Qayumov karimjon


QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI


Download 13.36 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi13.36 Kb.
#1482117
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация1

QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI

  • Qonni kolloid-polimer eritma deb hisoblash mumkin. Unda erituvchi sifatida suv bo`lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulalai organik moddalar tashkil qiladi. Kolloid qismi esa oqsil va ularning kompleks birikmalaridan iborat. Qondagi kolloid eritma va shaklli elementlar muallaqligi ma‘lum darajada yopishqoqlikni hosil qiladi. Plazmaning yopishqoqligi 1,7-2,2, butun qonniki esa 5,0. Organizm ko‘p miqdorda suv yo‘qotsa (qattiq terlash yoki ich ketish natijasida), qonning yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buzilishi mumkin. Qonning solishtirma og‘irligi 1,060-1,064, plazmaniki esa 1,025-1,034. U juda kam o‘zgaradi.

QON PLAZMASI

  • Qonning shaklli elementlardan ajratilgan qismi plazma, deyiladi. Uning 90% suv, 7-8% oqsillar, 1,1% boshqa organic moddalar va 0,9% anorganik tuzlardan iborat. Tomirlarda harakat qiluvchi qon plazmasi tomirlar ichidagi suyuqlik hajmining doimiyligini ta‘minlaydi. Qonning kislota-ishqoriy muvozanati ham plazmaga bog`liq. Plazmadagi suv tomirlar ichidagi suv hajmini tashkil qiladi. Bu suv katta yuzaga ega bo`lgan kapillyarlar devori orqali doim to‘qima oralig‘idagi suv bilan almashinib turadi. Qon va to‘qima suyuqligi o‘rtasida elektrolitlar va kichik molekulali moddalarning uzluksiz almashinuvi ham kuzatiladi. Bu ikkila suyuqlik hajmlar (tomirlar ichi va to‘qimalararo) eritmalar tarkibi juda o‘xshash. Farq faqat yurik molekulali moddalar, asosan oqsillar miqdorida. Yirik molekulali oqsillar kapillyarlar devoridan to‘qima suyuqligiga o‘ta olmaydi.

PLAZMA OQSILLARI VA ULARNING AHAMIYATI

  • Qon plazmasi oqsillarini elektr maydonida harakatlantirish tezligi va boshqa xususiyatlariga qarab bir nechta fraksiyaga ajratish mumkin. Bulardan asosiylari albuminlar (4%), globulinlar (2,8%) va fibrinogendir (0,4%). Bu oqsillarning molekulyar massasi 44000 dan 1300000 gacha bo`lib, molekulalarining diametri 1-100 nm. Albuminlar va fibrinogen jigarda, globulinlar esa jigar, ko‘mik, taloq, limfa tugunlarida hosil bo`ladi.

Download 13.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling