Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

KIRISH 
 
Foydali qizilmalarni qazib olish va kon jinslarining fizik xususiyatlarini 
o‘rganish qadim zamonlardan mavjuddir. O‘sha vaqtning o‘zidayoq kremniy, tuz va 
mineral bo‘yoqlarni qazib chiqaradigan shaxtalar bor bo‘lgan. Asosan shaxtalar 
qadim rivojlangan mamlakatlar - Gretsiya, Hitoy, Misr va qadim Rimda bo‘lsa, 
qadimgi uyum qoldiqlarini esa Ural, Oltoy, Ukraina, Boltiq bo‘yi, Qozog‘iston va 
O‘rta Osiyoda topilgan. 1584 yilda Rossiyada Davlat buyrug‘i bilan tosh ishlari 
bo‘yicha birinchi tog‘-kon ta’limoti ochildi. 
M.M. Protodyakonov (kattasi) birinchilardan bo‘lib, kon bosimi haqidagi 
teoriyani ishlab chiqqan. Jins mustahkamlik xususiyatlarini boshlang‘ich sistematik 
o‘rganilishi uning nomi bilan bog‘liqdir. 1926 yilda u konchilik ishlarida va hozirda 
ham keng qo‘llaniladigan jinslar mustahkamligining klassifikatsiyasini yaratdi. 
Foydali qazilmalarni ishlab chiqarishda kon jinslarining mexanik xususiyatlaridan 
foydalanib ko‘pgina olimlar P.A. Rebikder, M.M. Protodyakonov (kichik), P.M. 
TSimbarevich, G.N. Kuznetsov, N.A. TSitovich, L.I. Baron, K.V. Ruppeneyt, L.A. 
Shreyner, N.G. Dombrovskiy, A.I.Beron, B.N. Kutuzov, V.V. Rjevskiy, I.A. 
Turganinov, G.Y. Novik, J.S. Yerjanov, I.V. Baklashov, V.S. Yamshikov, A.N. 
Xanukayev va boshqalar izlandilar. A.A. Petrovskiy, A.I. Zaborovskiy, A.G. Tarxov, 
V.N. Daxnov, M.P. Volarovich, E.I. Parxomenko, B.N. Dostovalov, A.S. Semenov, 
Y.I. Protasov, M.N. Tonkonogov va boshqalar tog‘ jinslarining elektrometriyasini 
o‘rgandilar, elektrik va issiqlik xususiyatlarini V.S Kravchenko, Y.D. Dyadkin, A.V. 
Brichkin, A.P. Dmitriyev va boshqalar. 1988 yilda akademiklar P.P. Lazarev va I.M. 
Gubkin Kurskdagi magnit anomaliyali bazada kon jinslarini keng ko‘lamda o‘rganish 
ishlarini boshladilar. P.M. Nikiforov va M.S. Molodenskiylar gravimetriyani, 
akademik V.I. Vernandskiy va A.I. Zaborovskiylar radiometriyani o‘rgandilar, 
jinslarning fizik xususiyatlari keng ko‘lamda V.N. Kobranova tomonidan o‘tkazildi. 
Hozirgi vaqtda kon jinslarining fizikasi hamma tog‘-kon geologik ilmiy-
tadqiqot institutlari, o‘quv dargohlarining amaliyot xonalarida va tabiiy sharoitlarda 
o‘rganilmoqda. Foydali qazilmalarni ishlab chiqarish oshgan sari kon jinslarida hosil 



bo‘layotgan fizik jarayonlarni o‘rganishga majburiyat o‘sib bormoqda. Bu faqatgina 
kon mutaxassislarining kon jinslarinin har bir sharoitlarda ularni boshqarish, fizik 
xossalarini yaxshi bilishi va oldindan baholay olishida amalga oshadi. 
O‘zbekiston anchagina foydali qazilmalarga boydir, bularga volfram, 
molibden, mis, rux, vismut, kadmiy, pirit, qalay, simob, surma, qo‘rg‘oshin, oltin, 
kumush, kamyob metallar, ko‘mir, neft, gaz, mineral suvlar, qurilish materiallari, 
kaolin, marmar, granit kiradi. 
O‘rta Osiyo regioni-baland tog‘li seysmoaktiv region bo‘lib, havosi keskin 
o‘zgaruvchandir va qishda -20
0
S, yozdа esа +42
0
S, kunduzi +40
0
S, kеchаsi +10
0

haroratli issiq iqlimi bilan ajralib turadi. Bu narsa albatta tog‘ jinslarining fizik 
xossalariga qat’iy ta’sir qiladi. 
Zamonaviy tog‘ sanoati – bu sanoatning eng rivojlangan tarmog‘i bo‘lib, xalq 
ho‘jaligini xom ashyo energetikasini yonilg‘i, qora va rangli metallarni - ruda, kimyo 
sanoatini - xom ashyo, qishloq ho‘jaligini - o‘g‘it va qurilish sanoatini - qurilish 
mollari bilan ta’minlaydi. Hamma jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashda 
mehnat unumdorligini muayyan ravishda o‘sishiga turtki bo‘lib, tog‘lik hosildorligiga 
asos bo‘lmoqda. Bu tog‘ jinslarini samarali ravishda buzishda, massivni 
mustahkamlashda, tog‘ jinslarida hosil bo‘ladigan jarayonni har tomonlama 
kuzatishni yaratishda, rudadan foydali komponentlar olishning yangi yo‘nalishlarini 
ishlab chiqishda amalga oshiradi. Tog‘ jinslari xususiyatlariga qarab uni ishlab 
chiqarishning texnikasi va texnologiyasi jarayonini aniqlash mumkin. Kon bosimi va 
uni boshqarish, kon qazilmalari va uning qoldiqlarini tuzilishini, karer devorlarining 
chidamliligini, ochiq va yer osti kon ishlarining texnika va texnologiyasini tanlash, 
suv oqimining kengligi, foydali qazilmalar sifati va boshqalarning tog‘ jinslarini 
fizik-mexanik xususiyatlari bilan bog‘liqligidir. XX asrning 60 yillarida asosiy 
konchilik fanining tarkibiga kirgan “tog‘ jinslari fizikasi” yana bir ajralgan mustaqil 
yo‘nalish bo‘ldi. Bu bilan tog‘ jinsini yangi geologik xamda fizik xususiyatlarini 
o‘rganish va kon qazilmasi borasida yondoshishga turtki bo‘ldi. Jinsning fizik 
xossasini o‘rganmay turib uni burg‘ilash, buzish, foydali qazilmaga birinchi ishlov 
berish va qazib olishning yangi usullarini qo‘llashni to‘xtatib turdi. Konchilik ishi 


10 
mutaxassisi har qandoy vaziyatda ham tog‘ jinslarini fizik xossalarini bilishi va uning 
o‘zgarish ehtimolini to‘g‘ri baholashi zarur. 
Tog‘ jinslari fizikasining asosiy vazifasi ularning o‘zaro o‘lchamlarini 
mujassam o‘rganib, mahsuldorligini muammolarsiz hal qilishdir. Kelajakda tog‘ 
jinslarini yanada yangicha texnologiyalar bilanolinib ish unumdorligini oshirish 
uchun uning fizik, kimyoviy va boshqa hususiyatlarini chuqur va har tomonlama 
o‘rganish zarur. To‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lmagan holda, ortiqcha harajatlar qilib 
uncha axamiyatga ega bo‘lmagan mahsuldorlik, moddiy tomonlama va vaqtning 
besamara sarfi zarariga uchrashi mumkin. Zamonaviy masshtab va usullarda birinchi 
holda har xil o‘lchamdagi tog‘ jinslarining mexanik va zichlilik xususiyatlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan bir muncha ma’lumotlarni aniqlash lozim.
Tabiiy va amaliy tekshiruv natijalariga ko‘ra ularning hususiyatlari ancha 
o‘zgaruvchan va turli murakkab, tasodifiy omillarga bog‘liqdir. Bu omillarni paydo 
bo‘lishi va ta’sir etishini bir vaqtning ichida hisobga olib bo‘lmaydi. Tog‘ jinslari 
fizikasida ehtimollar nazariyasi apparati va matematik statistikasi qo‘llaniladi. Bunda 
tajribali o‘rnatilgan qonuniyatlarini va makroskopik usul bilan qoldiqlarga 
bog‘liqlikning fizik xossalarini o‘rganiladi. Tog‘ jinslarining fizik xossalari asosan 
konchilik ishlarini olib borishda, qazib olish texnologiyasi va foydali qazilmalarni 
qayta ishlashni yengillashtiradi. Konchilik ishlab chiqarish sanoati bosqichlari 
ularning fizik xususiyatlarini (qidirish va foydali qazilma konlarini ishlab chiqish, 
ochish va qayta ishlash, kon mashinalarini konstruktorlash, elektrifikatsiya va ishlab 
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, portlatib-burg‘ilash ishlari) o‘rganish bilan 
bog‘liqdir. 
Tog‘ jinslarini ishlab chiqarish va qayta ishlash quyidagi jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi:
- yеmirilish (zаrrаchаlаr aro bog‘liqlikdagi kuchlаrning buzilishi); 

yuklаsh; 

trаnspоrtlаsh; 

yig‘ish va qayta ishlash (tuproq uyulmasi hosil bo‘lishi). 


11 
1) 
Kon jinslarini buzishning quyidagi hollari mavjud: qo‘l va mashina bilan, 
portlatish, gidravlik va ultratovushli. Bu ishda maxsus qattiq asbob – uskunalar, 
suyuqlik, gaz yoki ularning aralashmasidan foydalaniladi. Bu holatda yemirilishning 
samarasi mahsulot mustahkamligiga bog‘liqdir bo‘ladi. Bundan tashqari yemirilish: 
termik, elektrik, magnitli, elektrmagnitli va kimyoviy bo‘lishi mumkin. Bunda 
yemirishga qanday usul ta’sir etilgan bo‘lsa, olingan energiya orqali kon jinsining 
o‘zidan shuncha energiya ishlab chiqaradi. Bunda jinsning tarangligi, issiqligi, 
elektrikligi, magnitliligi va gidravlik xarakterlari muhim rol o‘ynaydi. Kon jinslarini 
buzilgandan keyin yuklash (qo‘lda, mashinada va gidravlik) ularning fizik 
xossalariga bog‘liqdir (solishtirma, hajmiy og‘irligi, mustahkamligi, yopishqoqligi, 
yumshoqligi, ishqalanish koeffitsiyenti va boshqalar). Ularni transportlashga fizik-
mexanik xususiyatlarining ham ta’siri kattadir (bo‘laksimonligi, qiyalikning tabiiy 
burchagi, uyma og‘irligi, yemirilishi va hakozolar). Tuproq uyulmasi va 
burmachanglik hosil bo‘lganda konveyyer yoki gidravlik transportdan foydalaniladi. 
To‘yintirish foydali qazilmalar va g‘ovak jinslarning solishtirma va hajm og‘irligiga 
ko‘ra asosanlanadi. Flotatsiya, magnit, elektr va boshqa ko‘rinishdagi ajratishlar kon 
jinsining hususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
2) 
Turli xil fizik maydonlar ta’siri ostida tog‘ jinslarining fizik xususiyatlari 
o‘zgarib turishi tabiiy holdir. Foydali qazilmalarni izlash va ishlab chiqarishdagi 
texnikaning rivojlanishida ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlari chuqur va birma-bir 
o‘rganiladi.
3) 
Tog‘ jinsi fizikasi va jarayonlari asosan quyidagi xususiyatlarni 
o‘rgatadi: 
4) 
Zichliligi (solishtirma, hajm og‘irligi, zichligi, g‘ovakligi va yumshoqligi); 
5) 
Mexanikasi (har xil mexanik kuch ta’sirida maydonlardagi tog‘ jinslarining 
roli). Bu xususiyatlar tog‘ jinslarining ma’lum bir kuchlanishda turlicha og‘irlikdagi 
xarakterlovchi guruhlarga bo‘linadi: a) deformatsiyali, tarang; b) reologik (vaqt 
ta’sirida jism xususiyatlarining o‘zgarishi); v) mustahkam (kon jinslarini buzishda 
keskin kuchlanish); g) akustik (tarang to‘lqin uzatilish shartlari); d) foydali 


12 
qazilmalar qazib olishda va to‘yintirishda turli xildagi mexanik buzilmalarda tog‘ 
jinslarining qarshiligi.
6) 
Gidro-gazodinamik – tog‘ jinslariga suv va gazning ta’siri. 
7) 
Issiqlik-tog‘ jinslariga issiqlik o‘tish shartlari va haroratli maydonda o‘zini 
tutishi. 
8) 
Elektr va elektromagnit xossalari – tog‘ jinslarining elektrlangan maydondagi 
o‘zaro ta’siri. 
9) 
Magnit xususiyati – magnitlangan maydonda tog‘ jinslarining o‘zini tutish 
shartlari. 
10) 
Radioaktiv xususiyati – o‘zida mavjud bo‘lgan radioaktiv yadrolar 
mujassamligi tufayli, radioaktiv maydonning jadalligini tavsiflash. Yutiluvchan usul 
– bunda tog‘ jinsining atrofdagi radioaktiv maydondan radioaktiv to‘lqin taralishini 
yutilishidir. 


13 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling