Qazib olish bо‘shlig‘ni tо‘ldirib qazib olish tizimlari
Download 194.47 Kb.
|
15- Qazib olish bо (3)
Qazib olish bо‘shlig‘ni tо‘ldirib qazib olish tizimlari Tо‘ldirib qazib olish tizimlarining о‘ziga xos asosiy xususiyati qazib olishda xosil bо‘lgan bо‘shliq qazib olish joyi siljishi sari tо‘lg‘azma materiali bilan tо‘ldirilib boriladi. Tо‘lg‘azma materiali qazib olish bо‘shlig‘ining yon tomonidagi tog‘ jinslarini ushlab turishi xamda ishchilar uchun qazib olish joyining asosi vazifasini bajaradi. Tirgak, ustun, mustaxkamlagich romlari esa yordamchi yoki vaqtincha vosita sifatida qazib olish joyida ruda va atrof tog‘ jinslarini ushlab turishi uchun qо‘llaniladi. Tо‘lg‘azma materiali bilan ruda massivi orasida balandligi 2 m atrofida bо‘lgan ishchi bо‘shliq qoldiriladi. Blokni qazib olish davri tо‘ldirish, rudani massivdan ajratish va ajratilgan rudani kameradan chiqarish jarayonlaridan iborat bо‘lib, ular domiy ravshda almashinib turadi. Bu jixati bilan tо‘ldirib qazib olish tizimlari ochiq bо‘shliqli qazib olish tizimlaridan ajralib turadi. Tо‘ldirib qazib olish tizimlari quyidagi kon-geologik sharoitlarda qо‘llaniladi. Turli qalinlikdagi ruda tanalarini qazib olishda. Eng maqbul qalinlik 0,7 m dan 4-5 m gacha bо‘ladi. Tabiiyki ruda tanasi kichik qalinlikda bо‘lsa tо‘lg‘azma materiallari xajmi katta bо‘lmaydi. Bu xajmni tо‘ldirish puch tog‘ jinslaridan о‘tilgan ochuvchi va tayyorlovchi laximlarini о‘tishda xosil bо‘ladigan tog‘ jinslari hisobiga, shuningdek yupqa tomirsimon ruda tanalarini qazib olishda qazib olish joyi kengligini taminlash uchun qazib olish bо‘shlig‘ining yon tomonidagi puch tog‘ jinslarini alohida qulatish hisobiga amalga oshiriladi. Tо‘ldirib qazib olish tizimlarining qо‘llanilishi bо‘yicha ruda tanasining puch tog‘ jinslari bilan tutashish gipsometriyasiga, uning yotish shakli va yotish elementlariga bо‘lgan talabi tizimning barcha variantlari uchun bir xil emas. Misol uchun, gorizontal qatlamlar bilan tо‘ldirib qazib olish tizimida ruda tanasi chegaralari tо‘g‘ri yoki о‘zgaruvchan bо‘lganda xam qо‘llash mumkin. Qiya qatlamlar bilan tо‘ldirib qazib olish tizimida esa ruda tanasining shakli va yotish elementlari keskin о‘zgaruvchan bо‘lganda qо‘llash mumkin emas. Ruda tanasi yetarlicha turg‘un bо‘lishi ya’ni qazib olish joyi shipi bо‘ylab rudani massivdan ajratish ishlarini mustaxkamlagichsiz olib borish. Xar-xil turg‘unlikdagi atrof tog‘ jinslari ochilgan yuzasi katta va qulashga moyil bо‘lganda. Asosan yotish burchagi 450 dan kam bо‘lmagan ruda tanalarini qazib olishda. Ruda tanalari yotiq bо‘lganda qazib olish bо‘shlig‘iga tо‘lg‘azma materiallarini joylashtirish qiyin bо‘ladi. Shuning uchun tо‘ldirib qazib olish tizimlari keskin qiya yotgan ruda tanalarini qazib olishda kо‘proq qо‘llaniladi. Ruda tarkibi bо‘yicha, bir xil, xar-xir navli va xatto puch tog‘ jinslari mavjud bо‘lganda. Bо‘shliqni tо‘ldirib qazib olish tizimi odatda qiymati yuqori bо‘lgan rudalarni tо‘liqroq (yо‘qotilishlarni juda kamayirib.) qazib olish uchun qо‘llaniladi, Yer yuzasi deformatsiyaga uchramaslik yoki atrof tog‘ jinslarini qulashdan saqlash uchun bо‘shliqni tо‘ldirib qazib olish tizimini qо‘llash talab etiladi. Yuqori tog‘ bosimi va yer osti kon ishlarining chuqurlashishi tizimning keng kо‘lamda qо‘llanilishga sabab bо‘ladi, ayrim xolatlarda yagona varianti sifatida qabul qilinadi. Tо‘lg‘azma matreallarini bо‘shliqga joylashtirish bо‘yicha tо‘ldirish ishlari quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: о‘zi oqib tushishi bilan; mexanik yо‘l bilan; pnevmavertikal (siqilgan xavo yordamida) va gidravlik (suv yordamida) tashish bilan. Bundan tashqari yuqoridagi usullarining bir nechtasini bir vaqtda qо‘llab tо‘ldirish ishlarini amalga oshirish mumkin. Download 194.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling