Qazib olish bо‘shlig‘ni tо‘ldirib qazib olish tizimlari


Tо‘lg‘azma materialini pnevmatik transport bilan tashish


Download 194.47 Kb.
bet4/5
Sana16.04.2023
Hajmi194.47 Kb.
#1358992
1   2   3   4   5
Bog'liq
15- Qazib olish bо (3)

Tо‘lg‘azma materialini pnevmatik transport bilan tashish

Tо‘lg‘azma materialini quvurlar bо‘ylab siqilgan xavo yordamida tashishda maxsus uskunalar qо‘llaniladi. Tо‘lg‘azma materiali maxsus uskuna quvurlaridagi siqilgan xavo bosimi ostida harakatlanadi.


Yuqoridagi maxsus uskunalar tо‘ldiruvchi mashinalari deb ataladi. Ular ikki turga bо‘linadi: kamerali, davriy xarakatlanuvchi; barabanli uzluksiz ishlovchi. Tо‘ldiruvchi mashinalar unumdorligi 5-8 m3/soatdan, 100-120 m3/soatgacha bо‘lishi mumkin.
Tо‘ldiruvchi mashinalar yer yuzasida va yer osti lahimlarida joylashtirilishi mumkin: yer yuzasida yoki bevosita uning yaqinida; qazib olish joyidan uzoq bо‘lmagan masofada, tayyorlovchi laximlarda, bevosita tо‘ldiriladigan bо‘shliqda.
Konchilik ishlarida PZM–1m rusumli, ikki kamerali pnevmatik tо‘ldiruvchi mashinasi va BPZM–2m rusumli, barabanli, pnevmatik tо‘ldiruvchi mashinalari qо‘llaniladi.
1 30-rasmda tо‘lg‘azma materialini 600 m masofaga tashish uchun mо‘ljallangan PZM–1m rusumli, ikki kamerali, pnevmatik, tо‘ldiruvchi mashina kо‘rsatilgan.


130-rasm. Ikki kamerali, pnevmatik, tо‘ldiruvchi mashina
Quyida PZM–1m rusumli tо‘ldiruvchi mashinaning texnik kо‘rsatkichlari keltirilgan.
Unumdorligi, m3/s...............................................................30–35
1m3 tо‘lg‘azma uchun siqilgan xavo sarfi, m3 ......................20–180
Tо‘lg‘azma quvurida siqilgan xavo bosimi, at...................2,2–3,5
Tо‘lg‘azma tashiydigan quvur, mm.........................................150
О‘lchamlari, mm
Uzunligi..............................................................................3580
Kengligi .........................................................................1300
Balandligi...........................................................................2200
Og‘irligi, kg .......................................................................3620

Mashinaga siqilgan xavo umumshaxta magistralidan uzatiladi.


Tо‘lg‘azma materiali (о‘lchami 60–80 mm bо‘lgan maydalangan tog‘ jinsi bо‘laklari) voronkalar hamda bir–biridan zich ajratilgan kameralar 2 va 3 orqali siqilgan xavo oqimi ta’siri doirasiga tushadi.
Navbati bilan ochiladigan zaslonka 4 va 5 orqali tо‘lg‘azma material avval kamera 2 ga, undan keyin kamera 3 ga tushadi. Kamera 3 asosida joylashgan vertikal tо‘siqlar bilan jixozlangan aylanama, taqsimlovchi disk 6 tо‘lg‘azma materialini siqilgan xavo ta’sirida chiqish darchasiga 7 uzatadi, undan keyin tо‘lg‘azma materiali yetkazib beruvchi quvurga 8 tushadi.
Mashina barcha qismlarining ishini 9–15 klapanlar avtomatlashtirilgan xolda boshqaradi. Bu klapanlar xavo taqsimlovchi quti 16 о‘qi, reduktor orqali dvigatel bilan xarakatga keltiriladi.
1 31-rasmda BPZM–2m rusumli, barabanli pnevmatik tо‘ldiruvchi mashina kо‘rsatilgan.
131-rasm. Barabanli pnevmatik tо‘ldiruvchi mashina
Bu mashina vertikal joylashgan, silindrsimon, sakkista ikki tomoni ochiq uyali barabandan 1 iborat. Bularning hammasi yopiq metall qoplama uchida joylashtirilgan. Tо‘lg‘azma materiali qabul qiluvchi voronka 2 orqali tо‘ldiriladi. Baraban aylanganda tо‘lg‘azma materiali xar bir uyaga ketma ket tо‘kiladi. Barabandagi uya siqilgan xavo trubkasi bilan tо‘g‘ri kelganda tо‘lg‘azma materiali ishchi quvur potrubkasiga 4 orqali siqilgan xavo bilan jо‘natiladi.
BPZM 2 m rusumli mashina texnik xarakterikasi.
Unumdorligi, m3/s...................................................................... 80 gacha
Ishchi quvur bosimi, atm ............................................................3,5
Baraban aylanma tezligi, ob/min................................................20
О‘lchamlari mm
uzunligi.......................................................................................2350
kengligi.......................................................................................1150
balandligi...................................................................................1320
Og‘irligi, kg................................................................................2450

Tо‘lg‘azma materialini pnevmatik transport bilan tashish afzalliklari: uskunaning yuqori unumdorligi, tо‘lg‘azma materialini tashish va joylashtirishning soddaligi, barpo etiladigan tо‘lg‘azma massivining yetarlicha zichligi.


Kamchiliklari: siqilgan xavo sarfining juda yuqoriligi, tо‘lg‘azma materiali sifatiga alohida talablar mavjudligi, quvurlar va uni jixozlaydigan armaturalarining tez yemirilishi, kuchli chang xosil bо‘lishi.



Download 194.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling