Qazib olish bо‘shlig‘ni tо‘ldirib qazib olish tizimlari


Tо‘lg‘azma materiallarini gidravlik transport bilan tashish


Download 194.47 Kb.
bet3/5
Sana16.04.2023
Hajmi194.47 Kb.
#1358992
1   2   3   4   5
Bog'liq
15- Qazib olish bо (3)

Tо‘lg‘azma materiallarini gidravlik transport bilan tashish
Aralashtirgich uskunasi yer yuzasi va yer osti lahimlarida joylashtiriladi. Bu uskunalardan qum va suv aralashmasi quvurlar orqali tо‘lg‘azma materiali bilan tо‘ldiriladigan bо‘shliqqa yuboriladi.
1 28-rasmda yer yuzasida о‘rnatilgan, maydalangan tо‘lg‘azma materialiga mо‘ljallangan, gidravlik aralashtirgich uskunasi kо‘rsatilgan.


128-rasm. Yer yuzasida о‘rnatilgan gidravlik aralashtirgich uskunasi.

Estakada 1 dan tayyor maydalangan tо‘lg‘azma material qiya, ochiq bunkerga 2 tushiriladi. Tо‘lg‘azma materiali nasoslar 4 bilan ulangan gidromonitor 3 bilan qabul qilish teshigi 7 orqali, teshiklari 100 mm li elakda 8 yuviladi va undan teshikli aylanma baraban elagiga 5 yuboriladi. Barabanda qolgan о‘lchami 40 mm dan katta bо‘lgan tog‘ jinslari bо‘laklari maydalash uchun maydalagichga borib tushadi. Suv oqimi bilan barcha mayda tog‘ jinslari voronka yordamida quvurlar orqali tо‘ldiriladigan bо‘shliqqa yuboriladi.


Qum tо‘lg‘azma materiallari uchun mо‘ljallangan aralashtirish uskunalari tuzulishi bо‘yicha juda sodda, ularda kо‘chma maydalash jixozlari, kо‘chma elaklar va nasoslar bо‘lmaydi. 192-rasmda yer osti aralashtirgich uskunasi keltirilgan.
Yer yuzidan maydalangan qoya tog‘ jinsi xajmi 250 m3 bо‘lgan temirbeton bunkerga tushiriladi. Bu bunker tagida zatvorli tо‘ynuk bо‘lib, zatvor tros va dastak bilan xarakatga keltiriladi.
J umrakni 9 ochganda quvur 2 orqali suv bunkerning pastki qismiga yuboriladi. Zatvor 3 biroz ochilganda tо‘lg‘azma quyqa nav 4 orqali aralashtirgich voronkasining elagiga 6 tushadi. Nav uzunligi 5-8 m, qiyalik burchagi esa 100–150 tashkil etadi. Voronka pastki qismi tо‘lg‘azmani tashish quvuri 10 uchiga ulanadi. Quyqa bunkerga tushadigan suv miqdori duchka bilan hosil qilinadigan chiqarish teshigi balandligiga va nav qiyalik burchagiga bog‘liq.


129-rasm. Yer ostida о‘rnatilgan gidravlik aralashtirgich uskunasi.

Ish jarayonida operator 11 maydonda turib jumrak 9 bilan suvni va dasta 8 bilan zatvorni rostlaydi va quyqa quyuqligi va suyuqligini kerakli darajasiga yetkazadi. Operator aralashtirgich voronkasi elagini xam nazorat qiladi. U elakdan о‘tmagan tog‘ jinslari katta bо‘laklarini olib tashlaydi va materialning tо‘planib qolishini bartaraf qiladi. Maydalangan tog‘ jinslari bilan ishlaganda elak katakchalar о‘lchami 90x90 mm, qumlar bilan ishlaganda esa 65x65 mm bо‘ladi. Tо‘lg‘azma quyqa zichligi doimiyligini va uning quyqa quvuriga bir maromda yuborilishini nazorat qilishni avtomatlashtirsa bо‘ladi.


Gidrotо‘lg‘azma uskunalari yuqori unumdorlikga erishish uchun quyidagi sharoitlarga amal qilish talab etiladi: quvurlarga tog‘ jinsi katta bо‘laklari va tо‘lg‘azma materialiga aloqasi yо‘q narsalar tushmasligi; aralashtirgich uskunasi uzunligi yetarli va uning qiyalik burchagi о‘zgartirish imkoni bо‘lishi; quvurlarga aralashma xosil qilish jarayonida xavo kirmasligi.
Gidroaralashma yer osti laximlari bо‘ylab diametri 75 mm dan 200 mm gacha bо‘lgan quvurlar orqali yetkaziladi. Bunda tо‘lg‘azma materiali aralashtirgich uskunasining satxi va tо‘ldiriladigan bо‘shliq satxi orasidagi vertikal balandligi xosil qilingan bosim ostida xarakat qiladi. Gidroaralashma quvurlardan otilib chiqib, tо‘ldiradigan bо‘shliq bо‘ylab yoyilib tarqaladi. Bu xolatda tо‘lg‘azma material oqimdan chо‘kib ajraladi va tо‘lg‘azma massivi xosil qiladi, suv esa quvurlar yoki ariqchalar bilan nasoslarga yо‘naltiriladi. Nasoslar suvni yer yuzasiga xaydaydi.



Download 194.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling