Qatlamga gaz haydash sharoitlari


Download 1.01 Mb.
Sana16.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1204077
Bog'liq
10 qatlamga gaz haydash

Qatlamga gaz haydash sharoitlari

  • Tayyorladi : Mamayusupov . Sh
  • Qabul qildi : Norqulov . Sh

Reja

  • Gaz haydash qanday sharoitlarda qo’llaniladi ?
  • Gaz haydashda uchraydigan muammolarni sanab o’ting?
  • Gaz haydash texnologiyasini tushuntirib bering?

Quduqqa suv haydash texnologiyasi

Quduqqa gaz haydash quyidagi sharoitda qo’llaniladi

  • Tarkibida chuchuk suv bilan namlanganda to’yinib qoladigan gillar miqdori ko’p bo’lgan maxsuldor qatlamga suv haydash bilan qatlam bosimini ushlab turish samarasiz hisoblanadi. Haydovchi quduq juda kichik qabul qiluvchanlikka ega bo’lib , bunday holatga suvga maxsus ishlov berish va haydash bosimini yuqori bo’lishini talab qiladi . Bunday holatda kollektor tog’ jinslari bilan ta’sirlashmaydigan quruq uglevodorod gazlarini haydash samarali hisoblanadi.

Gaz haydashda uchraydigan muammolar

  • Suv haydashda kerakli bosim haydovchi quduq ustidagi suv yoki quduq tanasidagi suv ustunining gidrostatik bosimi orqali hosil qilinadi . Gaz haydashda , gazning zichligi suvning zichligidan sezilarli past bo’lib , gaz ustunining gidrostatik bosimi kichik ( suvnikidan taxminan 7-15 marta kichik) bo’ladi . Shuning uchun kerak bo’lgan quduq tubi bosimini hosil qilishda quduq ustidagi bosimni ( haydash bosimini) ko’tarish orqali amalga oshiriladi va bu qatlamga gaz haydashda energiya sarfining ortib ketishiga sabab bo’ladi.
  • Gaz haydashda uning siquluvchanligi yuqori bo’lganligi sababli kerak bo’lgan gaz hajmini quduq tubi bosimigacha siqish zarur bo’lib , bu ko’p energiya sarflanishiga olib keladi . Suv haydashda uning ‘’ qattiqlik ‘’ xususiyatidan kelib chiqib , siqishga ketadigan energiya 0 ga teng bo’lib qoladi.
  • Gaz haydaganimizda gazning ma’lum bir qismi neft tarkibida erib , umumiy gaz haydash hajmini oshiradi .
  • Neft beraoluvchanlikni oshirish uchun neft uyumiga gaz haydash texnologik sxemasi uyumga suv bostirish prinsipiga o’xshash bo’ladi. Ishchi agent ( gaz , havo) injeksiya quduqlar orqali haydalib , qoldiq neftni oluvchi quduqlar tomon haydaydi .Uyumning barcha qismiga teng ta’sir qilishi uchun quduqlar uchburchak va to’rtburchak ko’rinishda maydon bo’ylab geometrik teng taqsimlangan to’rt ko’rinishida joylashtirish taqozo etiladi .

Qatlamga gaz haydash

Qatlamga gaz haydash

E’tiboringiz uchun tashakkur


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling