Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Murabbiyning
boshqaruv uslublari Avtokratik Liberal Demokratik 129 “erkatoylar” mavjud bo‘ladi va ular odatda o‘z o‘rtoqlari orasida har doim hurmat-e’tiborga sazavor bo‘la olmaydilar. Boshqa o‘quvchilari bilan avtokrat murabbiylar muomalada muayyan masofani saqlaydilar, o‘z o‘quvchilari bilan munosabatda ular samarali va bir maromdagi ohangni topa bilmaydilar. O‘quvchilari muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda kuchli asabiylashadilar, xatto so‘kish, haqorat so‘zlarni ham qo‘llay oladilar. Oqibatda sport jamoasida nosog‘lom psixologik muhit va mojaroli vaziyatlar yuzaga keladi. Liberal boshqaruv uslubi murabbiyning jamoa faoliyatiga juda kam aralashishi bilan izohlanadi. Bunday murabbiy odatda mashg‘ulotlar jarayonida mashqlar va qiyinchiliklarni tanlashda o‘z qo‘l ostidagilarga keng erkinlik beradi. Sportchilarga maksimal darajadagi mustaqillikni berib, aksariyat hollarda o‘zi ham “ularning izmida” bo‘ladi. Sportchilarning sportchi shaxsiy munosabatlarini yaxshi bilmaydi. O‘z qo‘l ostidagi еtakchi va muayyan obro‘ga ega sportchilarning fikr – mulohazalariga quloq soladi. Liberal murabbiyning sportchilar bilan muloqotida talab, maslahat, tavsiyalar deyarli bo‘lmaydi. Ularning o‘rnini iltimos va kelishuvlar egallaydi. Qo‘l ostidagilar tomonidan intizomni buzish, topshiriqlarni bajarmaslikka oid har qanday tushuntirishlarni u hech qanday tanqidiy baholarsiz qabul qilaveradi. Liberal murabbiyning sportchi shaxsiy fazilatlari: kirishimli, bosiq, birovni xafa qilmaydigan, xushmuomala, hayrixoh, muomalada juda sodda, talabchanlikdan holi, haddan ziyod bag‘rikeng. Demokratik boshqaruv uslubi aksincha, bo‘ysunuvchilarga mustaqillik erk berish tarafdori. Mashg‘ulotlarni tashkil etishda sportchilarning sportchi shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi. Bunda u bolalarni sportga moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoqlarcha, do‘stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash yoki ishdagi kamchilikka ko‘ra ishiga baho berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish holida ''aybdorga" еtkaziladi. Har bir mashg‘ulotlar jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham uning fazoviy-ijtimoiy holati ''jamoa ichida". Jamoada tanqid va o‘z-o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatidan hech kim aziyat chekmaydi. Psixologik olim Gibsh va Forverglarning tahlillariga ko‘ra, bunday boshqaruvni amalga oshirilishi jamoalarda ma’naviy-ruhiy muhit juda yaxshi, sportchilar jamoadan, mashg‘ulotdan qoniqish hosil qilganlar, 130 mashg‘ulotlardan zerikish hollari kam bo‘lishi, lekin sportchilardagi jismoniy rivojlanish darajasida sekin o‘zgarish holati ko‘zatilar ekan. Yuqorida jamoani boshqarishning bir-biridan keskin farq qiluvchi 3 ta uslubi keltirildi. Biroq, ulardan qaysi biri jamoani tarbiyalash, o‘qitish, uning sport natijalarini yuksaltirish va hokazolar borasida samaraliroq degan haqli savol tug‘iladi. Quyida biz ularning har biri haqida muayyan xulosalarni chiqaramiz. Albatta murabbiy muayyan sport turi talablariga javob beradigan o‘quvchilarni tanlab olishi lozim. U amalda murabbiyning barcha konsepsiyalari va fikrlarini, rejalari hamda orzu—umidlarini ro‘yobga chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, uning jamiyatda yanada yuqoriroq maqomga erishish borasidagi o‘z ehtiyojlarini qondirishiga yordam bera oladigan o‘quvchilarni tanlab oladi. Psixologlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportda endigina ilk qadamni tashlayotgan o‘spirin uchun, uning murabbiysi professional jihatdan qay darajada bilimdon ekanligini baholash juda mushkuldir. Bunday hollarda sportchi o‘z murabbiysiga birinchi navbatda sportchi shaxsi sifatida baho beradi, binobarin u quyidagilarni yaxshi tushunadi: uning murabbiysi mehribonmi yoki qattiqqo‘lmi, u bolalarni yaxshi ko‘radimi, u hazil qilishi mumkinmi yoki doimo jiddiymi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladimi va hokazolar. Keyinchalik sportchilarning o‘z murabbiylariga nisbatan munosabatlariga ularning ehtiyojlari, motivlari, yo‘nalishlari hamda mashg‘ulotlar jarayonida murabbiylar tomonidan shakllantiriladigan omillar tizimi ta’sir ko‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling