiorit, liporit va hakazo). 3).O‘rta jinslar: SiO 2 uning miqdori 65–52% (siyenit, diorit, traxit va hokazo). 4).Аsosli jinslar: SiO 2 uning miqdori 52–40% (gabbro, bazal’t, diabaz va hokazo). 18 5).O‘ta asosli jinslar: SiO 2 uning miqdori 40% kam (peridodit, piroksinit va hokazo). Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling