Qayta o`zlashtirish


Iqtisodiyotni tartibga solishda soliq tizimini takomillashtirish


Download 22.88 Kb.
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi22.88 Kb.
#1835180
1   2   3   4
Bog'liq
iqt.dav.t.t.s 1

4. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliq tizimini takomillashtirish Mamlakatimiz mustaqilligi qo`lga kiritilgan dastlabki davrdan boshlab jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, ularning moliyaviy barqarorligini ta`minlash muhim ustuvor vazifalardan biri bo`lib kelmoqda.
Mamlakatimiz soliq tizimida jismoniy shaxslar daromadlarini yagona stavkada soliqqa tortish o`zining bir qancha afzalliklariga ega: - soliqni hisoblash tartibi imkon qadar osonlashadi; - jismoniy shaxslarning ko`proq daromad topishga bo`lgan moyilligi kuchayadi va real daromadlarini oshirishga bo`lgan intilishlari ortadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi tartibini takomillashtirish masalalaridan biri bo`lgan soliqqa tortilmaydigan miqdorning joriy etilishi aholidan olinadigan daromad soli`gi tartibini davr talabiga mos holda takomillashtirishga o`zining munosib hissasini qo`shadi. Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortishda, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda, jami yillik daromaddan ushbu daromadni olish bilan bo`gliq bo`lgan xarajatlarni, byudjetga to`langan boshqa soliq va to`lovlarni chiqarib tashlash lozim. Respublakimiz soliqqa tortish amaliyotida jismoniy shaxslarning ish haqi shaklidagi daromadlarini soliqqa tortishda uch bosqichli stavkalardan ikki bosqichlisiga o`tish va asta-sekin yagona stavka joriy etish lozim. Hozirgi paytda yagona stavka qo`llanilayotgan mamlakatlar amaliyotida bu mexanizm o`zining samarasini ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda mehnat sharoitlari o`ta zararli, o`ta o`gir, zararli va o`gir bo`lgan ishlab chiqarishlarda ishlovchi xodimlarning (ayollarning) daromadlariga soliq solishning amaldagi imtiyozli tartibi belgilangan. Ularning mehnatiga haq to`lash shaklidagi daromadlariga belgilangan soliq stavkalarini qaytadan ko`rib chiqish lozim. Bizningcha, o`gir va zararli, o`ta o`gir va o`ta zararli sharoitlarda ishlovchilar uchun imtiyozli soliq stavkasiga daromad soli`gining quyi stavkasi va o`rta stavkasi joriy etilishi maqsadga muvofiq. Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlaridan ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan xarajatlarni (masalan dori-darmon uchun, meditsina xarajatlari) chegirish va ularning yillik daromadlarini umumiy deklaratsiyalash tizimiga tezroq o`tkazish lozim.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gini takomillashtirishni iqtisodiy munosabatlar bilan o`zaro bo`gliq va uy`gunlikda takomillashtirish zarur. Chunki aholi bandligini ta`minlash va daromadlarini oshirish ularning farovonligini o`stirishning ishonchli yo`lidir. Shu bilan birga, soliqqa tortiladigan daromadlarning ortishi byudjet manfaatlariga ham to`liq mos keladi.
Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling