Qazib olish bо‘shlig‘ni tо‘ldirib qazib olish tizimlari


Tо‘lg‘azma materialini yetkazib beruvchi quvurlar


Download 194.47 Kb.
bet5/5
Sana16.04.2023
Hajmi194.47 Kb.
#1358992
1   2   3   4   5
Bog'liq
15- Qazib olish bо (3)

Tо‘lg‘azma materialini yetkazib beruvchi quvurlar

Magistral quvurlarining devor qalinligi 9–12 mm, uzunligi 5–6 m bо‘lgan pо‘lat quvurlardan yig‘iladi. Quvur diametri xisoblash ishlari orqali aniqlanadi. Odatda diametri 150–200 mm bо‘lgan quvurlar keng qо‘llaniladi. Tо‘lg‘azma materiali bо‘lagining eng katta о‘lchami quvur diametridan 2,5 marotaba kam bо‘lishi kerak. Quvurlarni bir–biri bilan ulash flans va rezina qistirmasi yordamida amalga oshiriladi. Magistral quvurlardan 15–20 ming m3 tо‘lg‘azma materiali о‘tkazilgandan keyin ular 1200 ga ag‘dariladi. Magistral quvurlar yemirilishini kamaytirish uchun eritilgan bazalt bilan qoplanadi. Yuqoridagi amallar magistral quvurlarining xizmat muddatini ikki baravar uzaytirishi mumkin.


Taqsimlovchi quvurlar, uzunligi 2–3 m, qalinligi 3 mm bо‘lgan quvurlardan yig‘iladi. Tо‘lg‘azma materiallarini qazib olingan bо‘shliqqa joylashtirish uchun quvur uchiga burma soplov о‘rnatiladi.
Magistral quvurlarning gorizontal-tо‘g‘richiziqli qismini material tashish yо‘nalishiga nisbatan sal qiya о‘rnatilishi talab etiladi. Notо‘g‘ri о‘rnatilgan magistral quvurlarida tiqilib qolish va gidravlik zarbalar paydo bо‘ladi. Quvurlar laxim asosiga joylashtirilishi yoki pо‘lat arqonlar bilan mustaxkamlagich romlariga osib qо‘yilishi mumkin. Vertikal laximlarda quvur mustaxkamlagichlarga xomut bilan mustaxkamlanadi va balandligi bо‘yicha xar 30–50m tayanch bashmaklarga о‘rnatiladi. Metall quvurlari о‘rniga plastmassadan yasalagan quvurlar xam о‘rnatilishi mumkin.


Tо‘lg‘azma massivini barpo etish texnologiyasi
Ruda konlarida tо‘lg‘azma materiallarini gidravlik transport bilan tо‘ldirib, gorizontal qatlar bilan qazib olish keng qо‘llaniladi.
Blokni qazib olish ishlari natijasida xosil bо‘lgan bо‘shliqni tо‘ldirish uchun tayyorlash ishlari tо‘lg‘azma massivini ushlab turuvchi tо‘siqlar barpo etishdan, suv va yupka loyli qatlam oqib ketishi uchun ariqchalarni qazishdan iborat.
Tо‘lg‘azma materiallari (odatda mayda bо‘laklar va sement qorishmasi) chiqib ketishini bartaraf qilish uchun tо‘ldirilayotgan birinchi qatlam tagida qoplama tо‘shaladi. Yuqorilovchi laxim va ruda tushirgich tashqi devor yoriqlari berkitiladi.
Tо‘lg‘azma materialini yetkazib beruvchi quvurlar butun blok uzunligi bо‘yicha о‘rnatiladi. Keyinchalik tо‘lg‘azma massivi barpo etilishi davomida qisqartirilib boriladi.
Qazib olish joyi tayyorlanganidan keyin tо‘lg‘azma massivini barpo etish uchun tо‘lg‘azma materialini qabul qilish jarayoni boshlanadi. Tо‘ldirish ishlarini boshlashdan oldin 3-4 daqiqa davomida ishchi quvur suv bilan yuviladi. Bundan keyin aralashtirigich uskunasiga tо‘lg‘azma materiali va suv yuboriladi. Xosil bо‘lgan gidroaralashma zatvor va nav orqali aralashtirgich voronkasi elagiga chiqariladi. Operator chiqarish jarayonida gidro aralashma zichligini rostlab, kerakli darajaga yetkazadi. Shuning bilan bir vaqtda operator elakda tо‘planib qolgan aralashmani, tog‘ jinsi ayrim katta bо‘laklarini elakdan olib tashlaydi.




132-rasm. Gidravlik qatlamlab tо‘ldirish sxemasi.
Tо‘lg‘azma materialining mayda zarralari suv bilan birga tо‘lg‘azma massividan sizib chiqib, tashish gorizontiga, u yerdan suv tindirgich orqali suvni chetlatuvchi ariqchaga tushadi. Suv chetlatuvchi ariqcha orqali shaxta suv yig‘gichga borib tushadi.
Qazib olish bо‘shlig‘ida tо‘lg‘azma qatlami balandligi bо‘yicha ruda tushirgich barpo etiladi. Ruda tushirgich ichkari va tashqari tomonidan taxtalar bilan qoplanadi. Bundan keyin tо‘lg‘azma massivi yuzasidan tо‘shama olainadi, quyqa quvurlari yotqiziladi va quyqa quvurlari orqali tо‘lg‘azma gidroaralashmasi qazib olish bо‘shlig‘iga joylashtiriladi. Tо‘lg‘azma materiali bilan qatlam tо‘lgan sari quvurlar qisqartirilib boriladi. Gidro tо‘lg‘azmalarning eng katta muammosi – bu suv bilan birga sizib chiqqan tog‘ jinsi mayda zarrachalarini tinitib suvni ajratish. Bunda sizib chiqqan suvlarni tinitish uchun suv tinitgich xajmi yetarlicha bо‘lishi kerak. Suv tinitgichda sizib chiqqan suv tezligi 2–4 mm/sek dan oshmasligi kerak. Bu xolatda kattaligi 0,2 mm bо‘lgan tog‘ jinsi zarrachalar chо‘kadi va bu zarrachalar nasos va quvurlarni eng kо‘p yemiradigan zarrachalar hisoblanadi. 0,2 mm bо‘lgan zarrachalarni tо‘liq chо‘ktirish imkonini beradigan suv tinitgichning о‘lchami xisoblash oqali aniqlanadi.
Gidrotо‘lg‘azma uskunalari unumdorligi 60–100 m3/soat gacha bо‘lishi mumkin.
Gidrotо‘lg‘azma afzalliklari: 1) tо‘lg‘azma massivi yuqori zichlikda bо‘lishi va massivda chо‘kish xolati paydo bо‘lmasligi; 2) tо‘ldirish jarayonining uzluksizligi, jadalligi va tо‘lg‘azma materialini gidrotransport bilan yer yuzasidan tо‘lg‘azma joylashtiriladigan qazib olish joyiigacha yetkazish imkoni; 3) jixozlarning soddaligi va ishlashining ishonchliligi.
Gidravlik tо‘lg‘azmaning kamchiliklari: 1) jixozlar uchun dastlabki xarajatlarning nisbatan yuqoriligi; 2) yer osti laximlarining ifloslanishi va suvlanishi; 3) yer yuzasiga katta xajmda suvni qaytarib chiqarish zarurligi.
Pnevmatik transport bilan tо‘lg‘azma massivini barpo etish ishlari qazib olingan bо‘shliqni tо‘ldirishga tayyorlashdan, tо‘lg‘azma materialini tо‘ldiriladigan uchastka chegarasida saqlab turish uchun tо‘siqlar о‘rnatishdan va tо‘lg‘azma materialni bо‘shliqga joylashtirishdan iborat bо‘ladi.
Tо‘lg‘azma materialini qazib olingan bо‘shliqga tushirish uchun quvurlar uchi va massiv orsidagi masofa 5 m ni tashkil etadi. Tо‘lg‘azma materiali joylashtirilishining sifat nazorati mashina tо‘xtagan vaqtda davriy ravishda amalga oshiriladi. Material uzatish yо‘nalishini о‘zgartirish quvur uchiga maxkamlangan otvodni burish bilan amalga oshiriladi.
Chang xosil bо‘lishini kamaytirish uchun tо‘lg‘azma materiali quvurdan chiqishi joyida namlantiriladi. Buning uchun tо‘ldiriladigan uchastka quvuri boshlanishida diametri 25–30 mm bо‘lgan kalta qiya joylashgan quvurcha payvandlanadi. Bu quvurchaga rezinadan qilingan shlang kiygiziladi va shalng orqali pnevmatik quvur ichiga suv yuboriladi. (60–70 l suv 1 m3 tо‘lg‘azma uchun)
Download 194.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling