Qarshi muhandislik iqtisodiyot
Axborot tizimlaridagi boshqaruv tuzilmasining ahamiyati
Download 256 Kb.
|
1.2 logistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkillashtirish
- Tahlil (analiz)
- avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan
Axborot tizimlaridagi boshqaruv tuzilmasining ahamiyati.
Axborot tizimi jamiyat va har bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim: Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo‘llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan tijorat firmasida - foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak. Axborot tizimi inson tomonidan Boshqarilishi va ijtimoiy etika prinsiplari asosida foyda keltirishi kerak. To‘g‘ri, kafolatli va o‘z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga yetkazishi lozim. Axborot tizimini yaratish, tashkilotning Boshqaruv tuzilmasini tahlil qilishdan boshlanadi Boshqarish deganda quyidagi vazifalarni amalga oshirish funksiyasi bilan, qo‘yilgan maqsadga erishish tushuniladi: Tashkillashtirish - normativ hujjatlar kompleksi va tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish; shtat jadvali, bo‘limlar, laboratoriyalar va x.k. Hisobga olish - bu funksiya firma yoki tashkilot ko‘rsatkichlarining metod va formalarini ishlab chiqadi. Masalan; buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisobkitob, Boshqaruv hisoboti va boshkalar. Tahlil (analiz) - rejalashtirilgan vazifalarni qay darajada bajarilganligini aniqlaydi Tashkiliy tizim –boshqarish, shuningdеk, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag`batlantirish qoidalari mеzonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va tеxnik vositalarning ishlatilish tartibini bеlgilovchi qoidalar yig`indisidir. Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo`ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar tеxnik vositalarning o`ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv ob'еkti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish opеratsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, sеx, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob'еktining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog`idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo`ysindirilgan. Boshqaruv organi ob'еktni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo`lishi mumkin. Tashkiliy tizimlar bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o`ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elеmеnti murakkab, faol tizim bo`lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modеllarini tuzish juda murakkab, ba'zan esa iloji yo`q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi. Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o`ziga xosligi – ko`p maqsadli ishlash xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham uning kichik tizim va elеmеntlarini tashkil etuvchilariga ko`ra ko`plab miqdordagi tеxnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bilan bеlgilanadi. Samaradorlikni baholashning ko`pqirraligi ko`pgina o`zaro bog`liq jihatlar bo`yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib kеladi. Bunda tizimning boshqa elеmеntlari bilan moddiy va axborot jihatdan o`zaro ta'sirini tashkil etish talab etiladi. Uchinchi o`ziga xoslik – tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o`z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo`lishi, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki shart- sharoit hamda o`zgarishlar bilan bog`liq holda qondirish yo`llarini takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, ob'еktlar tarmoqlari doimiy o`zgaradi, uning elеmеntlari o`rtasida yangi aloqalar paydo bo`ladi. Shuningdеk, ham alohida ob'еkt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o`zgaradi. Axborot tizimlari axborot va axborot tеxnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo`ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi. Download 256 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling