Qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan tadqiqotlar tahlili mundarij a kirish


"Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi tashkil etish bo’yicha vaziralar mahkamasining qarori va boshqa normativ hujjatlar


Download 83.61 Kb.
bet3/7
Sana19.09.2023
Hajmi83.61 Kb.
#1681472
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

1.2. "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi tashkil etish bo’yicha vaziralar mahkamasining qarori va boshqa normativ hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida” 2001-yil 1-maydagi PF-2837-son Farmoniga muvofiq, mustabid tuzum yillarida qatag‘on etilgan fidoiy vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, “Shaxidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasining Fanlar akademiyasi tarkibida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qatag‘onchilik siyosatining paydo bo‘lishi sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish;
mamlakatimiz fuqarolarini va ayniqsa yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoiy ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash;
qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish va targ‘ib etish;
qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ilmiy-ijodiy merosini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish;
muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish.
3. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi xodimlarining cheklangan soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 12 nafar etib belgilansin. Tuzilma va shtatlar ro‘yxatini muzey direktori Fanlar akademiyasi Prezidenti bilan kelishgan holda tasdiqlashi belgilab qo‘yilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki hafta muddatda “Qatag‘on qurbonlari muzeyi” to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Toshkent shahar hokimligi muzey binosini mol-mulki va moddiy boyliklari bilan birga belgilangan tartibda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi balansiga o‘tkazsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilda muzeyni saqlash va uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun zarur mablag‘lar ajratsin va 2003-yildan boshlab belgilangan tartibda muzeyni saqlash xarajatlari hamda bitta yengil avtotransport sotib olish uchun tegishli mablag‘lar ajratildi.
“Qatag’on Qurbonlari xotirasi” muzeyi –O’zbekiston Fan tizimidagi ilmiy -ma'rifiy muassasa. O’zbekiston respublikasi prezidentiningt “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida” 2001 yil 1 maydagi farmoni asosida Toshkent shahrida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui 2002 yil 31 avgustda barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimyati davrida vatan ozodligi yilidagi faoliyati hamda xatti-harakati uchun qatag’on etilgan vatandoshlar xotirasini adabiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiy-tematik ekspozitsiyasi kuydagi 7 bo’limdan iborot, 19 asrning qrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qo’zg’olonlari, Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20 yillardagi qatag’on, “Quloqlashtirish” kompaniyasi 30 yillarda, 30 yillardagi qatag’on, 40-50 yillardagi qatag’on, 80 yillardagi qatag’on. Mustaqil O’zbekistonda qatag’on qurbonlari xotirasining e'zozlanishi.
Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatag’onchilik siyosatining paydo bo’lish sabablari va oqibatlarini tadqiq e’tish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqorolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashishgan fidoiy ota- bobolarimizning xotirasiga hurmat ruxida tarbiyalash, qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog’liq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish va targ’ib etish, qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini o’rganish, ilmiy-ijodiy merosini to’plash, nashirga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda horijdagi turli hujatlar va boshqalar. Eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitish borish. Muzey “Shahidlar xotirasi” hayriya jamg’armasi bilan hamkorlikda “Qishloq fojiasi” “Abdulla Qodiriy” (S. Mirvaliyev), “Cho’lpon” (N. Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuvning “Tanlangan asarlar” ini nashr etgan, O’zbekiston hujjatli va badiiy filmlar kino studiosi hamda “Ozbektelefilm” studiosi bilan hamkorlikda “Barhayot xotira” , “Armoniy yillar ko’zgusi”, “Fidoiy olim”, “Mirtemir” singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob me'moriy inshootlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan. Bino ananaviy me'morlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq) qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20x20 m.), balandligi 20m. Gumbazli (balandligi 6.2 m, diametri 5, 8 m., feruza rang gumbazi “Shahitlar xotirasi” yodgorlik majmuyidagi ayvon gumbazi bilan uyg’un), bino atrofi kengligi 4 m. Bo’lgan ochiq ayvon bilan o’ralgan, undagi 28 ta ustun va to’sinlar hamda to’rt tarafdagi kirish zinapoyalari binoga o’ziga hos salobat baҳsh etadi. Binoning pastki qismida texnik-muhandislik, ma'muriyat va boshqa shimcha xonalar joylashgan, ular ko’rgazma zali bilan maxsus yo’lak va zinapoyalar orqali uzviy bog’lanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yog’och (A. Abdullayev, S. Rahmatullayev, N. Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M. Murodov va boshqalar), naqqoshlik (A. Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M. Mamajonov, R. Muhammadjonov, M. Shedring, V. Gan va boshqalar), gumbazning ichki bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qo’llanilgan. Binoni barpo etishda Toshkent shahar me'morlik bosh boshqarmasi hamda “Usto” ijodiy uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan.
Ekspozitsiyani boyitishda Navoiy viloyatining “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasida 2 ta (2018 yil 17 aprel № 31, 4 may 37 son), Qiziltepa tumanining “Qiziltepa tongi”, Karmana tumanining “Karmana ovozi” (2018 yil 5 may № 14), Xatirchi tumanining “Xatirchi hayoti” (2018 yil 20 aprel № 16), Nurota tumanining “Nurnoma” (2018 yil 20 aprel № 11) gazetalarida turkum maqolalar e’lon qilingan.Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan NDPI tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” haqida 2018 yil aprel oyida “Qatag‘on” (13 daqiqa, 2 marta), “Moziy ko‘zgusi” (23 daqiqa, 2 marta), O‘zbekiston 24 kanalining “Zamin” ko‘rsatuvida 2018 yil 6 may (20 daqiqa) studiyalarida ko‘rsatuvlar olinib, televideniya orqali har biri ikki martadan namoyish etildi. O‘zbekiston radiosi orqali eshittirish berildi.“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 936 – son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirildi.



Download 83.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling