Qazilmalarni qazib olish haqida umumiy


Qoyali va yarim qoyali, mustahkam, yumshoq va yemirilgan tog‘ jinslari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1703777
1   2   3   4
Bog'liq
1-MA'RUZA (3)

Qoyali va yarim qoyali, mustahkam, yumshoq va yemirilgan tog‘ jinslari. 
Ochiq usulda qazib olishda barcha tog‘ jinslarini umumiy holda quyidagi 
guruhlarga bо‘linadi: 
1. Qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari (ularning tabiiy holatida); 
2. Yemirilgan tog‘ jinslari (birinchi guruhdagi tog‘ jinslarining tabiiy yoki 
biror bir kuch ta’siri natijasida о‘zgargan holatda); 


3. Mustahkam, yumshoq (bog‘lanuvchan) va sochiluvchan tog‘ jinslari. 
Qoyali tog‘ jinslariga metamorfik tog‘ jinslari, shuningdek ba’zi chо‘kindi 
tog‘ jinslari kiradi. Ularga kvarsit, granit, bazalt, gabbro, mustahkam izvestnyak va 
boshqalar taalluqlidir. Qattiqlik koeffitsiyenti – f=5÷10 dan 15÷20 gacha. Qoyali 
tog‘ jinslari portlatish yuli bilan yumshatib qazib olinadi. 
Yarim qoyali tog‘ jinslariga metamorfik tog‘ jinslari, asosan tub chо‘kindi 
tog‘ jinslari kiradi. Ularga gil va qum gilli slanetslar, mergel (ohakgil), gips, tosh 
tuzi, toshkо‘mir va boshqalar misol bо‘la oladi. Qattiqlik koeffitsiyenti f=1,5÷5. 
Yarim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishda dastlabki yumshatish talab etiladi. Tog‘ 
jinslari geologiyasi va fizikasidan ma’lumki, massiv 3 tartibli yoriqlikka ega. 
Birinchi ikki tartibdagi yoriqlar massivni yirik elementlarga bо‘ladi. Uchinchi 
tartibdagi yoriqlar bо‘yicha massivda qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari besh 
kategoriyaga bо‘linadi. 
Massivning yoriqlar buyicha klassifikatsiyalanishi quyidagi jadvalda 
keltirilgan: 
Tog‘ jinslari-ning 
yoriqlilik 
kategoriyasi 
Massivning yoriqlilik (bloklilik) darajasi. 
Solishtirma 
yoriqlilik,m ¹ 

О‘ta yoriqlili (mayda blokli) 
>10 
II 
Kо‘p yoriqlili (о‘rta blokli) 
2-10 
III 
О‘rta yoriqlili (yirik blokli) 
1-2 
IV 
Mayda yoriqlili (juda yirik blokli) 
1-0,65 

Amalda monolit (о‘ta yirik blokli) 
< 0,65 
 
Mustahkam tog‘ jinslari qattik gil, bо‘r, toshkо‘mirlarni о‘z ichiga oladi. 
Qattiklik koeffitsiyenti f=0,8÷1,5.Ular massivda 10-20 m balandlikda qiyalikni 60-
70º burchakkacha saqlab turadi. Mustahkam tog‘ jinslari qazib olish uchun yetarli 
darajada kuch bо‘lganda (0,3-0,4 MPa dan kam bо‘lmaganda) dastlabki 
yumshatmasdan kon mashinalari yordamida qazib olish mumkin. Aks holda esa, 
qazib olishdan oldin yumshatish zarur bо‘ladi. 
Yumshoq tog‘ jinslari qumli gil, yumshoq kо‘mir va boshqalardan iboratdir. 
Qattiklik koeffitsiyenti f=0,6÷0,8. Bu turdagi tog‘ jinslarini oldindan 
yumshatmasdan barcha kо‘rinishdaga qazib olish mashinalari yordamida qazib 
olish oson. Ular 7-15 m balandlikda qiyalik burchagi 50-60º gacha saqlabtura 
oladi.
Sochiluvchan tog‘ jinslari ga bir jinsli qumlar taaluqlidir. Ularning 
sochilmalarda va massivdagi qiyalik burchagi ichki ishqalanish burchagidan 
(=19-37º) oshmasligi kerak. Qumlarda qazib olish ishlari bir muncha kam, ya’ni 
bir jinsli silliqlangan bо‘laklar orasidagi bog‘liqlik kuchi amalda mavjud emas. 


Faqatgina zich joylashgan turli jinsli qumlarda bо‘laklari orasidagi 0,3-0,5 kgk/sm² 
dan oshmagan bog‘lanish mavjud. Qumlarning siljishiga qarshiligi dinamik 
ta’sirdakeskin kamyadi. 
Portlash, mexanik buzish, maydalash yoki tabiat kuchlari (qulash, nurash va 
boshqalar) ta’siri natijasida qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari buzilgan xolatga 
о‘tadi va oddiy texnik vositalar bilan tashish va yuklash uchun qulay bо‘ladi.
Buzilgan tog‘ jinslari bо‘lagidagi bog‘liqlik darajasi, bо‘lakligi va 
mustahkamligi 
bо‘yicha 
tog‘ 
jinslarining 
maydalashgacha 
bо‘lgan 
mustahkamligidan farqqiladi. Tog‘ jinslari bog‘liqligi qо‘shilgan bо‘laklarni 
orasidagi aloqalar tavsifini oydinlashtiradi. Bog‘liqlik darajasi birinchi navbatda 
buzilgan jinslarni yumshanuvchanligiga hamda ishqalanish Ke (tabiiy bog‘lilik 
tavsifi), ilashish K
3
(mexanik buzish tavsifidagi bog‘liqlik) koeffitsiyentlari va 
jinslarning ichki ishqalanish burchagi p kattaliklari bilan kо‘rsatiladigan 
bо‘laklikka bog‘liq.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling