Qarshi muhandislik-iqtisodiyot


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana25.08.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1670039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
b71bd6491cecacd332fdbb790f7eef1e Tabiiy gazni ajratishda i ssiqlik almashinuvi jihozlarining qo‘llanilishi va ularning ishonchliligini ta’minlash

TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 
1.1. Suyuq uglevodorodlarni tozalash
 
Suyultirilgan gazni keng fraksiyasini fraksiyalashning namunaviy qurilmasi 
ishlab chiqarish ko‘rsatgichi 500 ming.t/yil (SGFQ) yuqori quvvatli tozalash blokiga 
ega. Propan fraksiyasi (chiqishi 25,79% massasi bo‘yicha) monoetanolaminli tozalash 
va ishqorli eritma bilan chuqur tozalashga beriladi, n-butanli fraksiya (chiqishi 10,7% 
massasi bo‘yicha), butanli (chiqishi 27,51% massasi bo‘yicha), izopentanli (chiqishi 
8,48 % massasi bo‘yicha), pentanli (chiqishi 10,35% massasi bo‘yicha) va geksanli 
(chiqishi 11,94% massasi bo‘yicha) sxema bo‘yicha ishqorli eritma bilan ishlov 
beriladi. Texnologik sxema 1.1-rasmda keltirilgan.
1.1-rasm. Ishqorli eritmaning retsirkulyatsiyasi bilan suyuq uglevodorodlarni tozalash 
sxemasi: 
1-nasos; 2,4,6-ejektorli aralashtirgichlar; 3,5,7-tindirgichlar. 
Xomashyo markazdan qochma nasos yordamida injektorli aralashtirgichga (2) 
uzatiladi, u yerdagi tindirgichdan (5) ishqorli eritmaning qoldig‘i surib olinadi. 
Xomashyoning reagent bilan aralashmasi tindirgichga (3) kirib keladi. Qisman 
tozalangan mahsulot tindirgichning yuqori qismidan (3) aralashtirgichga (4) 
yo‘naltiriladi, u yerda toza (yangi) va ishqorli eritmaning retsirkulyatsiyasi bilan 
aralashtiriladi, qoldiq ishlangan ishqorli eritma tindirgichning pastki qismidan (3) 
sanoat oqovasiga olib chiqiladi. Tozalangan xomashyo tindirgichda (5) reagentdan 
ajratiladi. Tindirilgan ishqorli eritma retsirkulyatsiyaga boradi, mahsulot esa – 
aralashtirgichga (6) kimyoviy tozalangan suvga yuvishga beriladi. Tozalangan va 
yuvilgan mahsulot tindirgichning yuqori qismidan (7) rezervuarga yo‘naltiriladi, suv 



tindirgichning pastki qismidan-oqovaga beriladi. Ishqorli eritmaning yangi 
konsentratsiyasi 10-15% chegarasida bo‘ladi.Gaz fraksiyasiyalash qurilmasini 
agregati (GFQA) moyli gazlarni va nobarqaror benzinni katalitik kreking qurilmasida 
qayta qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Uni loyihaviy ishlab chiqarish ko‘rsatgichi 
417 ming.t/yil: 38,4% (massasi bo‘yicha) gaz va 61,6% (massasi bo‘yicha) barqaror 
benzin. Loyiha bo‘yicha monoetanolaminli va barqaror benzinni ishqorli 
tozalangandan keyin bosh fraksiya chuqur ishqorli (propan-butanli) tozalash ko‘rib 
chiqilgan. Benzinni ishqorli tozalash yuqorida keltirilgan sxemasidan farqi 2-
aralashtirgich-tindirgich birga juftlikda olib boriladi xuddi 1.2-rasmdagi kabi. 
Barqaror benzin markazdan qochma nasos yordamida aralashtirgichga (2) 
uzatiladi, u yerda yangi 12% -li ishqorli eritma va tindirgichda (3) tindirilgan 
retsirkulyatsiya ishqorli eritmasi bilan aralashtiriladi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling