"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


III BOB. MULKDOR GAFUROVA GULNORA MANSUROVNAGA


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

III BOB. MULKDOR GAFUROVA GULNORA MANSUROVNAGA
TEGISHLI ZARGARLIK BUYUMLARINI GAROV QIYMATINI
ANIQLASH
3.1. Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni birlamchi
hujjat asosida qiymatini hisob-kitob qilish
Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni birlamchi hujjat
asosida qiymatini hisob-kitob qilishda ularning asosiy ko’rsatkichlari hisobga
olinishi lozim. Jumladan, zargarlik toshlarini baholashga ta’sir qiladigan asosiy
ko’rsatkichlar toshning rangi, toshning tozaligi, toshning qirralanishi va karat
shaklida ifodalangan massasi hisoblanadi. Bu borada ularni baholash tamoyili 4 ta
omilni o’zida mujassam etishi bilan ahamiyatlidir. Bu omillarning har biri “S”
kategoriyali baholash omillaridan birini bildiradi, ya’ni
Colour – toshning rangi – rangli zargarlik toshini baholashga ta’sir etadigan
asosiy omil;
Clarity – toshning tozaligi (toshning ichki tavsiflardan erkinlik darajasi);
Cut – toshning qirralanishi (shakli, qirralanish turi, proportsiyasi,
shuningdek, sifati (simmetriya, sayqallash va h.k.);
Carat weight – toshning karatdagi vazni (1 karat 0,2 grammga teng).
Amalda, olmos va rangli zargarlik toshlarini ekspert baholashga
yondashuvlar sezilarli bo’lmasa-da, farq qiladi. Olmoslarning baholashi, xuddi
rangli toshlarni baholash 4C (rang, tozalik, karatdagi og’irligi, qirralanish)
tamoyiliga asoslangan. Ushbu to’rt parametrning har biri olmosning narxiga ta’sir
ko’rsatadi, shuning uchun olmos qiymatini baholamasdan turib ekspertlar
baholashini amalga oshirish mumkin emas.
Zargarlik toshi yoki toshlar to’plami qiymatini baholash uchun quyidagi
hujjatlar zarur:
1. Buyurtmachi bilan baholovchi o’rtasida baholash ishlarini bajarish uchun
shartnoma. Shartnoma baholash obyektining aniq tavsifini o’z ichiga olishi kerak.
2. Agar mavjud bo’lsa, baholash obyektiga nisbatan huquqlar to’g’risidagi


45
hujjat.
3. Yuridik shaxsga tegishli obyektlarga nisbatan baholash Ob’ektining
balans qiymati to’g’risidagi ma’lumot.
4. Baholash obyektining sifat va son ko’rsatkichlarini belgilovchi ekspert
gemologik xulosa. Xulosa quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
- zargarlik toshining nomi;
- zargarlik toshining fotosurati;
- zargarlik toshining vazni;
- zargarlik toshining ko’rsatkichlari – o’lchami, ishlov berish shakli. Agar
baholash obyekti zargarlik toshlari xom ashyosini ifodalaydigan bo’lsa, ularning
soni, o’lchami va kristallar shakli ko’rsatiladi;
- zargarlik toshining tabiati haqida ma’lumotlar (tabiiy tosh, ishlov berilgan
tosh, sun’iy tosh), uning diagnostika belgilari;
- agar baholash obyekti sun’iy material bo’lsa, sun’iy zargarlik toshini sintez
qilish usuli ko’rsatilishi kerak (maqsadga muvofiq);
- agar baholash obyekti qayta ishlangan bo’lsa, qayta ishlash usulini
ko’rsatish kerak.
Zaruriyat yuzasidan baholash jarayoni murakkabiligini inobatga olgan holda
bu boradagi mutaxassis – gemmologik xulosa ekspertlarning fikriga ko’ra, muhim
sanalishi mumkin bo’lgan boshqa m’lardan iborat bo’lishi mumkin.
Boshqa turdagi baholash obyektlaridan farqli ravishda zargarlik toshlari,
qimmatbaho metallar va zargarlik mahsulotlari qiymatini hisob-kitob qilish
formulalari o’ziga xos xususiyatga ega. Xususan, zargarlik va bezak toshlari
preyskurant qiymati va vazni birligi (karat, gramm, gran va hokazo) haqida
ma’lumot olgandan so’ng, vazn guruhlarini hisobga olgan holda baholash Ob’ekti
quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi:

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling