Qayumov karimjon


QON HOSIL BO`LISHI (GEMOPOEZ) VA UNING BOSHQARILISHI


Download 13.36 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi13.36 Kb.
#1482117
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация1

QON HOSIL BO`LISHI (GEMOPOEZ) VA UNING BOSHQARILISHI

  • Maxsus hujayralarning qiyoslanish jarayonida qon hujayralarining yetuk shakllari hosil bo`ladi va u gemopoez deb ataladi. Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga ko‘ra, qon shaklli elementlarining hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi. Ustun polipotent hujayralarning o‘z-o‘zini saqlab qolish qobiliyati juda yuqori. Har bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bo`linishi mumkin.

LIMFA

  • Limfa – ichki muhit suyuqliklaridan biri. U qondan kelib chiqadi va maxsus limfa tomirlarida oqadi. Suv va ba‘zi moddalar qon kapillyarlaridan hujayralar oralig‘iga o‘tadi, ko‘p qismi yana qonga qaytadi. Filtrlangan suv va unda erigan moddalarning bir qismi limfa kapillyarlariga yig‘iladi. Limfa kapillyarlari birlashib, limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari birlashib, oxirida ikkita yirik limfa tomir – ko‘krak va bo‘yin limfa tomirlari vujudga keladi. Ular orqali tanadan yig‘ilgan limfa venalarga tushadi. Limfa tomirlarida suyuqlik bir tomonga – to‘qimalardan qonga harakat qiladi. To‘qimalrdan oqib ketuvchi limfa biologik filtrlar vazifasini bajaruvchi limfa tugunlaridan o‘tadi. Tugunlar tasodifan limfaga tushgan bakteriyalar va yot zarrachalarni tutib qoladi

HUJAYRALAR ORALIG’I SUYUQLIGI

  • Gavda massasining 16% ini hujayralar oralig‘idagi suyuqlik tashkil qiladi. Tarkibi qon plazmasi tarkibiga yaqin. Bulardagi natriy va kaliy kationlari, bikarbonatlar miqdorida deyarli farq yo‘q. Kalsiy, magniy va organik anionlar miqdori to‘qima suyuqligida plazmadagidan kamroq. Ko‘zga tashlanadigan farq to‘qima suyuqligida oqsillar kamligida. Plazmada oqsillarning umumiy miqdori o‘rtacha 7,5% bo`lsa, to‘qima suyuqligida – 1,8-2,0%. Shuning uchun bu suyuqlikning onkotik bosimi (s.u.4,5 mm) plazmaning onkotik bosimidan (s.u. 25 mm) bir necha marta past.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Download 13.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling