Qazib olish bо‘shlig‘ni tо‘ldirib qazib olish tizimlari


Tо‘lg‘azma materiallari va ularni yer osti laximlariga yetkazish


Download 194.47 Kb.
bet2/5
Sana16.04.2023
Hajmi194.47 Kb.
#1358992
1   2   3   4   5
Bog'liq
15- Qazib olish bо (3)

Tо‘lg‘azma materiallari va ularni yer osti laximlariga yetkazish

Tо‘lg‘azma materiallari sifatida rudalarni saralashda, karyerlarni ochishda, yer osti laximlarini о‘tishda qazib olingan puch tog‘ jinslaridan bundan tashqari qum, boyitish fabrikasi chiqindilari, qozonxona va metallurgiya zavodlari shlaklardan foydalaniladi.


Tо‘ldirilgan massivning ishonchliligini ifodalaydigan asosiy xususiyati masivning zichligi va chо‘kishi bо‘lib, ular tо‘lg‘azma materialining granulometrik tarkibiga, qattiqligiga, material bо‘laklarining shakliga va mustaxkamligiga, xamda qazib olish ishlari natijasida xosil bо‘lgan bо‘shliqqa materialni joylashtirish usuliga bog‘liq. Tо‘lg‘azma materiali tarkibida kattaligi xar xil о‘lchamda bо‘lgan bо‘laklar borligi, tez xarakatlanuvchi material oqimi ta’sirida dinamik zarbalari paydo bо‘lishi kabi omillar tо‘lg‘azma massivining zichligini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari tо‘lg‘azma materiali tarkibida bog‘lovchi moddaning kerakli miqdorida bо‘lishi muxim axamiyatga ega.
Tо‘lg‘azma materiali yong‘inga nisbatan inert bо‘lishi va tarkibida oltin gugurt 8 % dan, yonuvchi slanets esa 20 % dan oshmasligi talab etiladi.
О‘zi oqib tushadigan tо‘lg‘azma materiallari uchun quruq maydalangan tog‘ jinslari, qumli graviy, boyitish fabrikasi chiqindisi va zarrachalangan shlaklar tavsiya etiladi. Tо‘lg‘azma materialiga qо‘shilgan tuproq miqdori 15–20 % oshmasligi kerak bо‘ladi.
Pnevmotik tо‘lg‘azma materiallari uchun ishqalanishda materialni kam yemiradigan maydalangan puch tog‘ jinslari tavsiya etiladi. Bunda ularining granulometrik tarkibi quyidagi о‘lchamlarda bо‘ladi: bо‘laklar о‘lchami 15 mm dan 40 mm gacha (juda kam xolatda 60–80mm gacha) bо‘lgani 75–80 % ni, 0,5 mm dan 15 mm gacha bо‘dgani 20–25 % ni tashkil etishi kerak. Material tarkibida mayda bо‘laklar va changning kо‘payishi siqilgan xavo sarfini keskin oshiradi. Tarkibida tuproqsimon qо‘shimchalar 10–15 % dan oshmasligi va bо‘laklar eng katta о‘lchami quvurlar diametrining ¼ qismiga teng bо‘lishi tavsiya etiladi.
Gidravlik tо‘lg‘azma materiallari uchun eng yaxshi material katta zarrali qum va loysimon (shlam) qismidan tozalangan boyitish fabrikasining chiqindilari xisoblanadi.
Tо‘lg‘azma materialiga bog‘liq xolda qattiq qismi va suv nisbati orasidagi munosabat quyidagicha bо‘ladi: qum uchun 1:0,75 dan 1:1 gacha; qumdan kattaroq material uchun 1:1,5 dan 1:2,5 gacha.
Tо‘ldirilgan massiv turg‘unligi tо‘lg‘azma materiali sifatiga va material tarkibida bog‘lovchi moddalarning mavjudligiga bog‘liq. Bog‘lovchi moddalarning biri tuproq (loy) xisoblanadi va u kam miqdorda qо‘shiladi.
Turg‘unligi yuqori tо‘lg‘azma materiallari – bu sement aralashgan qorishmalar, betonli tо‘lg‘azma materiallari va turli kо‘rinishdagi qotuvchi materiallar.
Shaxtaga tо‘lg‘azma materiallarini tushirish. Tо‘lg‘azma materialini joylashtiradigan bо‘shliqgacha yetkazishda mumkin qadar bir tashish vositasidan ikkinchisiga qayta yuklash kam miqdorda amalga oshirilishi kerak.
Odatda quruq tо‘lg‘azma materialini yer osti laximlariga tushirish uchun monolit beton bilan mustaxkamlangan maxsus tushirgich (ruda tushirgich bо‘lib faqat unda tо‘lg‘azma materiali tushiriladi) barpo etiladi. 150–200 m dan yuqori uzunlikdagi tushirgichlarda qayta yuklash vositalari barpo etiladi. Kam holatlarda tо‘lg‘azma materiallari shaxta stvoli orqali vagonetkalarda tushiriladi.
Katta chuqurlikga tо‘lg‘azma materiallarini tushirish quduqlar yordamida yoki stvollarda о‘rnatilgan quvurlar yordamida amalga oshiriladi. Quvurlar marganetsli pо‘latdan yasalgan bо‘lib, diametri 400–600 mm va devorining qalinligi 8–10 mm ni tashkil etadi. Quvur devorining har 1 mm qalinlgi 25 000 m3 gacha о‘rtacha mustaxkamlikdagi tog‘ jinsini о‘tkazish imkoniyatiga ega. О‘tkir burchakli tog‘ jinsi bо‘laklari quvurning tezda yemirilishiga olib keladi.
Tо‘lg‘azma materiallarini quvurlar orqali tushirishning afzalliklari: yuqori unumdorligi; ishlarning mehnat hajmi kamligi; mavjud stvollarda quvurlarni о‘rnatish mumkinligi.
Tо‘lg‘azma materiallarini quvurlar orqali tushirishning kamchiliklari: quvurlarning tezda yemirilishi va ularni almashtirish zaruryati; faqat mayda bо‘lakli materiallarni tushirish imkoni; quvurlarda tiqilish holatini bartaraf qilishning qiyinligi.
Tо‘lg‘azma materiallari gorizontal lahimlar bо‘ylab vagonetkada va konveyerda yoki gidravlik va pnevmatik quvurlarda tashiladi.

Download 194.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling