Qattiq parda
Download 26.97 Kb.
|
16-bilet
16- bilet 1. Bosh miya 3 parda bilan qoplangan. Bular - qattiq parda ( dura mater], o'rgimchak to'risimon (arachnoidea) va yumshoq parda ( pia mater). Qattiq parda paximeninks (pachimeninx) deyiladi. Yumshoq parda bilan o'rgimchak to'risimon parda birgalikda leptomeninks (leptomeninx) deb ataladi. Qattiq parda Qattiq parda (dura mater) fibroz to'qimadan iborat bo'lib, kalla suyagi (cranium) tagida joylashgan. lining ikkita, ya’ni ustki va pastki qatlamlari farqlanadi. Pardaning ustki qatlami kalla suyagiga va uning bo'rtiqlariga ichkaridan yopishib turadi. Kranial teshiklar devoriga ham yopishib turgan ustki qatlam undan chiqadigan nervlarni o'rab turadi va qin vazifasini o'taydi. Qattiq pardaning pastki qatlami esa araxnoidal parda tomonga qaragan. Qattiq parda va araxnoidal parda orasida subdural bo'shliq ( cavum subdurale) yotadi.Qattiq parda o'siqlari. Qattiq pardaning turli yoriqlarga tortilib kirgan qismiga qattiq parda o'siqchasi deyiladi. Bular: 1) katta miyaning o'roqsimon o'siqchasi (falx cerebri)] 2 ) miyachaning o'roqsimon o'siqchasi (falx cerebelli); 3) miyacha chodiri (tentorium cerebelli)-, 4) turk egari diafragmasi ( diaphragma sellae). 1. Falx cerebri - qattiq pardaning katta yarim sharlar orasiga tortilib kirgan qismi. 2. Faix cerebelli - qattiq pardaning miyacha yarimsharlari orasiga tortilib kirgan qismi. 3. Tentorium cerebelli - qattiq pardaning ensa bo'lagi bilan miyacha orasida tortilgan qismi. 4. D iaphragm a sellae - qattiq pardaning turk egari ustidan tortilgan qismi. Uning tagida gipofiz yotadi. O'rgim chak to'risimon parda O'rgimchak to'risimon parda (arachnoidea) qattiq va yumshoq pardalar orasida joylashgan. Nomidan ko'rinib turibdiki, uning tuzilishi o'rgim chak to'riga o'xshaydi. Yupqa biriktiruvchi to'qimadan iborat ushbu pardani araxnoidal parda deb ham atashadi. Araxnoidal parda usti bo'ylab o'tgan serebral venalar qattiq parda ichiga kirib ketadi va sinuslar bilan qo'shiladi. Biroq, araxnoidal pardaning o'zida qon tomirlar yo'q. Arachnoidea yumshoq pardaning tomirlari orqali diffuz yo'l bilan oziqlanadi.Araxnoidal pardadan qattiq parda tom on chiqqan ko'p bo'rtiqchalar bor. Bunga paxion (araxnoidal) granulyatsiyalar (granulation arachnoidales) deyiladi. Paxion granulyatsiyalar qattiq parda devorini surib sinuslar ichiga kiradi. Ular orqali subaraxnoidal bo'shliqdan likvor sinuslar ichiga sizib o'tib turadi. Araxanoidal parda yumshoq parda bilan biriktiruvchi to'qimadan iborat trabekulalar orqali bog'langan. Arachnoidea va pia mater katta yarim sharlarning konveksital yuzasida, ayniqsa, pushtalar ustida bir-biriga juda yaqin joylashadi va birlashib ketadi. Pia mater dan farqli o'laroq, arachnoidea katta yarimsharlar egatlari va pushtalari relefini takrorlamaydi. Ushbu ikkala parda orasida joylashgan bo'shliqqa subaraxnoidal bo'shliq ( cavum subarachnoidale) deyiladi. Unda likvor aylanadi. Yum shoq parda Yumshoq parda (pia mater) qon tomirlarga juda boy. Shu bois uni tomirli parda deb ham atashadi. Yumshoq parda yupqa bo'lib, katta yarim sharlarga tegib joylashgan. U m iyaning barcha egatlari va pushtalari relefini takrorlaydi.Yum shoq pardadan pastda bo'shliq yo'q. Yum shoq parda kapillyarlari po'stloq ichiga ham kirib uni qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Yumshoq parda nerv tolalariga ham boy. Ba’zi joylarda miyaning ichiga kirib borgan pia mater qorinchalarga o'tib, ularning qon tomirlardan iborat chigallarini (plexus choroideus) hosil qiladi. Pardalarn ing himoya funksiyasi Pardalar va ularning orasidagi bo'shliqlar bosh miya uchun juda katta himoya funksiyasini bajaradi. Ayniqsa, bosh miyani mexanik jarohatlardan asrashda bu pardalar o'ta muhim ahamiyatga ega. Masalan, boshga kelib urilgan zarba paytida venoz sinuslar va likvorga to'la sisternalar bufer rolini o'ynab miya to'qimasini lat eyishdan asrab qoladi.Shuningdek, infeksiya yoki jarohatlar sababli intrakranial bosim oshgan sayin sisternalar va subaraxnoidal bo'shliq kengayib miya to'qim asi ezilishiga yo‘1 qo'ym aydi. Rivojlanib boruvchi intrakranial gematomada ham sisternalar kengayib dislokatsion sindrom rivojlanishini to'xtatadi yoki kechiktiradi. 2. IX НЕРВ - n.glosso-pharyngeus, ТИЛ-ҲАЛҚУМ НЕРВИ X НЕРВ - n.vagus, САЙЁР (адашган) нерв Бу иккала нервни одатда биргаликда кўриб чиқилади чунки улар мия устунида умумий ядроларга эга, биргаликда ҳалқум, ютқун, юмшоқ танглай сезувчанлигини ва ҳаракатланишини таъминлайди. IX нерв тўртта ядрога эга: 1.Таъм билиш ядроси-nucl.solitaris (XIII ва X нервлар учун умумий); 2.Сўлак ажратувчи ядро-nucl.salivatorius interior; 3.Сезувчи ядроси-nucl.alae cinereae (X нерв билан умумий), 4.Ҳаракат ядроси-nucl.ambiquus-ютқун, ҳалқум, ҳалқум усти, юмшоқ танглай мушакларини нервлайди. IX ва X нервлар системасида иккита ганглия мавжуд: gangl.superior, gangl.interior. IX ва X нервлар тугунларида ютқин, ҳиқилдоқ, трахея ва тилдан келувчи сезги йўлларининг I нейрони жойлашади. IX- X нервлар функциясини аниқлаш овоз чиқиши, унинг жарангдорлиги, суюқликни юта олиши, юмшоқ танглай билан тилчанинг ҳаракатлари ва таъм билишни текширишдан бошланади. Зарарланиш симптомлари юмшоқ танглайнинг фалажи, uvulae нинг соғлом томонга оғиши, ютинишида қалқиб кетиш, манқаланиб гапириш . 3. Download 26.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling