Qazilmalarni qazib olish haqida umumiy


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1703777
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MA'RUZA (3)



MA’RUZA № 1. KIRISH. O‘ZBEKISTONDA KONCHILIK 
SANOATINING O‘RNI VA AHAMIYATI.FOYDALI 
QAZILMALARNI QAZIB OLISH HAQIDA UMUMIY 
MA’LUMOTLAR. 
 
Darsning maqsadi – Respublikamizda konchilik sanoati va uning davlat 
strategiyasida tutgan oʻrni haqida tushunchaga ega boʻlish. 
Reja: 
1. Oʻzbekistonda konchilik sanoatining rivojlanish koʻrsatgichlari. 
2. Respublikamiz rivojlanishida konchilik sanoatining oʻrni va ahamiyati. 
3. Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о‘ziga xos 
xususiyatlari. 
4. Foydali qazilmalarning qazib olishning usullari. 
Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg‘i 
bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarining 
asosiy yoqilg‘i manbaidir. SHuningdek, konchilik sanoati qora va rangli 
metallurgiya, ximiya sanoati, o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo 
bazasi hisoblanadi. Xalq xo‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini 
mineral xom-ashyolar tashkil qiladi. 
Foydali qazilma boyliklariga xo‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar 
uchun qazib olinadigan xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so‘ng 
ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va 
sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o‘rin egallaydi. Uni 
xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab 
chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi jahonda konchilik sanoati yuqori rivojlangan 
mamlakatlar qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Hozirga qadar Oʻzbekistonda 
hammasi boʻlib 2800 yaqin istiqbolli turli foydali qazilma konlari aniqlangan. 
Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Muhim strategik 
manbalar — neft va gaz kondensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta kon, qimmatbaho 
metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boʻyicha 40, kon-
kimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta kon va boshqa qidirib topilgan va ishga 
tushirilgan. 
Oltin, uran, neft, fosforitlarning razvedka qilingan zahiralari boʻyicha 
Oʻzbekiston jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari 
boʻyicha 4-oʻrinda, mis zahiralari boʻyicha 10—11 oʻrinda, uran zahiralari 


boʻyicha 7—8 oʻrinda turadi (yana q. Gaz sanoati, Rangli metallurgiya, Koʻmir 
sanoati, Neft sanoati, Oltin sanoati, Temir ruda sanoati). 
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, 
hayot darajasi va sivilizatsiyaning о‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab 
chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib 
chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari 
qurish va turli vazifalarni bajarishga mо‘ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish 
kabi ishlarni о‘z ichiga oladi. 
“Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari” fani “Konchilik 
elektro mexanika” yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr tayyorlashda о‘qitiladigan 
fanlardan biri hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini yer osti, ochiq, geotexnologik 
va boshqa usullarda qazib chiqarish tamoyillarini о‘zlashtrish ushbu fanning 
vazifasi hisoblanadi. 
“Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari”ni gumanitar, 
ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumtexnika fanlari bо‘yicha bilimlar asosida 
о‘rganiladi. Ulardan eng asosiylari: geologiya, kon ishlari tarixi, chizma 
geometriya, ekologiya, hayot xavfsizligi va boshqalar. 
Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bо‘g‘in sifatida 
foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga 
oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi 
slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-
kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib 
beradi. 
Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida 
qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bо‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini 
tashkil qiladi. 
Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora 
metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom 
Ashe qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon 
massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. Qolgan 95-
97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi. 
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati 
hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. О‘zbekiston 
Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi 
о‘rinlarda turadi. 
Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari 
mavjud bо‘lib, ular yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda: 
- yoqilg‘i qazib chiqarish (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz
uran); 


- rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qо‘rg‘oshin, volfram va 
boshqalar); 
- kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit,fosforit va turli mineral 
tuzlar); 
- tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf, 
ohaktosh, shag‘al, qum, soz tuproq va boshqalar). 
Hozirgi vaqtda О‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli 
foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan kо‘prog‘i tо‘la razvedka 
qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan 
konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga tо‘g‘ri keladi. Bu 
konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik 
bо‘lib, kon massasi bо‘yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni 
tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda о‘rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega 
bо‘lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim о‘rin tutadi. 
Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, 
О‘zbekiston “Kо‘mir” aksionerlik jamiyati, shuningdek, kо‘plab neft va tabiiy 
gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bо‘la oladi. 
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, 
hayot darajasi va sivilizatsiyaning о‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab 
chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib 
chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari 
qurish va turli vazifalarni bajarishga mо‘ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish 
kabi ishlarni о‘z ichiga oladi. 
Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bо‘g‘in sifatida 
foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga 
oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi 
slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-
kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib 
beradi. 
Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida 
qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bо‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini 
tashkil qiladi. 
Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora 
metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom 
Ashe qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon 
massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. Qolgan 95-
97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi. 
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar: 


- foydali qazilma konlarini о‘zlashtirish atrof muhitga bevosita ta’sir 
kо‘rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bо‘ladi; 
- ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini 
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar 
qо‘yadi; 
- qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik 
sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik xodisalarning sodir 
bо‘lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini kо‘tarilishi 
kabi omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining 
murakkab va xavfli bо‘lishiga olib keladi. 
Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara beradigan, organik 
yoki anorganik kelib chiqishga ega bо‘lgan tabiiy minerallarni foydali qazilma 
deyiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni yer qobig‘idan chiqarib 
olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon 
kо‘rinishlarda uchraydi. 
Foydali qazilmalarning qazib olishning quyidagi usullari mavjud: yer osti, 
ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib 
olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi. 
Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish 
ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib 
olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi 
korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer 
(razrez) kabi korxonalar kiradi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling